Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Alkogolli mahsulot bo‘yicha
byudjetga to‘lanadigan aksiz 
solig‘i summasi belgilangan stavkalar bo‘yicha hisoblab yozilgan 
soliq summasi bilan “Uzvinosanoat-xolding” xolding kompaniya- 
sini rekonstruksiya qilish va rivojlantirish jamgarmasi hisobvaragiga 
(keyingi 
o‘rinlarda 
“O‘zvinosanoat-xolding”XK 
maxsus 
hisob-varagi) o‘tkaziladigan soliq so‘mmasi o‘rtasidagi farq sifatida 
belgilanadi. 
Tegishli hisobot choragi uchun korxona bo‘yicha hamda umuman 
respublika bo‘yicha alkogolli mahsulot bo‘yicha aksiz solig‘ining 
belgilangan prognoz qiymatlari bajarilmaganda yoki ko‘rsatilgan 
soliq turi bo‘yicha boqimanda mavjud bo‘lganda “O‘zvinosanoat - 
xolding”XK maxsus hisobvarag‘iga o‘tkazilishi lozim bo‘lgan 
soliqning bir qismi yoki hamma summasi yetishmaydigan summa 
miqdorida byudjetga o‘tkaziladi va soliq to‘lovchining shaxsiy 
hisobvarag‘ida hisoblangan soliq summasi sifatida aks ettiriladi. 


305 
Aksiz solig‘ini “O‘zvinosanoat-xolding”XK maxsus hisobvarag‘iga 
to‘lash tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi. 
“O‘zvinosanoat-xolding”XKga tegishli bo‘lgan aksiz solig‘i 
summasi, basharti korxona alkogolli mahsulotga doir aksiz solig‘i 
bo‘yicha to‘lovlarning belgilangan prognozlarini bajargan va unda 
ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha boqimandalar mavjud bo‘lmasa, 
kompaniyaning maxsus hisobvarag‘iga yo‘naltiriladi. 
Davlat soliq xizmati tuman organlarining rahbarlari korxonalarga 
biriktirilgan moliya inspektorlari bilan, ular bo‘lmaganida esa tuman 
(shahar) hokimiyatlari moliya bo‘limlari bilan hamkorlikda hisobot 
oyining yakunlari bo‘yicha hisobot oyidan keyingi oyning 5-kuniga 
qadar aksiz solig‘i bo‘yicha to‘lovlar prognozlarining bajarilganligi 
hamda umuman olganda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha byudjet 
oldida boqimandaning bor-yo‘qligi to‘g‘risida dalolatnoma tuzadilar. 
Dalolatnomalarning ko‘chirma nusxalari hisobot oyidan keyingi 
oyning 15-kuniga qadar Moliya Vazirligi va O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat soliq qo‘mitasiga taqdim etiladi. 
Aksiz solig‘i bo‘yicha belgilangan to‘lovlar prognozlari 
bajarilgan hamda umuman olganda ko‘rsatilgan soliq turi bo‘yicha 
byudjet oldida boqimandalar bo‘lmagan taqdirda korxona 
hisobvarag‘ida to‘plangan summa, xizmat ko‘rsatadigan bank uchun 
asos bo‘lib hisoblanadigan dalolatnomaga asosan, hisobot oyidan 
keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay korxona tomonidan 
“O‘zvinosanoat-xolding”XKning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi
.
Korxona tomonidan aksiz solig‘i bo‘yicha belgilangan to‘lovlar 
prognozlari bajarilmagan hamda umuman olganda uning ko‘rsatilgan 
soliq turi bo‘yicha byudjet oldida boqimandalari bo‘lgan taqdirda, 
yetishmayotgan 
summa 
dalolatnomaga 
asosan 
korxonaning 
hisobvaragida to‘plangan summa hisobidan byudjetga undiriladi, 
to‘plangan so‘mmaning qolgan qismi esa dalolatnomaga asosan 
“O‘zvinosanoat-xolding”XKning maxsus hisobvarag‘iga o‘tkaziladi. 
O‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha - belgilangan tartibga muvofiq 
oziq-ovqatda ishlatiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha, bundan 
salomas va “O‘zbekiston” yog‘ini ishlab chiqarish uchun 
ishlatiladigan yog‘ mustasno, byudjetga to‘lanadigan aksiz 
solig‘ining summasi bo‘lib umumbelgilangan stavka bo‘yicha 


306 
hisoblab chiqilgan soliq summasi bilan maxsus hisobvaraqqa 
o‘tkaziladigan soliq summasi o‘rtasidagi farq hisoblanadi. 
Bunda aksiz solig‘i summasi, korxona tomonidan belgilangan 
prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha 
aksiz solig‘iga doir boqimandalar mavjud bo‘lmagan taqdirda, 
maxsus hisobvaraqqa yo‘naltiriladi. 
Maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladigan aksiz solig‘ining miqdori 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgila-
nadi. 
Tozalangan o‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaradigan korxonalar 
ularga xizmat ko‘rsatadigan bankda belgilangan miqdorda hisoblab 
chiqarilgan aksiz solig‘ini to‘lash bo‘yicha alohida hisobvaraq 
ochadilar, u korxonaning ko‘rsatilgan hisobvarag‘iga har o‘n kunda, 
aksiz solig‘ini to‘lash muddatlaridan kechiktirmay o‘tkaziladi. 
Davlat soliq xizmati tuman organlarining rahbarlari korxonalarga 
biriktirilgan moliya inspektorlari bilan hamkorlikda, ular bo‘lmagan 
taqdirda esa tuman (shahar) hokimiyatlarining moliya bo‘limlari 
rahbarlari bilan hamkorlikda hisobot oyining yakunlari bo‘yicha, 
hisobot oyidan keyingi oyning 3-kunidan kechiktirmay, aksiz solig‘i 
bo‘yicha boqimanda yoki ortiqcha to‘lov summasini aniq ko‘rsatgan 
holda prognoz ko‘rsatkichlarining bajarilganligi to‘g‘risida dalolat- 
noma tuzadilar. 
Aksiz solig‘i bo‘yicha prognoz ko‘rsatkichlari bajarilgan va unga 
doir boqimanda bo‘lmagan taqdirda korxonaning maxsus hisob- 
varag‘ida to‘plangan summa dalolatnoma asosida hisobot oyidan 
keyingi oyning 5-kunidan kechiktirmay maxsus hisobvaraqqa 
o‘tkaziladi. 
Belgilangan prognoz ko‘rsatkichlari bajarilmagan yoki aksiz 
solig‘i bo‘yicha boqimanda bo‘lmagan taqdirda yetishmayotgan 
so‘mma dalolatnoma asosida korxona hisobvarag‘ida to‘plangan 
summa hisobiga byudjetga undiriladi, to‘plangan summaning qolgan 
qismi esa maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi. 
O‘simlik (paxta) yog‘i ishlab chiqaruvchi korxonalarning maxsus 
hisobvaraqlarida to‘plangan pul mablag‘lari qat’iyan maqsadga ko‘ra 
ishlatiladi, ya’ni maxsus hisobvaraqqa o‘tkaziladi. 


307 
Soliqqa tortishdan bo‘shatib olingan mablag‘lardan maqsadga 
ko‘ra foydalanilmaganda korxonalar qonun hujjatlariga muvofiq 
javobgar bo‘ladilar. 
Har oyda, hisobot oyidan keyingi oyning 6-kunidan kechiktirmay, 
maxsus hisobvaraqda to‘plangan mablag‘lar konvertasiyaga 
yo‘naltiriladi. Konvertatsiyalangan mablag‘lar ikki bank kuni 
mobaynida hukumat kafolati bilan jalb etilgan kreditlarni 
so‘ndirishga yo‘naltirilishi kerak.
Har chorakda, hisobot choragidan keyingi oyning 10-kunidan 
kechiktirmay, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga 
belgilangan miqdorda hisoblab chiqarilgan aksiz solig‘ining kelib 
tushishi va ko‘rsatilgan mablag‘larni kreditlarni so‘ndirishga 
yo‘naltirish to‘g‘risida hisobot taqdim etiladi. 
Aksiz solig‘ini o‘tkazishning belgilangan tartibiga rioya etilishi 
ustidan nazorat qilish Qoraqalpog‘iston Respublikasi Moliya vaziri, 
viloyatlar va Toshkent shahar moliya boshqarmalarining boshliqlari, 
Davlat soliq xizmati hududiy organlarining rahbarlari, shuningdek, 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining o‘simlik yogi ishlab 
chiqaruvchi korxonalarga biriktirilgan moliya inspektorlari zimmasi- 
ga yuklanadi. 
Oziq-ovqat uchun ishlatiladigan o‘simlik (paxta) yog‘i bo‘yicha 
byudjetga to‘lanadigan aksiz solig‘i hisob-kitobiga misol, bundan 
salomas va “O‘zbekiston” yog‘i ishlab chiqarish uchun ishlatiladigan 
yog‘ mustasno. 
Unga doir aksiz solig‘i O‘zbekiston Respublikasi hududida 
to‘langan xom ashyodan (mahsulotdan) aksizlanadigan tovar ishlab 
chiqarilgan taqdirda, xom ashyo (mahsulot) bo‘yicha to‘langan aksiz 
solig‘i summasi ishlab chiqarish xarajatlariga kiritilmaydi, balki 
tayyor mahsulotning sotilgan hajmi bo‘yicha byudjetga to‘lanadigan 
aksiz solig‘i summasini aniqlash chog‘ida hisobga olinishi kerak. 
Hisobga olinadigan aksiz solig‘i summasi ustidan nazoratni amalga 
oshirish uchun aksizlanadigan xom ashyo (mahsulot) yetkazib 
beruvchilar hisobvaraq fakturalarda yuklab jo‘natilgan xom ashyo 
(mahsulot) bo‘yicha aksiz solig‘i so‘mmasini ajratib ko‘rsatishlari 
kerak. Agar xarid qilinayotgan aksizlanadigan xom ashyo (mahsulot) 
bo‘yicha aksiz solig‘i so‘mmasi hisobvaraq- fakturada ajratib 


308 
ko‘rsatilmagan bo‘lsa, u hisob-kitob yo‘li bilan hisoblab chiqarilmaydi 
va tayyor mahsulot bo‘yicha hisobga olinmaydi. 
Tayyor mahsulot ishlab chiqarish uchun foydalaniladigan, hisobot 
davri mobaynida haqiqatda kelib tushgan uchun olingan hisobvaraq- 
fakturalarda ko‘rsatilgan aksiz solig‘i summasi xarid qilinadigan vino 
materiali bo‘yicha tartibdan istisno tarzida hisobga kiritiladigan soliq 
summasi bo‘lib hisoblanadi. 
Aksiz solig‘ini hisoblashning quyidagi stavkalari mavjud: 
– qat’iy (maxsus) soliq stavkasi – soliqqa tortish obyektiga 
nisbatan mutloq qiymatlarda aniqlanadi. 
– advalor stavka – o‘lchov birligiga nisbatan foizlarda 
hisoblanadi. 
– kombinatsiyalashgan soliq stavkasi – soliq stavkalari aralash 
shaklda qo‘llaniladi. 
Quyidagilarga aksiz solig‘i solinmaydi: 
a) aksizlanadigan tovarlarni eksportga realizatsiya qilish, bundan 
ro‘yxatini 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Vazirlar 
Mahkamasi 
belgilaydigan ayrim tovarlar mustasno; 
b) bojxona hududida qayta ishlash bojxona tartib-taomiliga joylash-
tirilgan tovarlardan ishlab chiqarilgan, qayta ishlash mahsuli bo‘lgan 
aksiz to‘lanadigan tovarlarni keyinchalik O‘zbekiston Respublika-
sining bojxona hududidan olib chiqib ketish sharti bilan berish; 
d) ixtisoslashtirlgan gaz ta’minoti korxonalari orqali aholiga 
suyultirilgan gazni maishiy ehtiyojlar uchun realizatsiya qilish; 
e) O‘zbekiston Respublikasining bojxona hududiga quyidagi aksiz 
to‘lanadigan tovarlarni insonparvarlik yordamida olib kirish;
f) xalq ta’limi va sog‘liqni saqlash tizimining ehtiyojlari uchun 
O‘zbekiston Respublikasida ishlab chiqariladigan maxsus mebel. 
Imtiyozlar taqdim etish uchun maxsus mebel deganda, davlat va 
nodavlat ta’lim va tibbiyot muassasalarini jihozlash uchun; 
bo‘ysunishdagi ta’minot sotish tashkilotlariga ta’lim va sog‘liqni 
saqlash tizimlarini jihozlash uchun sotiladigan mebellar tushuniladi. 
Imtiyoz ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimlarini jihozlash uchun 
maxsus mebelni xarid qilishga tuzilgan kontraktlar (shartnomalar) 
mavjud bo‘lganida taqdim etiladi. 


309 
To‘lovchilar 
tomonidan 
(Soliq 
kodeksining 
293-modda) 
sotishning haqiqiy hajmidan kelib chiqib hisoblab chiqarilgan aksiz 
solig‘i summasi byudjetga quyidagi muddatlarda to‘lanadi: 

soliq davridan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmay;
Tovarga ilova qilinadigan hujjatlarda ko‘rsatilgan mahsulot 
yuklab jo‘natilgan kun sotish kuni bo‘lib hisoblanadi. 
O‘n kunlik to‘lovlar bo‘yicha aksiz solig‘ining kelib tushgan 
so‘mmasi Davlat soliq xizmati organlari tomonidan soliq 
to‘lovchilarning shaxsiy hisobvaraqlarida bir vaqtda soliqni 
“Hisoblab yozish” va “To‘lash” ustunlarida aks ettiriladi. 
Aksiz solig‘i bo‘yicha hisob-kitob ro‘yxatdan o‘tkazilgan joydagi 
davlat soliq xizmati organlariga taqdim etiladi: 

korxonalar tomonidan (mikrofirmalar va kichik korxonalardan 
tashqari) – hisobot oyidan keyingi oyning 13-kunidan kechiktirmas-
dan har oyda; 

mikrofirmalar va kichik korxonalar tomonidan – birinchi 
chorak, yarim yillik va 9 oy yakunlari bo‘yicha, o‘n kunliklarga 
taqsimlagan holda, hisobot choragidan keyingi oyning 25-kunidan 
kechiktirmasdan, yil yakunlari bo‘yicha esa - yillik moliyaviy 
hisobotni taqdim etish muddatida. 
Dam olish (ishlanmaydigan) yoki bayram kuniga to‘g‘ri keladigan 
aksiz solig‘ini to‘lash muddatlari, tegishincha, hisob- kitobni taqdim 
etish muddatlari ham dam olish yoki bayram kunidan keyingi 
birinchi ish kuniga ko‘chiriladi. 
Hisobot davri mobaynida un kunlik to‘lovlar bilan kiritilgan aksiz 
solig‘i summalari tegishli hisobot davri uchun hisob-kitob bo‘yicha 
hisoblab chiqarilgan soliq summasida hisobga olinishi kerak. 
Ortiqcha kiritilgan aksiz solig‘i summalari bulg‘usi to‘lovlar 
hisobiga kiritiladi yoki uning yozma arizasi olingan kundan boshlab 
Davlat soliq xizmati organi tomonidan 30 kun ichida to‘lovchiga 
qaytariladi (agar byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarz mavjud bo‘lmasa). 

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish