IV. 1. Yer shari aholisining etnik tarixi
D unyo miqyosida aholi sonining muttasil ko‘payib borishi,
ishlab chiqarish munosabatlarining rivojlanishi, jam oat uyush-
malarining murakkablashuvi va m adaniyat taraqqiyoti doimiy
ravishda yalpi ко‘chib o ‘tish (migratsiya)ning kuchayishiga, turli
xalqlarning o ‘zaro qorishib ketishiga sabab bo ‘lmoqda.
Yevropa, Osiyo va Shimoliy Amerika etnik tarixida IV-IX
asrlarda yuz bergan «xalqlarning buyuk ko‘chishi» nom ini olgan
jarayon m uhim aham iyat kasb etadi. Aynan m azkur davrda
slavyanlarning Sharqiy Yevropaga joylashuvi, germ anlarning
M arkaziy va Shimoliy Yevropaga tarqalishi ham da ularning
Britaniya orollariga kirib borish jarayoni yuz bergan.
IV asr so‘nggida Yevropa hududiga kirib kelgan xunlar Dunay
havzasida etnik qorishgan aholidan yirik davlatni barpo qilganlar.
Xunlar izidan Yevropaga xazarlar, avarlar, qi pchoqlar, bolgar-
lar kabi boshqa turkiy xalqlar kirib kelgan. Bolgarlarning bir
guruhi Volga daryosi bo ‘ylab shimolga ko‘tarilgan. Ularning bir
qismi chuvashlar ham da tatarlar etnogenezida m uhim rol o ‘yna-
gan bo‘lsalar, boshqa bir guruhi esa 679-yili D unaydan o ‘tib
janub tom on yoyilib bolgar xalqiga o ‘z nom ini bergan. V III-IX
asrlarda Janubiy Ural tog‘laridan 0 ‘rta Dunay irmog‘iga G 'arbiy
Sibirda yashovchi xant va mansilarga yaqin boMgan mojorlar
(madyarlar) kelib joylashganlar. Turkiy xalqlar milodiy birinchi
ming yillik ikkinchi yarmida yalpi tarzda Janubiy Sibir va Markaziy
Osiyoga ko‘chib o ‘tganlar. VI asr va VII asr boshlaridan arablar
tom onidan ko‘plab mamlakatlarning bosib olinishi natijasida
ularning Old Osiyo va Shimoliy Afrika mamlakatlariga tarqalishi
ham da u hududlarda yashovchi mahalliy aholi bilan qo‘shilish,
aralashish jarayoni boshlangan.
II ming yillikning birinchi yarmida Osiyo va Yevropa m am -
lakatlari etnik tarixiga m o‘g'ullar bosqini jiddiy ta ’sir qilgan. X III
asrda Chingizxon qo‘shini tarkibida m o‘g4illar bilan birga ko‘plab
turkiy qavmlar ham bo‘lgan. Natijada kelib chiqishi har xil bo‘lgan
turli-tum an etnoslarning o ‘zaro qo‘shilishi natijasida Markaziy
Osiyo, Sharqiy Yevropa ham da Kavkaz orti hududlarida qator
yangi etnoslar tashkil topdi.
Dunyoning etnik tarixiga buyuk geografik kashfiyotlar ham
katta ta ’sir ko'rsatgan. XVI—XIX asrlarda amalga oshirilgan
geografik kashfiyotlar natijasida ko‘plab yevropaliklar Amerika,
Avstraliya va Okeaniyaga ommaviy ravishda ko'chib o‘tganlar.
M azkur migratsion jarayonlarda dastlab ispanlar va portugallar,
keyinroq gollandlar, fransuzlar va ayniqsa inglizlar asosiy o ‘rin
tutganlar. Ushbu xalqlardan ajralib chiqqan ko'plab guruhlar
o ‘zlarining asl vatani va ona xalqidan ajralganlaridan so‘ng yangi
yerlarda yangi etnik jam oalarga asos solgan. M azkur etnik
jam oalarning tashkil topishida ayrim hollarda mustamlakaga
aylantirilgan hududning mahalliy aholisi muhim rol o ‘ynagan
bo ‘lsa, boshqa holatlarda Yevropadan kelgan em igrantlar asosiy
o ‘rin tutganlar. Chunki, ular tom onidan, ko‘pincha, mahalliy
aholi tam om ila qirib tashlangan yoki o ‘zlarining asl etnik
vatanlaridan quvib chiqarilgan.
Birinchi yo‘ldan Meksika, Markaziy va Janubiy Amerikadagi
ko‘plab davlatlar aholisining shakllanishi yuz bergan bo ‘lsa, etnik
rivojlanishning ikkinchi yo‘li orqali Kanada, AQSh, Argentina,
Urugvay, Avstraliya va Okeaniya, Yangi Zelandiya hamda Gavay
aholisi shakllangan. Amerika qit’asidagi ayrim m amlakatlarda,
ayniqsa, Karib havzasi mamlakatlari Venesuela, Braziliya va
Gayana etnik tarixida yevropalik emigrantlar va mahalliy hindular
bilan birga Afrikadan keltirilgan qullar ham muhim rol o ‘yna-
ganlar. Umuman olganda, XVI asr va XX asr boshlarida dunyo
miqyosida mustamlakachiliktuzumining avj olishi dunyoning etnik
manzarasini o ‘zgarishiga asosiy sabablardan bo‘lgan. Qolaversa,
aholi so n in in g intensiv o ‘sib bo rish i va yangi y erlarn in g
o'zlashtirilishi ham turli tarixiy-etnografik m intaqalar orasida
etnom adaniy aloqalarning avj olishiga turtki bergan.
Insoniyat tarixida aholi sonining o ‘sishi doim o m urakkab va
nom utanosib b o ig a n : «demografik portlashlar» davri aholi
sonining keskin kamayib ketish davrlari bilan doimiy almashinib
turgan. Aholi sonining o'sishi yoki kamayishi o ‘ziga xos tarixiy,
ijtimoiy va biologik sabablar bilan bogiiq boigan. XX—XXI asrlarda
dunyo miqyosida aholi soni juda tezlik bilan o‘sib bormoqda. Bunga
39-yil aw al dunyo aholisi hozirgiga qaraganda ikki baravar kam
bolganligi va aholining qariyb yarmidan ko‘pi 25 yoshga yetmasdan
vafot eiganligi yorqin misol b o la oladi.
Insoniyat tarixning ilk bosqichlarida tabiatga m a’lum m a’noda
qaram lik tufayli ming yillar inobaynida dunyo aholisi juda sekin
darajada ko'payib borgan. Qadimgi davrlarda va o 'rta asrlarda
tugllish yuqori darajada bolishiga qararnay doim iy kasalliklar,
epidem iyalar, urushlar o lim sur’atining o ‘sib borishiga olib
kelgan. Shu boisdan ham aynan mazkur davrda dunyo miqyosida
tu g llish o lim ko'rsatkichidan ustun turgan.
Paleolit davri yakunida (taxm inan 15 ming yil oldin) yerdagi
odam larning um umiy soni taxminan 3 mln. atrofida b o ig an .
Kishilik jam iyati o 'z tarixining m azkur bosqichida odam lar
insoniyat hozir istiqomat qilayotgan hududning uchdan bir
qismidagina yashar edilar. Yer sharining boshqa m intaqalarida
tabiat injiqliklari, sahro va muzliklar tufayli odam lar juda kam
uchragan. Bu m a lu m m a’noda qadim ajdodlarim izning xo‘jalik
turm ush tarzi (terib-term achilik, ovchilik, baliqchilik) bilan
b o g iiq b o iib , m azkur holat ularni keng m intaqalarda bir-
birlaridan uzoqda yashashlariga majbur qilgan.
0 ‘n m ing yil oldin Y aqin S h arq d a yashagan o d am lar
jamoasining o'troq turmush tarziga o lish i va dehqonchilik hamda
chorvachilikning keng yovilishi odamlarning tabiatga qaramligini
nisbatan kamaytirgan va ular sonining o'sishiga sabab boigan.
Ushbu novatsiyalar (yangiliklar) natijasida 4-5 ming yil aw al
Yerdagi aholi taxminan 25 mln. kishiga ko‘paygan. Bu davrda ona
zaminimizning asosiy aholisi Qadimgi Misr, M esopotam iya,
Hindiston, Xuanxe va Yanszi daryolari oralig‘ida hamda Markaziy
Osiyo hududida yashagan. Insonivatning bundan keyingi etnik
tarix i x o ‘jalik m u n o sab a tla rin in g tak o m illash u v jaray o n i
(agrotexnikaning yaxshilanishi, yangi m ehnat qurollarining
yaratilishi, hayvonlarni xonakilashtirish) bilan cham barchas
bog‘liq boMgan. Ushbu omillar natijasida yerdagi kishilar soni
sezilarli darajada ko‘payib borgan. Antropolog va etnologlarning
taxminiy hisob-kitoblariga ko‘ra eramiz boshlarida, ya’ni bundan
ikki rning yil muqaddam dunyo aholisi 150-200 mln. kishiga
yetgan. Arxeolog va paleontolog mutaxassislarning fikrlaricha,
bu davrda asosiy aholining 70 foizi Osiyoda yashagan.
Milodiy eraning oxirgi XIX asri mobaynida Yer shari aholisi
10 barobar ko‘paygan bo'lishiga qaramay, aholining ko'payish
jarayoni tarixning barcha davrlarida ham bir xil tarzda kechma-
gan. Ayrim davrlarda aholi soni urushlar, kasalliklar va epidemiya-
lar ta ’sirida keskin kamayib ketgan bo'lsa, boshqa davrlarda aholi
soni intensiv ravishda o‘sib borishi kuzatilgan. Masalan, XVI asrda
dunyoda o‘lat epidemiyasining ommaviy ravishda tarqalishi natijasi
da ona zamin aholisining to ‘rtdan bir qismi qirilib ketgan. Shu
boisdan ham eramizning birinchi ming yilligida jahon aholisi faqat
gina 1,5 baravarga ko‘paygan, xolos. I ming yillikdan II ming yil-
likka o ‘tish arafasida sayvoramizning asosiy aholisi Janubiy Osiyo-
da(79 mln.), Xitoyda (66 mln.) yashagan va ular umumiy aholi
ning 55% ni tashkil etgan. Bu davrda Yevropada Fransiya, Italiyava
Ispaniya kabi mamlakatlar aholisi eng ko‘p davlatlar hisoblangan.
II ming yillik o ‘rtalariga kelib dunyo aholisi 1,6 barobar
ko'paygan. Bu davrda Yevropa aholisi juda tez sur’atda ko'payib
borgan bo ‘lsa-da, lekin eng ko ‘p odam yashagan mamlakat
oldingi davrlardagidek Xitoy edi. Bu m am lakatda jam i 110 mln.
odam istiqomat qilar edi. Shuningdek, Yaponiya aholisi ham
juda tez sur’atda ko‘payib borgan. Jum ladan, Yaponiya aholisi
1000-yilda 4,5 mln. bo‘lgan bo'lsa, 1500-yilda 17 mln.ga yetgan.
Yevropada esa eng ko‘p odam yashagan mamlakat Fransiya bo‘lib,
mazkur mamlakatda jami 15 mln. kishi istiqomat qilgan.
XVIII
asrning ikkinchi yarm idan boshlab b u tu n dunyo
bo'yicha aholi keskin oshib ketgan. Shu sababga binoan m azkur
davrni «birinchi demografik portlash» deb baholash mumkin.
Agar 1500-yildan 1750-yilgacha aholi soni taxm inan 300 mln.
kishiga ko‘paygan bo ‘lsa, 1750—1900-yillar orasida 910 mln.ga
ko'paygan. Aholi sonining intensiv o ‘sib borish jarayoni XIX
asrning ikkinchi yarmiga taalluqli bo‘lib, bu davrda o ‘lim, ayniqsa,
bolalar o lim i kamaygan, odam larning o ‘rtacha yashash yoshi
esa oshgan.
XX asr boshiga kelib eng ko‘p aholi yashaydigan m amlakatlar
Xitoy (475 mln.), Janubiy Osiyo (290 mln.) va Rossiya (130
mln.) b o ig an Keyingi o'rinlarda AQSh (76 mln.), Yaponiya (45
mln ), Germaniya (43 mln.), Fransiya (41 mln.), Indoneziya (38
ml° ), Buyuk Britaniva (37 m ln ) kabi mamlakatlar turgan. Qolgan
mamlakatlarda birmuncha kam miqdordagi aholi istiqomat qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |