27
II-BOB. NAVOIY VILOYATINING EKOLOGIK MUAMMOLARINI
O’RGANISH VA TAHLIL QILISH.
Hozirgi zamon texnika taraqqiyoti insonning tabiatga bo‘lgan salbiy
ta’sirini kuchaytirib yubordi. Shuning uchun sog`lom tabiat muhitini
saqlab
qolish, tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish tadbirlarini ishlab chiqish
hamda hayotga tadbiq etish bugunni kunning dolzarb muammolaridan biri
bo‘lib qolmoqda. Navoiy viloyatida ham tabiatni muhofaza qilish, inson bilan
tabiat o‘rtasidagi muvozanatni saqlash, aholi o‘rtasida ekologik madaniyatni
shakllantirish, shu asosda ular qalbiga tabiatni asrash-avaylash
tushunchalarini
singdirish va takomillashtirish dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Geoekologik xavfsizlik insonlarning buguni va ertasi uchun eng muhim
muammoga aylanib qoldi. Bu muammo mamlakatning yoki dunyoning barcha
joylarida bo‘lib, ularda geoekologik muhitning o‘zgarish darajasi turlichadir,
ayniqsa hozirgi kunda tez rivojlanib borayotgan urbanizatsiya jarayoni
shaharlarning asosiy aglomeratsiyalari eng ko‘p ifloslanish joylariga aylanib
bormoqda. Buni Navoiy shahri misolida ko‘rishimiz mumkin. Ma’lumki
tabiatning eng muhim tarkibiy qismlaridan biri atrof-muhit bo‘lib, u tirik
organizmlarning yashashi uchun juda ham zarurdir. Atrof-muhit
asosan ikki
manba; tabiiy omillar va inson faoliyatining mahsuli – antropogen manbalar
ifloslantiradi. Viloyat ekologik sharoitini ifloslovchi
tabiiy omillarga
cho‘llanish, tog` jinslarining yemirilishi va boshqa tabiiy omillar natijasida
ifloslansa; antropogen ifloslovchi manbalarga asosan sanoat korxonalari,
avtomobil, havo, temir yo‘l transporti
chiqindilari shuningdek, turli yoqilg`ilarni
ishlatilishi natijasida hosil bo‘ladigan zararli moddalarni ko‘rsatish mumkin.
Hozirgi kunda shaharda atmosfera havosini turli ifloslanishlardan
muhofaza qilish, havo tarkibidagi zararli moddalar
miqdorini kamaytirish, hech
bo‘lmaganda hozirgi holatda saqlab qolish chora tadbirlarini olib borish lozim.
Havoning ifloslanishi ayniqsa geoekologik sharoitlarning nihoyatda
--
28
yomonlashuviga olib keladi. Ifloslangan atmosfera havosining atrof muhitga,
o‘simliklarga, insonning sog`ligiga va turmush tarziga salbiy ta’siri juda
kattadir. Tadqiqotlar natijalari shuni ko‘satadiki, atmosfera havosi ifloslangan
hududlarda kasalliklarning ko‘p bo‘lishi kuzatiladi. Navoiy shahri
respublikamizda yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan
shahar hisoblanib,
2010-yil yakunlariga ko‘ra shaharda 50 ga yaqin qo‘shma korxonalar bo‘lib,
ularning deyarli asosiy qismi yengil va oziq-ovqat sanoati tarmoqlari
hisoblanadi. (1-sxema, 5-rasm)
1-sxema
Do'stlaringiz bilan baham: