bozorning likvidligi
– bu ma’lum
vaqt oralig‘ida bozor narxlarining kam miqdorda o‘zgarib to‘rgan
holda qimmatli qog‘ozlarning katta qismini yuqori suratda
aylanishini ta’minlash imkoniyatidir.
Birlamchi va ikkilamchi bozorlar o‘rtasidagi uzaro munosabat
iqtisodiy
munosabatlarning
rivojlanishiga,
fond
bozorining
shakllanishiga, uning «yoshiga», shuningdek, muomilada bo‘lgan
qimmatli qog‘ozlar har xil turlarining tarkibiga bog‘liq.
Masalan, iqtisodiyot nisbatan barqaror bo‘lgan, qimmatli
qog‘ozlar bozorining tarixi esa, bir necha yuz yillarni qamrab olgan
rivojlangan kapitalistik mamlakatlarda qimmatli qog‘ozlarning
deyarli barcha turlari bo‘yicha ikkilamchi savdo ustun turadi.
Birlamchi bozordagi qimmatli qog‘ozlar aylanmasi ushbu
mamlakatda ikkilamchi bozor aylanmasining 5-10 foizini tashkil
etadi holos. Odatda ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlar fond
birjalarida qimmatli qog‘ozlarning birlamchi joylashtirilishi amalga
oshirilmaydi, shuning uchun u yerlarda uzoq muomila muddatiga ega
bo‘lgan qimmatli qog‘ozlar baholanadi.
Ommaviy
xususiylashtirish
bilan
kuzatiladigan
bozor
munosabatlarini vujudga keltirish jarayonini kechirayotgan va
endigina o‘zini fond bozorlarini barpo etayotgan mamlakatlar uchun
islohotlarning dastlabki bosqichlarida qimmatli qog‘ozlarning
birlamchi bozori ustun turadi.
O‘zbekistonda ham 90-yillarning o‘rtalarida birlamchi bozorning
ustuvorligi sezilarli, lekin keyincha bu nisbat o‘zgara bordi. 1995-
yilda Respublikada bank va tijorat veksellarning ikkilamchi bozori.
1996-yildan boshlab esa, Davlat qisqa muddatli obligatsiyalarining
(DQMO) ikkilamchi bozori, kuchli taraqqiy eta boshladi va ularning
salmog‘i birmuncha o‘sishi kuzatildi.
a) Qimmatli qog‘ozlar bozorining uyushgan va uyushmagan
turlari.
Qimmatli qog‘ozlarning uyushgan bozori – qimmatli qog‘oz-
larning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli qog‘ozlar operatsiyalari
ushbu bitimlar ishtirokchilari uchun qimmatli qog‘ozlar savdosining
tashkilotchisi tomonidan belgilangan tadbirlar va shartlar bilan
40
tartibga solinadi. Qimmatli qog‘ozlarning uyushmagan bozori bu
qimmatli qog‘ozlarning muomalada bo‘lishi, unda qimmatli
qog‘ozlar bilan operatsiyalar savdo tashkilotchilarining ushbu bitim
predmeti va uning ishtirokchilariga nisbatan qo‘ygan talablarga rioya
etilmagan holda amalga oshiriladi. Bu shunday bozorki, unda
bitimlar tuzish, qimmatli qog‘ozlar ishtirokchilarga quyiladigan
talablarning qoidalari belgilanmagan, savdolar sotuvchi va
xaridorlarning shaxsiy aloqasi orqali ixtiyoriy ravishda amalga
oshiriladi. Mazkur bozorda tuzilgan bitimlar haqidagi axborot tizimi
mavjud emas. Bundan tashqari, bitimlar ishtirokchilari qandaydir
muhofaza va sug‘urta mexanizmlaridan foydalanilmagan holda
amalga oshiriladi. Bitimlar maxsus ro‘yxatga oluvchilar tomonidan
qonun bilan belgilangan umumiy tartibda rasmiylashtiriladi. Ushbu
bozor «ko‘cha», yoki «tartibsiz» bozor deb nomlanishga qaramay, u
mutlaqo chalkash tartibsiz bozor emas, agar tovlamachilik hollari
aniqlansa tartibga soluvchi davlat idorasi tergov ishini olib boradi.
Bunday bozorda sifatli qimmatli qog‘ozlar kam, ular bo‘yicha yo
dividendlar olish, yoki barcha qo‘yilgan mablag‘larni yo‘qotish
mumkin bo‘lgan daromadli qimmatli qog‘ozlar ham, shuningdek,
emitentlari murakkab moliyaviy ahvolda qolgan, yoki bankrotlik
yoqasida bo‘lgan, yaroqsiz deb nomlanuvchi aksiyalar ham sotilishi
mumkin. O‘zbekiston Respublikasida uyushmagan bozorda yangi
barpo etilgan, shuningdek, xususiylashtirilgan korxonalarning
birlamchi va ikkilamchi emissiyalari aksiyalari, bank hamda tijorat
veksellari sotiladi va xarid qilinadi.
XIFlar aksiyalarining bevosita XIFlarning o‘zlari tomonidan
amalga oshirilgan yoki “Xalq banki” bo‘limlari orqali birlamchi
sotilishi bunday bozorlarga misol bo‘la oladi.
b) Qimmatli qog‘ozlarning birja va birjadan tashqari bozorlari.
Qimmatli qog‘ozlarning birja bozori bu qimmatli qog‘ozlar bilan
fond birjasi doirasida uyushgan tarzda savdo qilish sohasidir.
Fond birjasi (bu haqda biz keyingi ma’ruzalarimizda to‘liq
ma’lumot beramiz) qimmatli qog‘ozlar bilan fond birjasi doirasida
savdo qilish uchun shart-sharoitlarni ta’minlovchi alohida muassasa
bo‘lib, unda savdo faqat qimmatli qog‘ozlar bozorining professional
41
ishtirokchilari broker – vositachilar, maklerlar – dallollar, dilerlar –
savdogarlar tomonidan maxsus qoidalar bo‘yicha olib boriladi.
Fond birjasida eng yaxshi qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinadi.
Bular «Toshkent» Respublika fond birjasi va uning viloyatlardagi 13
ta bo‘linmasi orqali amalga oshiriladi.
Ularda, korporativ qimmatli qog‘ozlar, davlat qisqa muddatli
obligatsiyalari savdosi tashkil etilgan.
O‘zbekistondagi aksiyalar bozorining o‘ziga xos xususiyati
shundaki, uning katta qismini davlat korxonalarining xususiylash-
tirish natijasida barpo etilgan aksiyadorlik jamiyatlarining qimmatli
qog‘ozlarini birlamchi sotish bo‘yicha tuzilgan bitimlar tashkil etadi.
Qimmatli qog‘ozlarning birjadan tashqari bozori – bu fond
birjasidan tashqarida qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir.
Unda fond birjasida sotuvga qo‘yilmagan qimmatli qog‘ozlarning
erkin savdosi dilerlar tomonidan maxsus telekommunikatsiya tarmoq-
lari (telefon, telefaks, kompyuter vositalari) yordamida amalga
oshiriladi. Bu savdo vositachilarga fond birjalari tomonidan o‘rnatilgan
yuqori stavkali komission yig‘imlardan qochishga sharoit yaratadi.
Birjadan tashqari uyushgan bozorlar AQSH va Yevropa
mamlakatlarida yaxshi rivojlangan, O‘zbekistonda bunday savdo
1998-yil 1-iyundan boshlab «Elsis-Savdo» birjadan tashqari elektron
tizimi orqali amalga oshrilib kelinmoqda. 2005-yildan boshlab
Banklararo savdo tizimi (MTS) ham birjadan tashqari bozorda
faoliyat yuritmoqda.
Qimmatli qog‘ozlar bilan bo‘ladigan operatsiyalarni to‘la qamrab
oluvchi birjadan tashqari bozorni ikki turga bo‘lish mumkin.
1. Stixiyali bozorlar;
2. Dilerlar bozori.
Stixiyali bozorda oldi – sotdi xaridor bilan sotuvchilarning shax-
siy aloqasi orqali palama – partish tarzda yuzaga keladi. Unda
oldi-sotdining tartib-qoidalariga, qimmatli qog‘ozlar va ishtirokchi-
lariga nisbatan hech qanday talab qo‘yilmaydi. Savdo sotiq ixtiyoriy
ravishda amalga oshiriladi.
Dilerlar bozorida sotuvchilar sotuvga tushadigan qimmatli
qog‘ozlarning narxini ochiqdan-ochiq e’lon qiladilar. Shu sababli
42
xaridor bilan sotuvchi o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq raqobat yuz
bermaydi.
O‘z navbatida dilerlar bozorida qimmatli qog‘ozlarni taklif
qilishning quyidagi xillari asosida ham tashkil qilish mumkin:
- cheklangan (masalan, naqd pulga sotish uchun bir nechta
muayyan joyni belgilash);
- taqsimlangan (investorlar, qimmatli qog‘ozlar, to‘lov turlari
bo‘yicha bozor joylaridan tarqalgan tarmoqlar tashkil etish);
- uzaytirilgan (masalan, tijorat yoki jamg‘arma banklarning filial
tarmog‘ida qimmatli qog‘ozlarning turli xillarini har doim taklif
qilish tashkil etiladi).
V) Kim oshdi savdosi asosida tashkil etiladigan qimmatli
qog‘ozlar bozori.
Qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish texnologiyalarining barcha
turlarini ikkita katta guruhga birlashtirish mumkin.
Birinchi: Kim oshdi savdosi bo‘yicha savdo-sotiq, bunga oddiy
kim oshdi savdosi kiradi.
Ikkinchi: Gollandcha kim oshdi savdosi va qo‘shaloq kim oshdi
savdosi.
Oddiy kim oshdi savdosi, bunda faqat xaridorlar musobaqalashadi.
Sotuvchilar to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqobatlashmaydi. Savdolar boshlanishi-
dan oldin xarid qilish uchun va sotish uchun buyurtmalar yig‘iladi va
buyurtmalar ro‘yxati (kopirovka varag‘i) to‘ldiriladi. Savdolar takliflar
ro‘yxatining ochiqcha ketma-ketlik bilan e’lon qilinishi orqali amalga
oshiriladi. Har bir aniq taklif bo‘yicha yangi narxlarning belgilanishi
yo‘li bilan xaridorlarning bahslashuvi ochiq kechadi.
Boshlang‘ich narxni odatda sotuvchi belgilaydi. So‘nggi narx bu
xaridorlar
tomonidan
da’vogarlar
raqobatlasha
olmaydigan
darajadagi ochiqcha taklif etilgan bahodir. Oddiy kim oshdi savdosi
sobiq SSSRning barcha birjalarida eng ko‘p tarqalgan usuli edi.
1991-yildan boshlab O‘zbekistonda ham bu ommabop usul keng
tarqaldi. «Toshkent» RFBda kompyuterdan foydalanilgan holda bu
usul qo‘llaniladi. Bu usul savdo o‘tkazuvchilarning barcha
ishtirokchilari uchun aniq va tushunarlidir.
Gollandcha kim oshdi savdosi.
43
Savdolarni o‘tkazishni bu usulida xaridorlarni buyurtmalari
oldindan jamlanadi, undan keyin buyurtmalar emitent tomonidan
yoki uning manfaatlari uchun xizmat qiluvchi vositachi tomonidan
sirtdan ko‘rib chiqiladi. Yagona rasmiy narx belgilanadi.
O‘zbekistonda bunday usul DQMO ning birlamchi joylashtirilishi
bo‘yicha kim oshdi savdolarni o‘tkazishda qo‘llaniladi.
Bu usulda kim oshdi savdolarini o‘tkazish mexanizmi
quyidagicha:
- Respublika fond birjasi tomonidan xaridorlar buyurtmalarining
yig‘ilishi;
- buyurtmalar ro‘yxatini tuzish va uni Moliya vazirligiga taqdim
etish;
- Moliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladigan xaridorlarning
sirtqi bahslashuvi va narxning pastki chegarasini belgilash;
- buyurtmalarni qondirish.
G) Qimmatli qog‘ozlarning mintaqaviy, milliy va xalqaro
bozorlari
Katta hududlarga ega bo‘lgan mamlakatlarda odatda, qimmatli
qog‘ozlarning mintaqaviy yoki lokal bozorlari shakllanadi. Masalan,
O‘zbekistonda qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilinishi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va 12 viloyatdan
iborat bo‘lgan ma’muriy-hududiy tizimlardan iborat.
Bunda har bir davlatning o‘ziga xos xususiyatlari hisobga olinadi.
Qimmatli qog‘ozlarning halqaro bozori bu jahon miqiyosida
qimmatli qog‘ozlar bilan savdo qilish sohasidir. Bunda qimmatli
qog‘ozlar bilan savdo qilish natijasida kapital bir mamlakatdan
ikkinchisiga oqib o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |