318
Morfing mumtoz misollari orasida Terminator-2 filmidagi suyuq
metalli robot qiyofasining o‘zgarishi (transformasiya)ni
keltirish
mumkin. Morfing bir shakldan boshqa shaklga o‘zgartirish
bo‘yicha, shuningdek, organizmga xos shakllarni tabiiy ko‘rinishda
animatsiyalash, ilonning bir tekis sirg‘anishi kabi yoki odam
chehrasidagi ko‘rinishni o‘zgartirish (masalan, personajning
suhbatlashish vaqtida) uchun bir talay
imkoniyatlarni taqdim etadi
(6.14-rasm).
Skelet shaklini o‘zgartirish mashhur bo‘lishidan oldin, morfing
o‘zaro bog‘lanmagan obyektli personajlarni animatsiyalashning
ba’zi usullaridan biri bo‘lgan. Ba’zan u oldingidek ushbu sifatda
foydalaniladi, chunki skelet shaklini o‘zgartirish
har doim ham
obyektni transformasiyalashda etarlicha aniq natijalar olish imkonini
bermaydi. Bundan tashqari, morfing bir poligonal (noparametrik)
obyektni boshqasiga o‘zgartirish uchun qo‘llaniladi, bu esa etarlicha
murakkab ish hisoblanadi.
Aksariyat dasturlarda morfinglar orqali shakllar (aniq maqsadli
obyekt) ko‘rinishini o‘zgartirish yagona yo‘nalish bo‘yicha
yo‘naltirilgan bir xil sondagi uchlarga ega bo‘lishi kerak, dastur har
bir uchlar animatsiyasining boshlanishi va tugashini aniq belgilaydi.
Sakkizta uchga ega bo‘lgan kubni tasavvur qiling – kubning tepa
qismidagi to‘rtta uchni ko‘chirishda kubni piramidaga morfinglash
yuz beradi.
Agar aniq maqsadli obyektlar
alohidalikda yaratilsa, u holda
bunday morfingda ba’zi muammolar yuzaga kelishi mumkin,
shuning uchun foydalanuvchilar ko‘pincha
dastlab yagona aniq
maqsadli obyektni yaratishadi, keyin esa uchlardan birin-ketin nusxa
ko‘chirishadi va uni keyingi aniq maqsadli obyektga transformasiya
qilishadi. Bundan tashqari, boshlang‘ichdan oxirgi vaziyatgacha
uchlarni ko‘chirish uchun dasturlarda to‘g‘ri chiziqli traektoriyadan
foydalaniladi, karkas to‘ridagi qismlarning
buzilishini oldini olish
maqsadida tez-tez oraliq obyektlar talab etiladi. Ular animatsiya
vaqtida karkas to‘ri buzilib ko‘rsatilmasligi uchun zarur bo‘ladi.
319
6.14-rasm. Inson yuzi morfingi.
Har bir obyekt uchun aniq maqsadli obyektlar yaratilgandan
keyin belgilangan vaqt momentida obyektni to‘liq
transfor-
masiyalovchi animatsiyalarni dasturga bildirib turuvchi asosiy kadr
tayinlanadi. So‘ng uchlar o‘zgarishini, ulkan reallikga erishish
uchun kadrdan kadrga ularning ko‘chirilishini
tuzatish dastur
tomonidan avtomatik qayta ishlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: