168
dendritiga uzatgani uchun ularni sensoepitelial yoki neyroepitelial (ikkilamchi sezuvchi)
hujayralar deyiladi. Agar ta’sirotni sezuvchi nerv hujayraning dendrit o`simtasi bevosita qabul
qilsa (bu hujayralar nerv plastinkasidan rivojlanadp), bunday hujayralar birlamchi - sezuvchi
yoki neyrosensor hujayralar hisoblanadi. Ko`zning to`r pardasidagi tayoqcha va kolbachalar
hosil qiluvchi fotoretseptor hujayralar neyrosensor' hujayralar timsolidir.
Elektron mikroskop neyroepitelial hujayralarning apikal
qismida kiprikchalar yoki
mikrovorsinkalar borligini ko`rsatdi. Neyroepitelial hujayralar nafas yo`llarida, o`pka alveolala-
rida, jigar, o`t chiqaruv yo`llarida, o`t xaltasida, me’da osti bezida, me’dada aniqlangan. Bizda
olingan dalillar neyroepitelial hujayralar ingichka ichak epiteliysida ham uchrashini ko`rsatdi. Bu
hujayralar noksimon shaklga ega bo`lib, jiyakli enterotsit hujayralari orasida joylashadi.
Ularning ustki yuzasida kam miqdorda uzunligi 0,8-1,0 mkm, eni esa 0,2-0,3 mkm ga teng
mikrovorsinkalar joylashgan.
Biriktiruvchi to`qimadagi retseptorlar turlicha bo`lib, ular butasimon tarmoqlangan o`q
silindrdan va uni o`rab turuvchi o`ziga xos glial hujayralardan - neyrolemmotsitlardan iborat,
Kapsulaga o`ralgan nerv oxirlari ham turlicha shaklga ega bo`lib, bu retseptorlarga Fater-Pachini
plastinkasimon (corpusculum lamellosum) tanachasi, Meysner sezish (corpusculum tactus )
tana-
chalari, genital tanachalar va boshqalar kiradi. Hamma kapsulali nerv oxirlari quyidagi 3
tuzilmadan: 1) sezuvchi nerv hujayrasi dendritining o`q silindridan; 2) o`q silindr atrofidagi ney-
rolemmotsitlardan; 3) eng tashqi qism - biriktiruvchi to`qimali kapsuladan iborat.
F a t e r-P a c h i n i tanachalari - yirik, oval shakldagi tuzilmalar bo`lib, ularning
kattaligi 3 mm gacha bo`ladi va shuning uchun uni oddiy ko`z bilan ko`rish mumkin. Unda
kapsula yoki tash-qi kolba bo`lib, bir-biriga kontsentrik joylashgan fibroblastlar va kollagen
tolalardan tashkil topgan plastinkalardan iborat (102-rasm). Tanachaning markazida o`z
pardasini yo`qotgan o`q silindr, uning atrofida neyrolemmotsitlar kolba (bulbus interims)
hosil
qilib joylashadi. Fater-Pachini tanachalari bosim va og`riqni qabul qiladi.
M e y s n e r t a n a c h a l a r i - cho`zinchoq shaklga ega bo`lib, elastik tolaga boy yupqa
biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Kapsula ichiga o`q silindr kirib, juda mayda
shoxlarga tarmoqlanadi va ular har bir neyrolemmotsit ostida kengayib tugallanadi. Meysner
tanachalari terining so`rg`ichli yuzasiga berilgan bosimni qabul qiladi (103-rasm). G e n i t a l
tanachalar dumaloq shaklda bo`lib, tashqi tomondan yupqa biriktiruvchi to`qima
kapsula bilan
o`ralgan, uning ichida neirolemmotsitlar bor. Kapsula ichiga bir emas, bir necha o`q silindrlar
kiradi va ularnimg shoxlari bu yerda joylashgan glial hujayralar bilan kontaktlar hosil qiladi.
Genital tanachalar jinsiy va boshqa organlarning biriktiruvchi to`qimalarida joylashgan,. Krauze
kolbalari kichik bo`lib uning ichiga birgina o`q silindr kiradi va mayda shoxlarga ajraladi. Bu
shoxchalar glial kolba va tashqi biriktiruvchi to`qimali kapsula bilan o`ralgan. Krauze kolbalari
butun tana bo`ylab tarqalgan bo`lib, temperatura sezgisini qabul qiladi.
Skelet mushaklarining retseptorlari murakkab tuzilgan. Oddiy holatlarda miyelinli nerv
tolasi mushakka yaqinlashib miyelin qavatini yo`qotadi va bir necha shoxlarga parchalanadi.
Ular alohida mushak tolalarining sarkolemmasi sirtida korzinka hosil qilib tugallanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: