3. Xalqaro moliya siyosati
Xalqaro mehnat taqsimoti bilan, davlat qarzini shakllantirish va
so‘ndirish bilan, xalqaro tashkilotlar, shu jumladan, xalqaro moliya
tashkilotlari faoliyatida ishtirok etish bilan bog‘liq xalqaro muno-
sabatlar sohasidagi valyuta-moliyaviy va kredit munosabatlarini
25
boshqarish yotadi. Hozirgi kunda Xalqaro valyuta fondi (XVF),
Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki (XTTB), Yevropa tiklanish va
taraqqiyot banki (YeTTB), Osiyo tiklanish va taraqqiyot banki
(OTTB) va b. (misol uchun, London kreditorlar klubi, Parij
kreditorlar klubi) kabi xalqaro moliya tashkilotlarining moliya
siyosati katta ahamiyat kasb etib bormoqda.
Alohida davlatlarning halqaro moliya siyosati, odatda, o‘z
mamlakatining
ishlab
chiqarish
kuchlarini
rivojlanishiga
yo‘naltirilgan va mos ravishda har qaysi davlat xalqaro xom ashyo,
tovarlar, ishchi kuchi va kapital bozorlarida o‘zining salmoqli o‘rniga
ega bo‘lishga harakat qiladi.
Davlat o‘zining manfaatlarini bojxona va valyuta siyosatlari
orqali himoya qiladi. Ularning xususiyatlari davlatni o‘z eksport va
importini kengaytirish yoki qisqartirishdan manfaatdorlik darajasi
bilan belgilanadi. Shundan kelib chiqib, bojxona to‘lovlari yoki
alohida bojxona rejimlari tizimi qo‘llaniladi. Bojxona va valyuta
siyosatining asosiy maqsadi – davlatning oltin, valyuta zahiralarini
saqlash va ko‘paytirish hisoblanadi.
Davlat o‘zining manfaatlarini yana xalqaro tashkilotlar
faoliyatida ishtirok etish, bu tashkilotlarning moliyaviy fondlarini
shakllantirishda va hamkorlikdagi dasturlarni moliyalashtirishda
ishtirok etish bilan mamlakat obro‘sini oshirish orqali himoya qiladi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining moliya siyosati moliyaviy
inqiroz yoki moliyaviy qiyinchiliklarni boshidan kechirayotgan
davlatlarga moliyaviy yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilgan. Yordam,
odatda, kreditlar berish shaklida yoki davlatning mavjud tashqi
qarzlarini restruktizatsiyalash shaklida ko‘rsatiladi.
Xalqaro moliya tashkilotlarining yordami beg‘araz ko‘rsa-
tilmaydi va qator iqtisodiy yoki siyosiy shartlarga asoslanadi, qarz
oluvchi mamlakat uchun uchun doimo naf keltirmaydi.
Mamlakat iqtisodiyoti va ijtimoiy rivojlanishiga to‘sqinlik qilib
qolgan moliyaviy siyosat o‘z kamchiliklarini namoyon qildi. Uzoq
davrlar mobaynida mamlakatni iqtisodiy rivojlanishida moliya va
faol moliyaviy siyosatning ahamiyatiga yetarlicha baho berilmadi.
Iqtisodiyotda moliyaviy munosabatlarning ahamiyatini buzib
ko‘rsatish sodir bo‘ldi, moliya va moliyaviy dastaklarning faol
26
ahamiyati inkor etilib, moliyaviy siyosat talab etilgan muammolarni
hal qilishga qaratilgan zarur usullarni ishlab chiqishga ojizlik qilib
qoldi. Rivojlanishning uzoq davriga mo‘ljallangan ibratli konsep-
siyalarni ishlab chiqilmaganligi, kam samara beradigan, qisqa
muddatli foyda olishni ko‘zlab ko‘rilgan chora-tadbirlar iqtisodiyotni
og‘ir ahvolga olib keldi.
Bugungi kunda moliya siyosatining ustuvor yo‘nalishlari
quyidagilarda o‘z aksini topadi:
1. Barqaror moliyaviy siyosatni amalga oshirish, davlat byudjeti
taqchilligini iloji boricha kamaytirish, mahalliy byudjetlarda
dotatsiya va subvensiyalarning barcha turlarini bosqichma-bosqich
qisqartirib borish;
2. Byudjet mablag‘larini samarali va manzilli taqsimlanash,
birinchi darajali, eng zarur umumdavlat ehtiyojlari uchun byudjetdan
mablag‘lar ajratish;
3. Iqtisodiyot tarmoqlarini, ayrim korxonalarni rivojlantirish
uchun byudjetdan beg‘araz moliyaviy ta’minot amaliyotidan imkon
qadar voz kechish, Ushbu maqsadlarda investitsiya kreditlaridan
keng foydalanishni yo‘lga qo‘yish;
4. Soliq tizimini takomillashtirish, byudjet daromadlarini
barqaror ta’minlaydigan, kichik va xususiy korxonalar, chet el kapi-
tali ishtirokidagi qo‘shma korxonalar rivojlanishini rag‘batlantira-
digan soliq siyosatini olib borish.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy majlisga
Murojaatnomasida
2020-yilda
mamlakatni
ijtimoiy-iqtisodiy
rivojlantirishning eng muhim ustuvor vazifalarini amalga oshirish
yuzasidan ko‘rilgan chora-tadbirlar natijasida iqtisodiyotni barqaror,
muvozanatli va izchil rivojlantirishning belgilangan prognozlariga
erishildi hamda makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning mutanosibligi
ta’minlanganligi aytib o‘tildi. Xususan, 2019-yilda Yalpi ichki
mahsulot (YaIM)ning real o‘sishi 5,0 foizni tashkil qildi. Sanoat,
qurilish va xizmatlar sohasida yuqori sur’atlarda o‘sish kuzatildi.
Xususan, sanoatda ishlab chiqarish hajmi 12,7 foizga, qishloq
xo‘jaligida 4,5 foizga, transport va aloqada 16,7 foizga va qurilish
ishlarida 8,3 foizga oshdi. O‘tgan yilda ko‘rsatilgan xizmatlar hajmi
21,3 foizga o‘sib, uning YaIM tarkibidagi ulushi 45,3 foizni tashkil
27
qildi. Xususan, savdo va umumiy ovqatlanish xizmati 26,8 foizga
hamda moliyaviy xizmatlar hajmi 32,2 foizga o‘sdi
2
.
Hozirgi bosqichda davlatning moliyaviy siyosati quyidagilarga
qaratilgan:
1. Ijtimoiy ishlab chiqarish samaradorligini har tomonlama
oshirish hisobiga aholining turmush tarzini yuqoriga ko‘tarish.
2. Tadbirkorlarning haqiqiy mustaqilligini ta’minlash, mehnat
va xizmatga bo‘lgan tashabbusini oshirish hamda ularni har
tomonlama huquqiy kafolatlash.
3. Aholining kam ta’minlangan qatlamini ijtimoiy himoya qilish
(pensionerlar, ko‘p bolali oilalar, talabalar).
4. Daromadi cheklangan xizmatchilarni (sog‘liqni saqlash,
maorif, boshqaruv, mudofaa) ijtimoiy himoya qilish.
5. Yangi moliyaviy strategiya, rang-barang mulk shakllari,
bozor munosabatlarini rivojlantirish, tovar va mahsulotlar bozorini,
ish kuchi va kapital bozorlarini rivojlantirish.
6. Jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotiga moliyaviy ta’sir
ko‘rsatish, uni soliqqa tortish, moliyalashtirish va moliyaviy bozor
uslublari orqali amalga oshirish.
7. Moliya tizimida iqtisodiy tanglik ko‘rsatkichlarini imkon
qadar bartaraf etish (davlat byudjeti kamomadi, emissiyaning
joylarda ko‘payib borishi, inflyatsiya darajasining yuqoriligi, ichki va
tashqi qarzlarni borligi, tugallanmagan qurilishlarning mavjudligi),
chunki iqtisodiy tanglik nisbatan davlat moliyasi bilan bir qatorda
korxonalar moliyasida ham mavjud. Pul muomalasini tartibga solish.
Milliy valyutaning ichki va tashqi konvertatsiyasini ta’minlash
hisobiga so‘mning qadrini oshirish.
9. Iqtisodiyotni jahon andozalariga yetkazish maqsadida xorijiy
investitsiyalarni kirib kelishini ta’minlash.
10.
Qimmatli qog‘ozlar bozorini rivojlantirish hisobiga
korxonalar iqtisodiy salohiyatini oshirish.
11. Sug‘urta tizimini rivojlantirish va uning samaradorligini
oshirishning huquqiy va iqtisodiy asoslarini kengaytirish va kuchay-
tirish.
_________________________
2
Manba: http://www.cbu.uz/uz/monet_policy/monet_direct2009.htm
28
Tovarlar va xizmatlarning mamlakatlararo harakatini tartibga
solib turuvchi, milliy iqtisodiyotni mustahkamlash va himoya
qilishga qaratilgan boj siyosati takomillashib bordi. Bu siyosat
hozirgi kunda mamlakat ichki bozoriga past sifatli, inson
salomatligiga putur yetkazuvchi tovarlarni kirib kelishini oldini olish
va ilg‘or texnologiyalar, fan-texnika yutuqlari natijalarining
mamlakat iqtisodiyotiga kirib kelishini rag‘batlantirish yo‘lidan
og‘ishmay bormoqda.
Moliyaviy siyosatining hozirgi kundagi vazifalari quyida-
gilardan iborat bo‘lmog‘i lozim:
1. Respublika davlat byudjetidagi taqchillikni yo‘l qo‘yilgan
eng kam daraja doirasida (YaIMning 2-3 %i atrofida) cheklashga
yo‘naltirilgan qattiq moliyaviy siyosatni o‘tkazish.
2. Davlat xarajatlarining birinchi navbatda iqtisodiyotdagi zarur
tarkibiy o‘zgarishlarni o‘tkazish, ishlab chiqarishning orqaga ke-
tishiga barham berish maqsadlarini ko‘zlab yo‘naltirishni ta’minlash.
3. Ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish
talablaridan kelib chiqqan holda, aholining ijtimoiy himoyasini
ta’minlash, aholining konstitusiya bilan kafolatlangan huquqlarini
himoya qilishni ta’minlovchi moliyaviy bazani yaratish, erkin
mehnat va ishbilarmonlik asosida aholi turmush darajasini
ko‘tarishga zarur shart-sharoitlar yaratish. Bu maqsadlarda ularga
soliqlardan imtiyozlar berish, imtiyozli kreditlar berish, maqsadli
fondlardan moliyaviy qo‘llab-quvvatlash.
4.
Ijtimoiy himoyaning adresli bo‘lishiga, moliyaviy
mablag‘larning ijtimoiy yordamga haqiqatda muhtoj aholi
qatlamlariga yetib borishini ta’minlashga erishish.
5. Soliq siyosatini takomillashtirish:
- soliq tizimining ishlab chiqarishni rivojlantirishga, moddiy xom
ashyo, tibbiy, moliyaviy va mehnat resurslaridan, to‘plangan mol-mulk-
dan samarali foydalanishga rag‘batlantiruvchi ta’sirini oshirish;
-
korxonalar zimmasidagi soliq yukini keskin kamaytirish,
qo‘shilgan qiymat solig‘idan olinadigan soliq stavkasini kamaytirish
va shu asosda ishlab chiqarishni jonlantirishga turtki berish;
-
soliq tushumlari tarkibini tubdan o‘zgartirish, resurs soliqlari,
mol-mulk solig‘ining rolini oshirish.
29
7. Muayyan byudjetlarni shakllantirish manbalari bo‘lgan
umumdavlat soliqlari bilan mahalliy soliqlar o‘rtasida aniq chegara
o‘tkazish.
8. Davlat byudjeti daromadlarini katta qismini joylarga berish,
mahalliy byudjetlarning daromad manbalarini mustahkamlash.
9. Soliq siyosati belgilab bergan chora-tadbirlarni amaliyotga
tadbiq etuvchi tegishli moliya mexanizmini ishlab chiqish va
takomillashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |