m
] qolipida [
Pm
] tarkibi
har xil bo‗lgan hollarda o‗zbek tilining tabiati uni qavsdan chiqarish
imkonini beradi. Chunki o‗zbek, umuman, turkiy tillarda, bir necha
so‗zlar uyushganda umumiy shakl oxirgi so‗z tarkibida kelishi
qonuniyatiga tayansak, bunday gaplarning qolipi [
(W,W)P
m
]
ko‗rinishida bo‗ladi. Misollar: 1.
Кelgan, ketgan edim.
2.
Men
o„qigan, yozgan edim.
Кesimlarning har biriga ega qo‗yilishi bilan ular uyushgan gapga
aylanadi:1.
Men kelgan, Jamshid ketgan edi.
2.
Men o„qigan, sen
yozgan eding.
Har bir kesimni shakllantirish bilan uyushgan gap qo‗shma gapga
aylanadi: 1.
Men kelgan edim, Jamshid ketgan edi.
2.
Men o„qigan
edim, sen yozgan eding.
441
Susbtantsial tilshunoslik uqtirishicha, har bir lisoniy birlik
ongimizda ma‘lum bir shakl va mazmunning barqaror yaxlitligi
sifatida yashaydi va xususiy hodisa sifatida nutqqa chiqadi. Bu nutqiy
ko‗rinish behisob miqdorga ega. Biroq ular bilan lisoniy birlik
(umumiylik
)
orasida tipik ko‗rinish mavjud bo‗ladi. Yuqoridagi
[
WP
m
-WP
m
] tipik
ko‗rinish
[
WP
m
,
WP
m
],[WP
m
WP
m
]
va
[WP
m
WP
m
] oraliq ko‗rinishlari orqali nutqiy gapga
aylanadi.
Qo‗shma gap tarkibiy qismlari o‗zaro bog‗lovchi yoki bog‗lovchi
vazifasidagi so‗z vositasida yoki mutlaqo ularsiz bog‗lanadi. Bundan
kelib chiqqan holda, qo‗shma gaplarni bog‗lovchili va bog‗lovchisiz
qo‗shma gapga ajratish mumkin bo‗ladi. Bog‗lovchili qo‗shma gap
grammatik vosita bilan bog‗langan qo‗shma gap, leksik-grammatik
vosita bilan bog‗langan qo‗shma gap va leksik vosita bilan birikkan
qo‗shma gapga ajraladi. Qo‗shimchaning funksiyasiga ko‗ra teng
bog‗lovchili va ergashtiruvchi bog‗lovchili bog‗langan qo‗shma gap
farqlanadi.
Qo‗shma gap tarkibida sodda gapning o‗zaro munosabati asosida
ham qo‗shma gapni tasniflash mumkin. Mazmun, grammatik va
intonatsion munosabati nuqtayi nazaridan qo‗shma gap quyidagi
turlarga bo‗linadi:
1)
tarkibidagi sodda gap bir-birini mazmun va grammatik jihatdan
taqozo etadigan qo‗shma gap: 1.
Кunlar isidi va paxtalar yana qiyg„os
ochildi.
2.
Yovlariga osmon tutundir, shuning uchun bag„ri butundir.
(
H.Ol.)3
. Agar dunyoning narigi burchiga sizni opichlab borishga
to„g„ri kelsaydi, men sevina-sevina bajarardim.
(Oyb.) 4
. Men
shunday bir ish qildimki, o„lgunimcha bundan faxrlanaman;
2)
tarkibidagi gaplar bir-birini mazmuniy va intonatsion taqozo
etadigan, biroq grammatik jihatdan talab qilmaydigan qo‗shma gap: 1.
Biz yetib keldik, kutubxona ochildi.
2.
Menga pul kerak, qayerdan
olaman?
(Oyb.)3.
Siz ishonmayapsiz, ishonmaysiz ham.
4.
Endi men
bir jumboq aytaman, sizdan javob kutaman.
3)
tarkibidagi gaplar bir-birini na mazmuniy, na grammatik taqozo
etadigan, biroq intonatsion yaxlit bo‗lgan gap: 1.
U otasini uyga tortdi,
ukasi sekin qayrildi
(S.Nur).2.
Bahor keldi, yoz ham kelib qoladi.
3.
Sen o„z ishingni qil, men o„z ishimni.
442
Xullas, qo‗shma gapning o‗zi kabi uning tasnifi ham turli-
tuman.Quyida ulardan ayrimlarini keltiramiz (56-jadval):
56-jadval
1.Gapning lisoniy sintaktik qolipiga ko‗ra
Do'stlaringiz bilan baham: |