Boburning portret yaratish mahorati



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/66
Sana16.06.2022
Hajmi1,23 Mb.
#676979
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66
Bog'liq
Norqulova Maftuna MD(1)

Sulton Ahmad 
mirzoni 
tasvirlar ekan, 
“baland bo„yluq, qunqor soqollik, qizil yuzluk, tanbal kishi erdi. 
Soqoli engakida erdi. Ikki yangoqida soqoli yo„q edi. Bisyor xushmuhovara kishi 
erdi. Dastorni ul zamon dasturi bila chahorpech chirmab, aloqasini ilgarrak 
qoshining ustiga qo„yar edi” ya‟ni, “baland bo„yli, qo„ng„ir soqolli, qizil yuzli
norg„il kishi edi. Soqoli engagiga tushardi. Ikki yonog„ida soqoli yo„q edi. Juda 
shirinso„z kishi edi” (“B1”. 34-bet)
 
, deydi. Yuqoridagi ta‘riflardan ko‗rinadiki, 
Sulton Ahmad mirzo baland bo‗yli, qizil yuzli, dangasa kishi bo‗lgan. Suhbatda 
juda shirinso‗z bo‗lgan. Bunday xislatlar Sulton Ahmad mirzoning ijobiy 
sifatlaridir.
Muallif Sulton Ahmad mirzoning xarakterini esa quyidagicha izohlaydi: 
“hanafiy mazxabliq, pokiza e‟tiqodli kishi erdi, besh vaqt namozini betark o„tar 
edi. Ichkilik mahallarida ham namozi tark bo„lmas edi” (“B1”. 34-bet). 
Demak, 
Sulton Ahmad mirzo hanafiy mazhabida, pok e‘tiqodli shaxs bo‗lgan va besh vaqt 
namozlarini tark etmagan, hattoki ichgan paytlarida ham namozni kanda qilmagan.
Bobur Sulton Ahmad mirzoning faqir bir inson ekanligini va harakatlarini, 
qarorlarini beklarsiz amalga oshira olmasligini quyidagicha tasvirlaydi: 
“Sulton 


Ahmad mirzo kamgap, faqir va odmi kishi edi. Biror muhim maslahat va ish-
harakat beklarsiz qaror topmas edi”
 
(“B2”. 74-bet)
.
Temuriy amir va beklar ko‗plari islom e‘tiqodiga e‘tiborli bo‗lganliklari 
tarixdan yaxshi ma‘lum. Xususan, Xoja Ahror Valiydek ulug‗ alloma va avliyoga 
Sulton Ahmad mirzo ham murid bo‗lgani va Xoja Ahror Valiy suhbatida juda odob 
saqlagani buning dalilidir: 
“Hazrati Xoja Ubaydullohga murid edi. Hazrati Xoja 
unga murid va homiy edi. Juda odobli edi, xususan, Xoja suhbatida. Aytishlaricha, 
hargiz Xoja yig„inida bir tizzasini ikkinchi tizzasiga chalishtirib o„tirgan emasdi. 
Bir safar hazrati Xoja suhbatida , odatga hilof tarzda, oyoqlarini uzatib o„tiribdi. 
Mirzo o„rnidan turgandan so„ng, hazrat Xoja mirzo o„tirgan yerni qarab ko„rishni 
buyuribdi: bir suyak bor ekan”

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish