3D modellashtirish va raqamli animatsiya



Download 8,75 Mb.
Pdf ko'rish
bet95/124
Sana15.06.2022
Hajmi8,75 Mb.
#672144
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124
Bog'liq
2-1051

 
Nazorat savollari 
1.
Animatsiya deganda texnik nuqtai nazardan nima tushuniladi? 
2.
Kadrlar almashinuvi chastotasi deb nimaga aytiladi? 
3.
Kadrlar almashinuvi chastotasining qanday turlari mavjud? 
4.
Oraliq tasvirlar qurish yordamida kompyuter qanday ishni 
amalga oshiradi? 
5.
Obyektning harakat traektoriyasini tavsiflang.
6.
Ko‘chirish yo‘li bo‘ylab animatsiyalash uslubidan nima 
maqsadda foydalaniladi? 
7.
Chiziqli regulyatorlarning vazifasi nimadan iborat?
8.
Funksional egrilik qanday uslub hisoblanadi? 
9.
Tayanch nuqta qanday vazifani bajaradi? 
10.
3D Studio Max dasturida dastlabki ko‘rish rejimining funk-
siyasini tavsiflang. 
 
Tayanch iboralar
: Animatsiya, kadrlar, ko‘rish inersiyasi, 
kadrlar almashinuvi chastotasi, harakat traektoriyasi, chiziqli 
regulyator, funksional egrilik, tayanch nuqta, dastlabki ko‘rish.
 
6.2. Obyektlarning bog‘lanishi va zanjiri 
 


310 
Ko‘p sonli qismlardan tarkib topgan, bir-biriga nisbatan 
harakat qiluvchi mukammal personajlar, mexanik qurilmalar yoki 
boshqa obyektlarni yaratish uchun bog‘lanishlar yordamida 
qismlashgan obyektlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqani tashkil etish lozim. 
Bog‘lanish
(link) – bu ikki obyekt o‘rtasidagi ulanish bo‘lib, unda 
bir ob’ekning animatsiyalanishi boshqasida aks etadi. Qachonki 
aloqadorlik aniqlansa, birinchi obyekt 
bosh/ota 
(parent) deb ataladi, 
u bilan amalga oshiriladigan operasiyalar avtomatik tarzda 
tobe/bola
(child) deb ataluvchi ikkinchi obyektga uzatiladi.
Zanjir (chain) – bu ota/bola ierarxiyasi o‘xshashligiga ko‘ra 
tashkil etilgan o‘zaro bog‘liq obyektlar to‘plami. Agar ota qismi 
ko‘chirilsa, bola qismi ham ko‘chiriladi, shu boisdan bola qismi 
nabira obyektlarining otasi hisoblanadi, oxirgisi o‘zining “otasi” 
bilan birga ko‘chadi.
Agarda bog‘lanishlar va zanjirlardan foydalanilmaganda, 
animatsiyalashni boshida obyektlar birdaniga alohida qismlarga 
bo‘linib ketardi. Bog‘lanishlar orqali obyektlarni birlashtirgandan 
so‘ng ierarxik daraxt (hierarchical tree) hosil bo‘ladi, qaysiki bosh 
tana (obyekt)ga ta’sir etganda unga tobe novda (obyekt)larga 
uzatiladi, yagona katta novdani joyini o‘zgartirish unga bog‘liq 
bo‘lgan kichik novdalarga ta’sir etadi. O‘z navbatida, ierarxik daraxt 
animatsiyalar 
bilan 
ishlashda 
obyektlar 
o‘rtasidagi o‘zaro 
bog‘lanishni ko‘rsatish uchun ishlatiladi (6.8-rasm).
6.8-rasm. Obyektlarning bog‘liqligi. 
O‘zaro bog‘langan obyektlar qismlarini bir-biri bilan 
birlashtirish lozimligi sira ham shart emas. Bo‘g‘inlarni bir qancha 
ko‘rinishlari mavjud bo‘lib, ulardan foydalanish obyektlarning 
butun zanjiriga ta’sir ko‘rsatadi. Ko‘pincha 
sharli birikma
(ball 


311 
point) deb ataluvchi bir bo‘g‘in insonning elka bo‘g‘imini eslatadi, 
hamda o‘z joyini o‘zgartirish diapazoniga ega (6.9-rasm). Agar 
o‘xshash erkinlik nomaqbul bo‘lsa, ba’zi aylanish o‘qlarini 
blokirovka
(constraint) qilish yo‘li bilan uni cheklash mumkin. 
Aylanish sohasini burchakli cheklanishlar yordamida ham 
boshqarish mumkin, undan foydalanganda birikma belgilangan 
yo‘nalishda qayrilishi yoki o‘ziga teskari tomonga bukilishi mumkin 
emas.
6.9-rasm. Sharnirli birikma obyektlari. 
 
Tizza bo‘g‘imiga o‘hshash 
sharnirli birikmada
(hinge) faqat 
bitta o‘q atrofida aylanishga ruxsat beriladi. Undan eshiklar, 
dastaklar va boshqa mexanik qurilmalar (yoki jism qismi)ni 
yaratishda foydalaniladi. 
Boshqa ko‘rinishda bug‘inlarni aylantirish umuman ruxsat 
etilmaydi, ammo teleskop elementlarini tushirishga o‘xshash 
obyektlarni bir-biriga harakatlantirib ichiga qo‘yish imkoniyati 
saqlanib qoladi. Ushbu holatda obyekt birikmasi ikkita obyekt 
uzunligi bo‘ylab yo‘naltirilgan harakatlanishning yagona o‘qiga 
bog‘langan. Shuningdek, obyektni alohida qismlarga ajralib 
ketishiga yo‘l ko‘ymaslik maqsadida harakatlanib ko‘chish 
masofasini 
sozlash 
mumkin. 
Masalan, 
eshik 
qo‘ng‘irog‘i 
tugmasining harakat erkinligini cheklash uchun birikmaga o‘xshash 
nusxa qo‘l keladi.

Download 8,75 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   124




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish