166
Ayrim nozik tuzilishlarni hisobga olmaganda hamma sinapslar bir xil tuzilishga ega.
Sinaps sohasida aksonning oxirgi tarmoqlari kengaymalar hosil qiladi (presinaptik qism, pars
presynaptica). Presinaptik qismda ko`p miqdorda mitoxondriyalar hamda diametri 40-100 nm
keladigan sinaptik pufakchalar joylashadi.
101- rasm. Nerv hujayrasining ultramikroskopik tuzilishi (sxema).
1
-
aksodendritik sinaps; 2 - aksosomatik sinaps; 3 - presinaptik pufakchalar; 4 – sinaps bo`shligi:
5- presinaptik membrana; 6 - postsinaptik membrana; 7 - endoplazmatik to`r; 8
-
mitoxondriya;
9 - Golji kompleksi; 10 - neyrofibrillalar; 11 - yadro; 12 - yadrocha; 13 - neyrit (akson).
(V.G.
Yeliseev va boshqalardan, 1970).
Xolinergik sinapslarda pufakchalar kichikroq (30-50 nm) bo`lib, monoaminoergik sinapslarda
yirikroq (50-90 nm) bo`ladi. Bu qism tutashuvchi yuzasi
presinaptik
membrana deb nomlanadi.
Presinaptik qism bilan ikkinchi neyronning tanasi yoki dendriti bir-biriga zich tegib turmasdan,
ular oralig`ida kengligi taxminan 20 nm bo`lgan sinaps bo`shlig`i (yorig`i) joylashgan. Ikkinchi
neyronning postsinaptik qismi (pars postsynaptica ) postsinaptik membrana bilan qoplangan.
Shunday qilib, presinaptik va postsinaptik membranalar birinchi va ikkinchi neyronlar
aksolemmasidir.
Sinaptik pufakchalarda mediatorlar bo`ladi, ular yordamida nerv qo`zg`alishi bir hujayradan
ikkinchisiga uzatiladi. Mediator nerv hujayrada hosil bo`lgani
uchun neyronlarni
sekretor
hujayralar
deb ham aytish mumkin. Har bir neyron ma’lum tuda mediatorlar ishlash qobiliyatiga
ega.
Mediatorlarning turiga qarab quyidagi neyronlar farq qilinadi:
1. Xolinergik (atsetilxolin ajratuvchi) neyronlar.
2. Monoaminergik (dofamin, noradrenalin, adrenalin, serotonin, norepineftin, ya’ni
katexolaminlar ajratuvchi) neyronlar.
167
3. Peptidergik (peptidlar ajratuvchi) neyronlar.
4. Mediator sifatida aminokislotalarni (glyutamat, glitsin, gamma-amin - yog` kislota)
saqlovchi neyronlar.
5. Purinergik (mediator sifatida ATF va uning mahsulotlarini saqlovchi) neyronlar.
Atsetilxolin parasimpatik, noradrenalin esa simpatik nerv oxirlarida hosil bo`lsa, serotonin faqat
miya o`zagi
sohasida, peptidlar gipotalamo-gipofizar neyrosekretor sohada hosil bo`ladi.
Dofamin, glitsin va gamma-amin-yog` kislotasi tormozlovchi mediatorlar hisoblanadi.
Nerv hujayrasi bo`yicha tarqalayotgan nerv impulsi presinaptik qismga yetgach sinaptik
pufakchalarda saqlanayotgan mediator presinaptik membrana orqali sinaps bo`shlig`iga chiqadi.
Bu yoriq. tor bo`lganligi sababli (20 nm) mediator qisqa vaqt ichida postsinaptik membranaga
yetadi va uning natriy va kaliy ionlariga bo`lgan o`tkazuvchanligini oshirib yuboradi. Natijada,
depolyarizatsiya yuzaga keladi. Depolyarizatsiya ma’lum darajada (kiritik nuqtaga)
yetganidan
so`ng, ikkinchi neyronda ham nerv impulsi hosil bo`lib, u nerv hujayra bo`yicha tarqala
boshlaydi. Sinaps sohasida mediatorlarni parchalovchi fermentlar joylashganlign tufayli
mediatorlar juda qisqa vaqt ichida qo`zg`alishni yuzaga keltirish qobiliyatiga ega bo`ladi.
Ko`rib o`tilgan sinapslar ximiyaviy sinapslarga misol bo`lib, ularda bo`ladigan ximiyaviy
jarayonlar nerv impulsi ta’sirida sinaptik pufakchalardagi mediatorni sinaptik yoriqqa chiqishi
va shu moddani postsinaptik membranaga ta’sir qilib, unda qo`zg`atuvchi
potensialni yuzaga
keltirishdan iborat.
Ximiyaviy sinapslardan tashqari elektrik sinapslar ham mavjud bo`lib, ular baliqlarning
elektr organida va dengiz qisqichbaqasida topilgan. by sinapslarda qo`zg`alish ximiyaviy yo`l
bilan emas, balki elektrik usulda faqat bir tomonga uzatiladi.
NERV OXIRLARI
Nerv oxirlari sezuvchi (retseptor) va harakatlantiruvchi (effektor) nerv oxirlariga
bo`liiadi. Retseptor nerv oxirlari butkul reflekslarning boshlanish qismi bo`lsa, effektorlar
qo`zg`alishni ishchi a’zolarga yetkazadi.
Do'stlaringiz bilan baham: