305
minimal bo‘lsa, u holda asosiy kadrga kirish va chiqishda katta
burchak ostidagi nishablik bilan yo‘l ochiq bo‘lishi mumkin, obyekt
tezligi esa ko‘proq bir maromda bo‘ladi.
Uzluksizlik TSV
(continuity) nazorat
nuqtasida yaqinlashish
yo‘li darajasini xarakterlaydi. Belgilangan qiymat 25 bo‘lganda
tekis egri chiziqqa ega bo‘linadi, xuddi shu vaqtda uzluksizlikning
past ko‘rsatkichlarida yo‘l ancha to‘g‘ri chiziqli bo‘ladi.
Uzluksizlikning yuqori darajasi quyidagilarga olib keladiki, bunda
obyekt yo‘li asosiy kadrni uning ikkala tomoni bo‘yicha
joylashish
tartibini oshiradi, va obyekt asosiy kadr chegaralari atrofida
to‘xtashni boshlaydi.
6.5-rasm. Obyekt harakat traektoriyasini o‘zgartirish.
Nishablik TSV
(bias) egri chiziqning o‘chirilgan nuqta yoki
uchini maksimal aniqlash imkonini beradi.
Bazaviy qiymatda
nishablik uchi asosiy kadrda namoyon bo‘ladi (agarda uzluksizlik
darajasi juda ham oshirilmagan holatlarda). Past nishablikda egri
chiziq uchi asosiy kadrgacha, yuqori bo‘lganda –
asosiy kadrdan
keyin ko‘rinadi.
Kirish/chiqish tezligi
(ease to/from) asosiy kadrga obyektni
kirish va undan chiqish tezligini xarakterlaydi. Bazaviy parametrda
asosiy kadrga kirish tezligi vaqtinchalik sekinlashadi, bu esa
306
burilishda avtomobilni biroz tormozlash va keyinchalik yo‘lning
to‘g‘ri qismida tezlikni oshirishni eslatadi.
Kirish tezligini sozlash
asosiy kadrga kirishni tezlatish yoki sekinlatish darajasini belgilash
imkonini beradi, xuddi shunday maqsadda chiqish tezligi asosiy
kadrdan chiqishda foydalaniladi. Ushbu regulyatorlar misoldagi
koptokga bir necha g‘alati ta’sirlar ko‘rsatishi mumkin. Agar koptok
asosiy kadrga kirishda yuqori kirish tezligiga ega bo‘lsa, unda u erga
tushishda chetlab o‘tib bo‘lmaydigan tuqnashishdan qochishga
harakat qilayotgandek tezlikni jiddiy ravishda sekinlatadi.
Foydalanuvchi tomonidan asosiy kadrga bosilganda boshqaruv
regulyatorlari ko‘pincha alohida
muloqot oynasida chiqadi,
boshqaruvning eng yaxshi vositasi tizim tomonidan ta’minlanadi,
qaysiki foydalanuvchiga asosiy kadrning joylashuv o‘rnini va uch
o‘lchovli fazoda obyekt yo‘li yoki funksional egrilikka boshqaruv
regulyatorlarini kuzatish imkonini beradi.
6.6-rasm. Sakrovchi koptokning funksional egrilikda joyini
o‘zgarishi har bir o‘q bo‘ylab aks etadi.
Funksional egrilik
(functional curve) – bu obyekt trans-
formatsiyasi (bir shakldan boshqa shaklga o‘tish)ni
ifodalashning
grafik uslubidir. Ko‘pincha u uchta turli rangdagi splaynlar
Do'stlaringiz bilan baham: