Lim vazirligi samarqand davlat universiteti b. Sh. Safarov, I. I. Ayubov



Download 8,97 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/257
Sana16.06.2022
Hajmi8,97 Mb.
#677101
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257
Bog'liq
MOLIYA VA SOLIQLAR

Iqtisodiy siyosat
– xo‘jalik yuritishning tamoyillari va 
shakllari, iqtisodiyotni rivojlantirish vazifalarini yechishdagi usullar, 
chora-tadbirlar va faoliyatlar yig‘indisidir. Iqtisodiy siyosat jamiyat 
rivojlanishining turli bosqichlarida turlicha bo‘lishi, iqtisodiy 


20 
rivojlanish darajasiga qarab o‘zgarib turishi mumkin. Iqtisodiy 
siyosat o‘z ichiga baho siyosati, pul-kredit siyosati, amortizatsiya 
siyosati va moliya siyosati kabilarni mujassamlashtiradi. 
Moliya siyosati
– bu davlatning iqtisodiy siyosatini tarkibiy 
qismi bo‘lib, moliyaviy resurslarni (manbalarni) jalb etish, ularni 
taqsimlash, ishga solish va foydalanishga davlat orqali yo‘naltirilgan 
barcha chora-tadbirlar yig‘indisidir.
Moliya siyosatining muhim vazifasi – u yoki bu iqtisodiy va 
ijtimoiy rivojlanishning davlat rejasini yoki chora-tadbirlarini amalga 
oshirish uchun tegishli moliyaviy resurslar bilan ta’minlashdir. Lekin 
moliya siyosatini faqat iqtisodiy siyosatga bog‘lash mumkin emas. 
Moliya siyosati – bu moliyaviy munosabatlar sohasida davlatning 
mustaqil faoliyat ko‘rsatadigan sohasi. Moliya siyosati mustaqil 
xususiyatga ega bo‘lish bilan bir vaqtda davlatning har qanday 
istalgan ijtimoiy faoliyatni amalga oshirishi uchun xoh ijtimoiy, xoh 
iqtisodiy xoh xalqaro munosabatlar olib borishida muhim vositadir. 
Moliya siyosatining asosiy vazifalari quyidagilar: 
– birinchidan, moliyaviy resurslarning hajmini va ulardan 
foydalanish samaradorligini oshirish. Moliya siyosati ko‘zda 
tutayotgan tadbirlarni, ular bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni real 
mavjud bo‘lgan moliyaviy resurslar bilan ta’minlanishiga erishishi 
kerak. Shuningdek, ajratilayotgan har bir so‘mlik resursdan 
maksimal darajada samaraga erishishni ta’minlash; 
– ikkinchidan, moliyaviy resurslarning taqsimotida optimal 
nisbatlarni belgilash, ulardan oqilona foydalanish. Moliya siyo-
satining bu vazifasi korxona daromadlarining davlat ixtiyoriga 
o‘tishining oqilona shakllarini belgilash, aholining davlat daro-
madlarini shakllantirishdagi hissasini to‘g‘ri belgilash, moddiy va 
nomoddiy ishlab chiqarish sohalari o‘rtasidagi taqsimlash 
mutanosibliklarini optimallashtirish yo‘llari bilan bajariladi; 
– uchinchidan, muhim va murakkab vazifasi, tegishli moliya 
mexanizmini ishlab chiqish, iqtisodiy siyosat belgilab bergan rivoj-
lanish yo‘nalishlarini ta’minlash maqsadida uni takomillashtirish. 
Moliya 
siyosatining 
samaradorligini 
belgilash 
uchun 
jamiyatning ehtiyoji qanchalik qondirilganligi, qo‘yilgan maqsadlar 
va vazifalar amalga oshirilganligi baholanishi lozim. 


21 
Moliya siyosatiga baho berish va unga tuzatish, qo‘shimchalar 
kiritish uchun birinchi navbatda jamiyat ehtiyojini qondira oladigan 
holdagi ijtimoiy taraqqiyot rejasini aniq bilish zarur. U rejada 
bo‘lajak va yaqin kelajakda amalga oshirish vaqtlari belgilangan 
chora-tadbirlar bo‘lishi lozim. Faqat shundagina moliya siyosatini 
ishlab chiqish va muvaffaqqiyatli amalga oshirish hamda obyektiv 
baholash mumkin. Moliya siyosatini asosiy yo‘nalishlaridan biri - 
moliyaviy resurslarni imkon qadar yuqori hajmini aniqlash va ushbu 
manbalar doimiyligi hamda uzluksizligini ta’minlashdir, chunki 
moliyaviy resurslar salohiyati barcha o‘zgarishlarning moddiy 
bazasidir. Shuning uchun moliya siyosatini aniqlash va uning 
strategik va taktik asoslarini ishlab chiqish uchun davlatning 
moliyaviy ahvoli, moliyaviy salohiyati, boshqacha qilib aytganda 
davlatning moliyaviy imkoniyatining obyektivligi haqida aniq 
ma’lumotga ega bo‘lish lozim.
Moliya siyosatining mazmuni ko‘p qirrali bo‘lib, quyidagi 
muhim bo‘g‘inlarni o‘z ichiga oladi:
– moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishning ilmiy asoslangan 
konsepsiyalarini ishlab chiqish. Bu konsepsiyalar iqtisodiy qonunlar 
talablarini o‘rganish, xo‘jalik rivojlanishining holatini har tomon-
lama tahlil qilish, ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish 
munosabatlarining bundan keyingi rivojlanish istiqbollarini o‘rga-
nish va aholining talab va ehtiyojlarini o‘rganishni o‘z ichiga oladi. 
– istiqbolda va joriy davr mobaynida moliyadan 
foydalanishning asosiy yo‘nalishlarini belgilab olish; shu tarzda 
iqtisodiy siyosatda ko‘zda tutilgan maqsadlarga yetish yo‘llaridan 
kelib chiqiladi, halqaro omillar inobatga olinadi va moliyaviy 
resurslarni yanada ko‘paytirish imkoniyatlari ko‘rib chiqiladi. 
– oldinga qo‘yilgan maqsadlarni amalga oshirishga qaratilgan 
amaliy hatti-harakatlar, chora-tadbirlar ko‘rish.
Joriy davrga mo‘ljallangan, kundalik ehtiyojlarni qondirishga 
qaratilgan moliya siyosati samarasizdir. Shuningdek, uzoq davrga 
mo‘ljallangan, istiqbolni ko‘zlab ishlab chiqilgan konsepsiyalar va 
yo‘nalishlar, ular qanchalik oliy maqsadlarga yo‘naltirilgan, 
jozibador 
bo‘lmasin, 
davlatning 
amaliy 
ko‘magi, 
tegishli 
chora-tadbirlarisiz tanazzulga yuz tutadi. 


22 
Moliya siyosati inson faoliyatining mahsus shakli sifatida na-
moyon bo‘ladi. U bilan jamiyatning iqtisodiy bazisi orasida 
chambarchas bog‘langan o‘zaro bog‘liqlik mavjuddir. Bir tomondan, 
moliya siyosati iqtisodiy munosabatlar orqali vujudga keladi, 
ikkinchi tomondan, iqtisodiy bazis asosida vujudga kelib va 
rivojlanib, moliya siyosati ma’lum bir mustaqillikka ega. Shuning 
uchun u iqtisodiyotga, moliyaning ahvoliga teskari ta’sirini 
o‘tkazadi. Bu ta’sir har xil bo‘lishi mumkin: bir xil paytlarda siyosiy 
chora-tadbirlarni o‘tkazish orqali iqtisodiyotni rivojlantirishga qulay 
shart-sharoit yaratiladi, boshqalarda esa u to‘sqinlik qiladi. 
Moliya 
siyosati 
moliyaviy 
munosabatlar 
mohiyatini 
o‘zgartirolmaydi. Lekin, davlat moliyaning mohiyatini bilib, u o‘z 
manfaatlariga qaratishga harakat qiladi. 
Moliyaviy munosabatlar – obyektiv voqyelik iqtisodiy 
munosabatining bir qismi bo‘lib, jamiyatning iqtisodiy bazisini 
tashkil qiladi. Moliya siyosati esa bazisga asoslanadi, shu bazisdan 
kelib chiqadi. Moliya siyosati ilmiy asoslangan moliyaviy nazariyaga 
tayanadi va tajribaga ko‘rsatma beradi, shu tariqa moliya siyosati 
nazariyani tajriba bilan bog‘laydi. Tajriba esa, nazariyaning 
to‘g‘riligini tekshirish mezonidir.
Davlat moliya siyosati – ko‘p qirrali tushuncha. Uning ko‘lami 
davlatning iqtisodiyot va ijtimoiy sohani boshqarishdagi ishtiroki 
parametrlari bilan aniqlanadi.

Download 8,97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   257




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish