Kosmologiya - koinotni bir butun deb qaralgandagi tuzilishi va evolyutsiyasini
o`rganadigan fandir. Kosmologiya o`rganadigan masalalar ichida eng muhimlari - faza va
vaqtning geomet`rik strukturasi, evolyutsiyasi, uning turli ob`ektlarining, ayniksa galaktikalar va
ularning to`dalarining tashkil topishi va rivojlanishi masalalaridir.
Koinotni bir butun ob`ekt sifatida xarakterlash uchun, zamonaviy
metodlar yordamida
uning Metagalaktika deb nom olgan va radiusi 3000 Mps bilan chegaralanadigan qismigina
kuzatilishini hisobga olish zarur bo`ladi.
Ma`lumki, nisbiylik nazariyasiga ko`ra, katta massali ob`ektlarning mavjudligi fazo va
Vaqtning xossalariga ta`sir etadi. evklid geometriyasi xarakterlaydigan bizga tanish fazo, yirik
masala jismlar atrofida o`zgarib “egiladi”. Xususan yorug`lik nuri Quyosh yaqinidan o`tayotib
egiladi va o`z yo`nalishini o`zgartiradi. Bu effekt Quyosh to`la
tutilganda, uning yonidan
ko`rinadigan yulduzlar nurining yo`nalishini o`rganish bilan tasdiqlandi. Bu juda kichik
mikdorni tashkil etib, u o`lchash aniqligi chegarasida kuzatildi.
Biroq, barcha galaktikalar va utagalaktikalar massalarining ta`siri fazoda aniq kattalikdagi
egrilikni vujudga keltirib,
uning xossalariga binobarin, butun Koinot evolyutsiyasiga sezilarli
ta`sir qiladi.
Koinot bo`ylab massaning ixtiyoriy taqsimlanishida nisbiyliku nazariyasi asosida fazo va
Vaqtning xossalarini aniqlash masalalasining kuyilishi juda murakkab masalalardan biri bo`lib
unig esimini topish mushkul. Shuning uchun mazkur masalanimng kuyilishidan oldin Koinot
tuzilishining ma`lum sxemasini qabul qilinadi. Koinotning modeli deb yuritiluvchi bunday
sxemalarning eng soddasi quyidagi holatlarga asoslanadi:
-Koinotda,
katta masshtablarda, modda bir tekis taqsimlangan;
-fazoning xossalari hamma yo`nalishlarda bir xil (izotrop);
Bunday fazo ma`lum egrilikka ega bo`lib, unga mos model Koinortni bir jinsli izotrop
modeli deyiladi.
Koinotning bir jinsli izotrop modeli uchun Eynshteynning tortishish nazariyaisga oid
tenglamalarning echimiga ko`ra ayrim bir jinsli bo`lmagan qismlari orasidagi masofa ularning
individual xaotik harakatlarini e`tiborga olmaganda o`zgarmas saklanib kolaolmaydi.
Bu Koinot
yoki siqilishi yoki kuzatishlardan ma`lum bo`lgani kabi kengaymogi lozim degani bo`ladi.
Darvoke, ixtiyoriy ikki galaktikaning bir-biridan uzoqlashishtezligi ular orasidagi
masofaning ortishi bilan ortib boradi. Nisbatan kichik masofalarda, bu bog`lanish chiziqli bo`lib
proportsionallik koeffitsenti bo`lib Xabbl doimiysi xizmat qiladi. Aytilganlardan ma`lum
bo`lishicha, ixtiyoriy ikki jism orasidagi masofa Vaqtning funktsiyasidir. Bunday funktsiyaning
ko`rinishi, fazo egriligining ishorasiga bog`liq bo`ladi. Agar egrilik manfiy bo`lsa, Koinot doimo
kengayishni “boshidan kechiradi”. evklid fazosiga mos nulinchi egrilikda Koinotning kengayish
sekinlashish bilan davom etib, kengayish tezligi nolga intiladi. Va nihoyat, musbat egrilikka ega
kengayuvchi Koinot ma`lum boskichda siqilish bilan almashishi mumkin. Bir jinsli izotrop
modelda, fazoning egriligi moddaning o`rtacha zichligining mikdoriga bog`liq bo`ladi. Ikkinchi
hol (nulinchi egrilik) zichlikning kritik zichlikka teng mikdorida ro`y beradi.
Kengayish jarayonida egrilikning absolyut qiymatda o`zgarishi mumkin, biroq bunda uning
ishorasi o`zgarmay qoladi.
Moddaning kritik zichligi Xabbl doimiysi va N va gravitatsion doimiylik Ђ orqali
quyidagicha topiladi:
Do'stlaringiz bilan baham: