-planetalarning birgalikdagi massasi Quyoshnikidan 750 marta kam bo`lgani holda,
Quyosh sistemasi harakat miqdori momentining 98 foizi planetalar “ zimmasi”da;
-planetalar fizik tabiatlari bilan bir-birlaridan keskin farqlanuvchi ikki guruhga - er tipidagi
planetalarga va ulkan sayyoralarga bo`linadi.
-planetalar yo`ldoshlarining
aksariyati, planetalar atrofida deyarli aylanma orbitalarda
harakatlanib, ularning tekisliklari asosan planetalarning ekvator tekisliklari bilan ustma-ust
tushadi.
Nemis faylasufi I.Kant “Umumiy tabiiy tarix va osmon nazariyasi“ (1755y.) asarida,
dastlab Olam, birlamchi xaos ko`rinishidagi materiya bilan to`la bo`lgan degan gipotezani ilgari
surdi. Keyinchalik tortishish va itarishish kuchlari ta`sirida materiya ma`lum tashkillangan
ko`rinishlarni olgan, deyiladi u gipotezada. Natijada paydo bo`lgan
materiyaning ayrim
quyulmalari, boshqa zarralarni ham o`ziga tortib, planetalarni, markaziy quyulma esa Quyoshni
vujudga keltirgan, deb tushuntiradi Kant.
Quyosh va planetalarning gaz Ŕ chang bulutlaridan paydo bo`lganligi haqidagi Kant
gipotezasi, umumiy holda to`g`ri bo`lsada, uning davrida bu nazariya, atom nazariyasi,
termodinamika, gazlarning kinetik nazariyasi va boshqa
magnitogidrodinamikaga oid
nazariyalarning yo`qligi tufayli, olim ilgari so`rgan nazariyasining hisob-kitobini qilishning iloji
yo`q edi.
Keyinroq (1796 y.) frantsuz matematigi Laplasning gipotezasi, Quyosh sistemasining
paydo bo`lishida, siqilayotgan sferik formadagi alohida tumanlikning aylanishi asos bo`lgan
degan g`oyaga tayanadi. Bunda tumanlik markazidan r masofadagi m massali elementning
harakat
miqdori momenti
I= m
r= m
r
2
bo`lib u o`zgarmasa, u holda tumanlikning siqilishi
- ning ortishiga olib keladi.
Agar tumanlikning umumiy massasi M bo`lsa, u holda m elementga ta`sir ko`rsatadigan
kuch
2
r
Mm
G
F
markazdan qochma kuch esa
3
2
mr
I
F
м
bo`ladi.
Bu ifodalardan ko`rinishicha, tumanlikning siqilishida, markazdan qochma kuch F
k
,
tortishish kuchlariga nisbatan tezroq o`sadi. Biroq ular tenglashganda
tumanlik spiralga
o`xshab yig`ilib keladi va ekvator zonasidan bir qism moddasi ajraladi. Tumanlikdan
uloqtirilgan qismi esa uning atrofida yoyilib, Saturn halqasidek halqani vujudga keltiradi. Borib -
borib bu halqa yig`ilib ma`lum bir planetani paydo qiladi, - deb tushuntiradi Laplas gipotezasi.
Biroq, bu gipoteza asosida planetalar va Quyosh bo`yicha harakat miqdori momentlarining
mavjud taqsimlanishini bo`lmaganligi tufayli, u ham bugungi kunda nazardan qolgan gipoteza
hisoblanadi.
Asrimizning
boshlarida ingliz olimi Jins, bu masalada o`z gipotezasi bilan chiqdi. Uning
gipotezasiga ko`ra, Quyosh dastlab planetalarsiz paydo bo`lgan. Uning atrofida planetalar
Quyoshning boshqa bir yulduz yaqinidan o`tishda, Quyoshning diametrial qarama-qarshi
tomonida vujudga kelgan ulkan ko`tarilish (priliv) to`lqini tufayli paydo bo`lgan.
Gipotezaga
ko`ra, ko`tarilish Quyosh sirtidan quvvatli gaz oqimi Ŕ vulqonini vujudga keltirgan. Bu gaz
oqimi Quyoshdan turli masofalarda zichlashib, oqibatda planetalarni paydo qilgan deb uqtiradi
Jins gipotezasi. Keyinroq bu gipoteza boshqacha tus olib, unga ko`ra, Quyosh qo`shni yulduz Ŕ
o`tayangi
sifatida chaqnab, tashqi gaz qobig`ini uloqtirgan. Vaqt o`tishi bilan yulduzlar bir-
biridan uzoqlashib, gaz qobig`idan planetalar tizimi paydo bo`lgan.