66
39- rasm. Gastrulyatsiya turlari.
A-invaginatsiya; B-epiboliya; V-migratsiya; G-delyamiiatsiya (V. G. Yeliseev va
boshqalar, 1972).
Shu vaqtning o`zida ichki varaq tarkibidagi qirg`oq zonasining hujayralari xordal tortma
atrofida ichki va tashqi varaq orasiga o`sib kiruvchi ikkita cho`ntak hosil qilady. Bu cho`ntaklar
gastrotseldan ajralib, gastrula bo`yi bo`yicha joylashuvchi mezodermani hosil qiladi. Mezoderma
xaltacha shaklida o`sib, unda pariyetal va visseral varaqlarni farq qilish mumkin. Mezoderma
tortmalarining barcha qismi bir xil bo`lmay, dorzal qismi segmentlarga - somitlarga ajralgan.
Ular segment oyoqchalariga davom etadi. Ventral qismi segmentlarga ajralmaydi.
Bu qism
splanxnotom deb yuritiladi. Xorda va mezoderma birlamchi ichki varaqdan ajralgandan so`ng
ichki homila varag`i - entoderma shakllanadi.
Amfibiyalarda gastrulyatsiya i n v a g i n a t s i y a va e p i b o l i y a turida o`tadi.
Amfibiylar blastulasining tubi sariqlikka boy bo`lib, ularning maydalanishi juda sekin ro`y
beradi. Gastrulyatsiya jarayoni qirg`oq zona sohasida boshlanadi. Bu yerda o`roqsimon egat
hosil bo`ladi. O’roqsimon egat chuqurlashishi natijasida gastrotsel bo`shlig`i, blastopora, dorsal
va yon lablar hosil bo`ladi. Ventral lab esa hali vujudga kelmagan bo`ladi. Uning o`rnida esa
sariqlikka boy blastomerlar joylashadi. Invaginatsiya bilan bir vaqtning o`zida blastula vegetativ
qutbining yirik hujayralarini animal qutbning tez ko`payayotgan mayda hujayralari bosib ketib,
epiboliya ham boshlanadi. Invaginatsiya va epiboliya natijasida ektoderma va entoderma,
shuningdek ventral lab hosil bo`ladi. Dorsal lab sohasida bo`linayotgan mayda hujayralar
gastrula ichiga o`sib kirib, mezodermani hosil qiladi. Mezoderma hosil bo`lgach ilk ichki qavat
hisobiga entoderma va xorda, keyinroq esa ektodermadan nerv naychasi rivojlanadi. Nerv
naychasining hosil bo`lishi va mezodermaning somitlarga bo`linishi lansetnikdagi kabi sodir
bo`ladi.
67
40- rasm. A, B - Lansetnikda o`q organlarining hosil bo`lishi.
1-nerv
plastinkasi; 2-ektoderma; 3-xordal plastinka; 4-mezoderma; 5-entoderma, 6-
xorda; 7- oxirgi ichak (A. A. Zavarzindan).
Baliqlarda gastrulyatsiya invaginatsiya va delyaminatsiya yo`li bilan kechadi.
Maydalangan pusht gardishi sariqlikda birmuncha cho`ziladi; uning ustidan ko`tariladi va orqa
qirg`og`ida burila boshlaydi. Buning natijasida qirg`oq kertigi hosil bo`ladi. Bu kertik
uzunlashadi, chuqurlashadi, natijada, homila gardishi ikki qavat bo`lib qoladi.
Tashqi qavati
ektodermani, ichki qavati esa entodermani tashkil qiladi. Birlamchi ichak bo`shlig`idan
gastrotsel hosil bo`ladi va u lansetniklarning, amfibiylarning birlamchi ichagidan tubining
bo`lmasligi bilan farq qiladi. Ularda tub bo`lib parchalanmagan sariqlik hisoblanadi. Bu yerda
ham lablar bilan chegaralangan blastopor bo`lib, lantsetnik, amfibriylarnikidan orqa labning
bo`lmasligi
bilap farqlanadi, orqa lab o`rnida esa sariqlik bo`ladi. Invaginatsiya va qirg`oq
kertigining hosil bo`lishi bilan bir vaqtda delyaminatsiya ham ro`y beradi, ya’ni sariqlik ustida
yotuvchi qirg`oq bla-stomerlarining ajralishi natijasida ham entoderma hosil bo`ladi. Shunday
qilib, baliqlarda 2 ta entoderma farqlanadi. Biri-invaginatsiya yo`li bilan hosil bo`lgan g a s t r a l
e n t od e r m a va ikkinchisi delyaminatsiya natijasida hosil bo`lgan sariqlik entodermasi. Bir
vaqtning o`zida lablar sohasidasida mayda hujayra materialining ajralishn hisobiga xor-
domezodermal kurtak hosil bo`ladi va ular gastrulyatsiyaning boshlanishidayoq ekto-va
entodermaning orasiga suqilib kirib, alohida o`sa boshlaydi. Ektodermaning tarkibida oldingi
labdan nerv plastinkasi o`sadi.
Qushlarda gastrulyatsiya d e l a m i n a t s i y a bo`yicha kechadi. Maydalangan homila
gardishi 2 varaqqa ajraladi. Entoderma ostida uncha katta bo`lmagan
Do'stlaringiz bilan baham: