298
jumladan, binolar va inshootlar, shuningdek,
elektr va issiqlik
energiyasi, gaz, suv va shu kabilar) tovar hisoblanadi. Ishlarning
sotilishida bajarilgan qurilish-montaj, ta’mirlash,
ilmiy-tadqiqot,
tajriba-konstruktorlik, texnologik, loyiha-qidiruv, restavratsiya qilish
va boshqa ishlar qiymati ham soliqqa tortish obyekti hisoblanadi.
QQS solish obyekti bo‘lib tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning
sotilishi bo‘yicha aylanmalar hisoblanadi. QQSdan ozod qilingan,
o‘z ishlab chiqarish ehtiyojlari (ishlab chiqarishning ichki aylanmasi)
uchun foydalaniladiganlar bundan mustasno.
Quyidagilar soliq solish obyektidir:
1) realizatsiya qilish joyi O‘zbekiston Respublikasi bo‘lgan
tovarlarni (xizmatlarni) realizatsiya qilish bo‘yicha aylanma;
2) O‘zbekiston Respublikasi hududiga tovarlarni olib kirish.
Faoliyatni O‘zbekiston Respublikasida doimiy muassasa orqali
amalga oshiruvchi chet el yuridik shaxslari tovarlarni (xizmatlarni)
realizatsiya qilish bo‘yicha aylanmani bunday doimiy muassasaning
faoliyatidan kelib chiqqan holda belgilaydi.
Quyidagilar soliq solish obyekti hisoblanmaydi:
1) yakka tartibdagi tadbirkor tomonidan o‘z tadbirkorlik
faoliyatini amalga oshirish bilan bog‘liq bo‘lmagan shaxsiy (oilaviy)
mol-mulkni realizatsiya qilish;
2) yuridik shaxs qayta tashkil etilayotganda uning mol-mulkini
huquqiy vorisga (huquqiy vorislarga) o‘tkazish;
3) ishonchli boshqaruvning muassisi
tomonidan mol-mulkni
ishonchli boshqaruvchiga berish va ishonchli boshqaruv shartnoma-
sining amal qilish muddati tugagan taqdirda, ishonchli boshqaruv-
chining o‘zi ishonchli boshqaruvga berilgan mol-mulkni qaytarishi;
4) milliy valyuta yoki chet el valyutasi muomalasi bilan bog‘liq
operatsiyalarni amalga oshirish (bundan
numizmatika maqsadlari
mustasno).
Tovarlar (ishlar, xizmatlar)ning sotilishiga doir aylanmalar
deganda yuklab jo‘natilgan mahsulot, bajarilgan ishlar, ko‘rsatilgan
xizmatlar tushuniladi. Xizmatlarning sotilishida quyidagilar qiymati
soliqqa tortish obyekti hisoblanadi:
1) tovarga bo‘lgan mulk huquqini pullik asosda,
shu jumladan,
tovarning qarz shartnomasi bo‘yicha o‘tkazish;
299
2) tovarni bepul berish, bundan shunday berish iqtisodiy jihatdan
o‘zini oqlaydigan hollar mustasno;
3) mol-mulkni moliyaviy ijaraga (lizingga) berish;
4) tovarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash shartlari asosida berish.
Quyidagilar soliq solinadigan aylanmalarga kiritiladi:
1) pullik asosda xizmatlar ko‘rsatish;
2) bepul xizmatlar ko‘rsatish, shu jumladan, mol-mulkni soliq to‘-
lovchining bepul foydalanishi uchun berish, bundan shunday xizmat-
larni ko‘rsatish iqtisodiy jihatdan o‘zini oqlaydigan hollar mustasno.
Korxona ichida o‘zi ishlab chiqargan, korxonaning tadbirkorlik
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lmagan tovarlar (ishlar, xizmatlar)dan
foydalanilishda ularning ishlab chiqarishdagi
tannarxi soliq
solinadigan aylanmani belgilash uchun asos qilib qabul qilinadi.
Berilgan xom ashyo va materiallardan tovarlar tayyorlanganida
ularni ishlash qiymati (shu jumladan, xarajatlar va foyda),
aksiz
to‘lanadigan tovarlar bo‘yicha esa - aksizlar hisobga olingan holdagi
ishlash qiymati soliq solinadigan aylanma hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: