58
ERKAKLAR JINSIY HUJAYRASI-SPERMATOZOIDNING TUZILISHI
Spermatozoidning
boshchasi, bo`yni, tana qismi
va
dumchasi
tafovut qilinadi (31-rasm).
Spermatozoidning boshchasi uncha katta bo`lmagan zich yadro va sitoplazmaning yupqa
qavatidan tashkil topgan. Boshchaning oldingi yarmida g`ilofcha (akroblast)
joylashib, uning
ichida bevosita boshchaning oldingi uchida akrosoma (yunon. acron - ustki, soma - tanacha) zich
tanacha shaklida yotadi (32-rasm). Akrosoma urug`lanish uchun zarur tuzilma bo`lib, u o`zida
ko`p miqdorda tuxum hujayra qobig`ini yemiradigan gialuro nidaza fermentini saqlaydi.
Spermatozoidning bo`yin qismida, yadroning orqa qutbi sohasida proksimal sentriola joylashib,
u silindrsimon shaklga ega. Urug`lanish vaqtida proksimal sentriola tuxum hujayraga o`tadi va
urug`langan tuxum hujayraning yoki zigotaning bo`linishida ishtirok etadi. Yadrodan birmuncha
uzoqda bo`lgan distal sentriola ikki bo`lakdan iborat. Uning tayoqchasimon ko`rinishga ega
bo`lgan birinchi yarmi bo`yin chegara sini hosil qiladi va undan spermatozoidning tanasi orqali
dumchasiga o`tuvchi o`q ip boshlanadi. Distal sentriolaning halqasimon shaklga ega bo`lgan
ikkinchi bo`lagi esa tana oxirida joylashadi. Shunday qilib, spermatozoidning tanasi distal sent-
riolaning tayoqchasimon va halqasimon bo`laklari orasida joylashgan tuzilmalardan iborat. Bu
yerda o`q ip atrofida spiral holatda mitoxondriyalar joylashadi. Spermatozoidning tana qismida
oksidlanish fermentlarining yuqori aktivligi aniqlangan. Bu qismda glikogen, fosfatlar,
shuningdek, ko`p miqdorda ATF saqlanadi. ATFning bo`lishi va mitoxondriyalarning ko`pligi
tana qismining spermatozoidni energiya bilan ta’minlab turishidan dalolat beradi.
31-rasm. Erkak jinsiy hujayralari- spermatozoidlar. Sperma suyuqlig`ining surtmasi.
0b. 40, ok. 10. 1-boshcha; 2-dum qismi .
Spermatozoidning dumchasi asos va oxirgi bo`laklarga bo`linadi.
Dumchaning asosi
faqatgina o`q iplardan va uni o`rab turuvchi adenozintrifosfataza (ATF-aza) fermentini tutuvchi
sitoplazmadan iborat. Bu ferment mitoxondriyalarda sintezlangan ATF ni parchalaydi va shu
yo`l bilan energiya ajralishini ta’minlaydi. Sitoplazmada o`q ip atrofida spiralsimon ko`rinishda
nozik nplar joylashib, ularni kortikal spiral deb nomlashadi. Uq ip kiprikchalarning o`q ipiga
o`xshash bo`lib, klassik tuzilishga ega.
U gomogen matriksda joylashgan, 10 juft mikro-
naychadan iborat bo`lgan tutamdir. Bunda 9 juft mikronaychalar o`q ipning periferiyasida yotsa,
1 jufti markazda joylashadi. Dumchaning oxirgi bo`limi asta-sekin to`g`ri joylanishini yo`qo tib
boruvchi juda ingichka o`q ipchadan tashkil topgan. Oxirgi bo`limning o`q ipi tashqi tomondan
faqatgina plazmalemma bilan o`ralgan. Urug`lanish jarayonida spermatozoidlar 3 asosiy vazi-
fani bajaradi: 1) bo`lg`usi organizmga otalik genlarini uzatadi; 2) o`zining
maxsus harakat
apparati yordamida tuxum hujayra bilan to`qnashishni ta’minlaydi va tarkibidagi gialuronidaza
59
fermenti yordamida tuxum hujayraga spermatozoidning boshchasi va bo`yin qismining kirishini
yengillashtiradi; 3) tuxum hujayraga urug`langan tuxum hujayraning bo`linishi uchun zarur
bo`lgan sentrosomani olib kiradi.
32- rasm. Spermatozoid tuzilishi. 33-22. Elektron mikrofotogramma. 33 - 19. O`rta
qismining ko`ndalang kesmasi. X54.000. 33-20. Tana qismining turli sohalaridan olingan
ko`ndalang kesmalar. X40.000 33- 21. Dum qismining ko`ndalang kesmasi, X36.000. 33-32.
Boshcha old qismining bo`ylama kesmasi. X35.000. 33-23. Boshcha-bo`yin
va tananing old
qismining bo`ylama kesmasi. X25.500 33-24. Tana qismining bo`ylama kesmasi X32.090. 33-
25. Tananing dum qismiga yaqin sohasining bo`ylama kesmasi. x48.000. 1-hujayra qobig`i; 2-
akrosoma; 3-akrosoma qalpoqchasi; 4-subakrosomal bo’shlik; 5 - yadro; 6- yadro qobigi; 7-
yadroning orqa qismi; 8- o’zgargan proksimal sevtriola; 9- distal sentriola; 13 - markaziy mikro-
naychalar; 11-periferik mikronaychalar; 12-tashqi
zich firillalar; 13-bo`ylama o`q; 14-tolali
plastinkaning cheti; 15-mitoxondriyalar (Rodindan).
Turli hayvonlarning spermatozoidlari bir-biridan kattaligi va asosan boshchasining
tuzilishi bilan farq qiladi. Odam spermatozoidining uzunlgi 60 mkm ga teng.
Spermatozoidning siljishi uning dum harakati bilan bajariladi. Odam spermatozoidn
minutiga 1-2 mm tezlik bilan harakat qiladi. Bachadon bo`ynidan to tuxum yo`lining oxirigacha
bo`lgan oraliqni spermatozoid taxminan 3 soat mobaynida bosib o`tadi. Spermatozoid yashashga
o`ta chidamliligi bilan ajralib turadi. Urug`donda va uning ortig`ida ular oylab tirik saqlanadi,
60
murdada esa ular o`zining harakatchanligini 2-3 kungacha saqlab qoladi.
Tanadan tashqarida,
ya’ni termostatda urug`lantirishga qobiliyatli holatda bir haftadan ortiq saqlash mumkin.
Ularning uzoq muddat yashashi muhitning pHiga, temperaturaga, urug` suyuqlig`idagi
spermatozoidlarning kontsentratsiyasiga va boshqa shu kabi faktorlarga bog`liq.
Do'stlaringiz bilan baham: