Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov


Aksiz solig‘i obyekti quyidagilar hisoblanadi



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet164/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Aksiz solig‘i obyekti quyidagilar hisoblanadi

1) aksiz to‘lanadigan tovarlarni realizatsiya qilish, shu 
jumladan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni boshqa tovarlarga 
(xizmatlarga) ayirboshlash uchun berish: 
tovarga bo‘lgan mulk huquqini berish; 
garov bilan ta’minlangan majburiyat bajarilmagan taqdirda, 
garovga qo‘yilgan aksiz to‘lanadigan tovarlarni garovga qo‘yuvchi 
tomonidan berish; 
aksiz to‘lanadigan tovarlarni bepul berish; 
aksiz to‘lanadigan tovarlarni (xizmatlarni) jismoniy shaxslar-
ning mehnatiga haq to‘lash yoki dividendlar to‘lash hisobidan berish; 
2) aksiz to‘lanadigan tovarlarni yuridik shaxsning ustav 
fondiga (ustav kapitaliga) hissa sifatida yoxud oddiy shirkat 
shartnomasi (birgalikdagi faoliyat to‘g‘risidagi shartnoma) bo‘yicha 
sherikning (ishtirokchining) hissasi sifatida berish; 
3) aksiz to‘lanadigan tovarlarni: 
a) ishtirokchiga (muassisga) u yuridik shaxs tarkibidan chiqqan 
(chiqib ketgan) taqdirda yoxud yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi 
kamayganda yoki yuridik shaxs tomonidan ishtirokchidan ushbu 
yuridik shaxsda ishtirok etish ulushi (ulushning bir qismi) qaytarib 
sotib olinganda ishtirokchiga berish;
b) yuridik shaxs bo‘lgan emitent tomonidan aksiyadordan 
ushbu emitent chiqargan aksiyalar qaytarib sotib olingan taqdirda 
aksiyadorga berish; 


303 
d) yuridik shaxsni tugatishda aksiyadorga yoki ishtirokchiga 
berish; 
4) aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan qayta 
ishlash uchun topshirish, shuningdek, qaytarish sharti bilan berilgan 
xom ashyo va materiallarni qayta ishlash mahsuli bo‘lgan, shuning-
dek aksiz to‘lanadigan shunday xom ashyo va materiallarning 
mahsuli bo‘lgan, aksiz to‘lanadigan tovarlarni qaytarish sharti bilan 
berilgan xom ashyo va materiallarning mulkdoriga ishlab chiqa-
ruvchi tomonidan topshirish; 
5) aksiz to‘lanadigan tovarlardan o‘z ehtiyojlari uchun 
foydalanish; 
6) aksiz to‘lanadigan tovarlarni O‘zbekiston Respublikasining 
bojxona hududiga olib kirish; 
7) benzinni, dizel yoqilg‘isini va gazni yakuniy 
iste’molchilarga realizatsiya qilish yoki ulardan o‘z ehtiyojlari uchun 
foydalanish; 
8) aksiz to‘lanadigan xizmatlar ko‘rsatish; 
9) O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilgan va 
(yoki) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga import 
qilinadigan aksiz to‘lanadigan tovarlarning buzilishi, yo‘qotilishi, 
bundan favqulodda vaziyatlar natijasida yuzaga kelgan hollar 
mustasno. Aybdor tomonidan tovarning qiymati sug‘urta orqali 
to‘langan yoki uning o‘rni qoplangan taqdirda, aksiz solig‘i sug‘urta 
orqali to‘lash (o‘rnini qoplash) ulushida to‘lanadi. 
Buyurtmachi tomonidan beriladigan xom ashyodan mahsulotga 
aksiz solig‘ini hisoblash chog‘ida aksiz solig‘i solinadigan 
mahsulotni sotishga doir aylanma quyidagicha belgilanadi: 

aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari belgilangan mahsulot 
bo‘yicha tayyor mahsulotning fizik hajmidan kelib chiqib; 

boshqa mahsulotlar bo‘yicha tayyor mahsulotni ishlab 
chiqarishga doir ishlar qiymatidan va buyurtmachi tomonidan 
beriladigan xom ashyo qiymatidan kelib chiqib. 
Aksiz solig‘i so‘mmasi quyidagi formulalar bo‘yicha aniqlanadi: 
Toza etil spirtining 1 litri uchun aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari 
belgilangan mahsulot bo‘yicha mahsulot birligiga alkogolli mahsulot 
(kam spirtli vino, shampan vinosidan tashqari) 


304 
(F x A) / 100, (3) 
bunda 
F – tayyor mahsulot tarkibidagi spirt (o‘tkirligi), foizlarda (undan 
spirt tayyorlangan xom ashyo turidan qat’i nazar); 
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. 
Tayyor mahsulot birligiga aksiz solig‘ining qat’iy stavkalari 
belgilangan mahsulot bo‘yicha (kam spirtli vino, shampan vinosi, etil 
spirti, pivo, o‘simlik (paxta) yog‘i va tamaki mahsulotlari) 
S x A, (4) 
bunda:
S – tegishli o‘lchov birliklarida sotilgan mahsulotning fizik hajmi; 
A – aksiz solig‘ining qat’iy stavkasi, o‘lchov birligiga so‘mlarda. 
Boshqa aksizlanadigan mahsulotlar bo‘yicha, 
(O x A) / 100, (5) 
bunda 
O – o‘z ichiga aksiz solig‘ini oladigan narx, QQSsiz; 
A – aksiz solig‘i stavkasi, foizlarda. 
Aksiz markalari bilan markalangan tovarlar bo‘yicha aksiz solig‘i 
belgilangan tartibda hisoblab chiqiladi. Bunda aksiz markazlarining 
nominal qiymati aksiz solig‘ini to‘lash hisobiga kiritilmaydi. 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish