Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet18/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

 
Muallif 
Boysunqur
mirzoning xulq-atvori haqida ham quyidagi fikrlarni 
bildiradi: 
“adolatpesha va odmi va xushtab‟ va fazilatliq podshohzoda edi. Ustozi 
Sayid Mahmud shiiy ekandur”
. Adolatpeshalikda tengsiz, oddiy inson va fazilatli 
podshoh bo‗lgan. Aytishlaricha, uning ustozi shia mazhabli Sayid Mahmud 
bo‗lgan va sababli Boysunqur mirzoga ham ta‘na qilishgan. 
“So„ngra dedilarkim, 
Samarqandta ul yamon aqidadin yonib, pok e‟tiqod bo„lubtur”
. Demak, 
Boysunqur mirzo Samarqandga borganda bu yomon aqida, shia mazhabidan voz 
kechgan va e‘tiqodda poklangan. 
“Xeyli chog„irg„a xirsi bor edi”.
Boburning bu 
fikridan ko‗rinib turibdiki, Boysunqur mirzo may ichishga hirs qo‗ygan. 
“Chog„ir 
ichmas mahalda namoz o„tar edi” (“B1”. 116-bet).
Mirzoning ichmagan 
vaqtlarida esa, namozlarini to‗liq ado etishi tasvirlangan.
Tarixiy asarlarni o‗qir ekanmiz, birortasida ―Boburnoma‖dagidek Husayn 
Boyqaro shaxsiyatiga jiddiy, adolatli va aniq baho berilganini uchratmaymiz. 
Bunga avvalo, asar muallifining Husayn Boyqaroga nisbatan betarafligi, ikkalasi 
ham temuriy hukmdor, shoh, adib, shoir ekani va ikkalasi ham Amir Temur barpo 
etgan saltanatni yaxlitligicha asrab qolish uchun harakat qilganligi sabab bo‗lgan. 
Va albatta, Bobur har bir shaxsga baho berishda obyektiv yondashishni o‗z oldiga 
maqsad qilib qo‗yadi va bu maqsadiga erishganiga biz ―Boburnoma‖dek memuar 
asarni o‗qiganimizda guvoh bo‗lamiz.
Bobur amakisi 
Sulton Husayn
mirzoning portretini quyidagicha tasvirlaydi: 
“qiyiq ko„zluk, sher andom bo„yluq kishi edi. Belidin quyi ingichka edi. 
Bovujudkim, ulug„ yosh yashab, oq soqolliq bo„lub edi, xushrang, qizil, yashil 
abrishimni kiyar edi” (“B1”. 275-bet)

 
Muallif Husayn Boyqaroning shakl-
shamoyili, so‗zlashuv odobi, xalq bilan munosabati, qo‗l ostida xizmat qilgan 
askarlarining soni va ularni boshqarish uslubi, boyligi, sarkardaligi va jang qilish 


qobiliyati, farzandlari va oilasiga bo‗lgan munosabati, ilm ahliga homiyligi kabi 
jihatlariga ham alohida ahamiyat beradi. ―Boburnoma‖da Sulton Xusayn Boyqaro 
nomi 108 marotaba tilga olingan. 
Bobur Husayn Boyqaroning davlat qurilishidagi rahbarligini ijobiy 
baholaydi va quyidagicha yozadi: 
“Sulton Husayn mirzoning zamoni ajab zamone 
edi, ahli fazl va benazir eldin Xuroson, bataxsis Hiriy shahri mamlu edi. Har 
kishiningkim bir ishga mashg„ulligi bor edi, himmati va g„arazi ul edikim, , ul ishni 
kamolg„a tegurgay” (“B1”. 300-bet)

 
.


Xorijlik boburshunos U.Erskin Boburga xos fazilatlarni quyidagicha 
izohlaydi: ―Bobur biror shaxs haqida so‗z yuritadigan bo‗lsa, uning shakl-
shamoyili, kiyinishi, didi, odatlarini shunday haqqoniy tafsilotlar bilan tasvirlab 
beradiki, biz xuddi bu odamni hayotda ko‗rganday, u bilan birga yashaganday 
bo‗lamiz. Bobur o‗z ko‗zi bilan ko‗rgan mamlakatlar manzarasini, iqlimini, o‗ziga 
xos hayot tarzini, sanoati va iqtisodini, san‘at obidalarini shunchalik aniq va tugal 
tasvirlab berganki, maxsus shu joylarni kezgan sayyohlar ham ular haqida 
bunchalik mukammal tasavvur bera olmasalar kerak‖
5
.
―Boburnoma‖da Husayn Boyqaro bevosita tasvirlangan o‗rinlarda tarixiy 
shaxs portretida tarixan reallik va badiiy tasvir vositalari uyg‗unlashib ketganiga 
guvoh bo‗lamiz. Boburning Husayn Boyqaroga bergan ta‘rifidan, uning ko‗z, yuz 
va gavda tuzilishi, qay paytda qanday libos kiyishi va yoshi bilan bog‗liq 
o‗zgarishlar haqida aniq ma‘lumotlarga ega bo‗lishimiz mumkin.
“Qiyiq ko„zli”
iborasi orqali biz Husayn Boyqaroning turkiy-barlos qavmiga oid, tom ma‘noda 
temuriyzoda ekanidan, sher gavdali ekani nihoyatda baquvvat, kelbatli va 
xushbichim odam bo‗lganidan dalolat beradi. Belidan pasti ingichka kishi edi. 
“Qora qo„zi bo„rk kiyar edi yo qalpoq. Ahyonan iydlarda kichik sepech dastorni 
yap-yassi yamon chirmon chirmab, qarqara o„tag„asi sanchib, namozg„a borur 
erdi” 
Husayn Boyqaroning ba‘zi paytlarda qorako‗l qo‗zi terisidan qilingan bo‗rk 
kiyishi, zarurat yuzasidangina bezakdor salla o‗rashini ta‘kidlash orqali uning

shohona hashamatga e‘tiborsiz, sodda va oddiy ish odami ekaniga e‘tibor qaratadi. 
5
(Эрскин У. Бобур Ҳиндистонда. / Ғ.Сотимов таржимаси. – Тошкент: Чўлпон, 1995. – Б.105).


Muallif shu tariqa mashhur bir tarixiy shaxs portretiga xos sifatlarni tasvirlaydi va 
o‗quvchida u haqda mukammal tasavvur uyg‗otishga erishadi. Bularning 
barchasida portret tamoyillaridan biri tarixiy haqqoniylik bilan tasvirlashni 
ko‗ramiz. 
“Ulug„ yoshga yetib, soqoli oqargan bo„lsa-da, xushrang, qizil-yashil 
ipak matolardan kiyim kiyardi”
. Demak, mirzo yoshi bir joyga borgan paytda ham 
qizil, yashil rangli kiyimlar kiyganligi yuqoridagi tasvirda keltirilgan.
Xarakteri haqida fikr yuritar ekan: 
“harrof va xush xulq kishi edi, Xulqi bir 
nima guzaroroq voqe bo„lub edi, so„zi ham xulqidek edi. …shujo‟ va mardona 
kishi edi” (“B1”. 275-bet)
. Bobur ta‘rificha, Husayn Mirzo ―so‘zamol va xushxulq 
kishi edi. Xulqi biroz tezroq, so‘zi ham xulqidek o‘tkir edi. …shijoatli, mard kishi 
edi‖ deb xolis baholaydi
―Boburnoma‖da muallif Husayn mirzoning ijodiga tanqidiy yondashib, fikr 
bildiradi. Uning devon tartib qilgani, turkiyda va forsiyda she‘r yozganini esa 
quyidagicha tasvirlaydi: 
“G„aribiy taxallus qilur edi, devon ham tartib qilib edi, 
turkiy va forsiy she‟r aytur edi. Bu bayt aningdurkim: 
Dar guzar didam pariro„ye shudam devonaash 
Chist nomi, o„, kujo boshad nadonam xonaash” (“B1”. 279-bet). 
Ya‘ni, Guzarda bir pari yuzni ko‗rib, devona bo‗ldim, uning ismi nima, uyi 
qayerda ekanini bilmadim.
Muallif Xusayn Boyqaro tasviri orqali Xuroson, xususan, Hirot adabiy, siyosiy, 
ijtimoiy muhiti, saroy hayoti haqidagi ma‘lumotlarni umumlashtirgan.
Xullas, Bobur Temuriy hukmdorlarga baho berar ekan, avvalo, ularning 
jangovarlik qobiliyatiga, yurt olish va yurt saqlashiga, e‘tiqodi va insoniyligiga 
e‘tiborini qaratadi. Muallif har bir hukmdorni tasvirlashda holis yondashgani, so‗z 
va iboralarni o‗z o‗rnida qo‗llagani asarning qimmatini yanada oshirgan. Bundan 
tashqari, muallifning temuriy hukmdorlar shaxsiyatiga odilona, jamiyat, vatan, yurt 
manfaati nuqtai nazaridan baho berishda, temuriy hukmdorlarga bo‗lgan davr 
mezonini belgilashda Boburning bayoni, rostbayonligi va haqiqatga tayangani, 
ayniqsa, alohida ahamiyatga molikki, bu davr tarixi va shaxs mavqeini belgilashda 
juda muhimdir.





Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish