404
Bunda bo‗laklarning barchasi bir so‗z bilan ifodalangan. So‗zning
har biri qanchalik kengaysa ham, gapning lisoniy strukturaga
munosabati o‗zgarmaydi. Gapning
Olimlikni orzu qilgan Shavkat
pedagogika
universitetini
imtiyozli
diplom
bilan
tamomlab,
magistraturaga kirish uchun tayyorlanayotganda o„z faoliyatiga
daxldor bu gaplardan bexabar edi
tarzidagi kengaygan ko‗rinishi
struktur sxemasiga diqqat qilaylik (50-jadval):
50-
jadval
E
H
W
Pm
Shavkat
tayyorlanayotganda
bexabar
edi
kirish uchun
magistraturaga
tamomlab
diplom bilan
imtiyozli
universitetini
pedagogika
orzu qilgan
olimlikni
gaplardan
daxldor bu
faoliyatiga
o„z
Кo‗rinadiki, bu gap qanchalik keng bo‗lmasin, uning struktur
qolipi o‗ta sodda va oldingi nutqiy gap qolipidan mutlaqo
farqlanmaydi.
So‗zlarning nutqiy voqelanishi ular bevosita konstruktiv bo‗lakka
bog‗langanda yuz beradi. Кonstruktiv bo‗lak bo‗lishi uchun kesimlik
shakllanishi zarur bo‗ladi. Chunki kesim mavjud bo‗lsagina, unga
bog‗langan ayrim so‗zlar konstruktiv bo‗lak tabiatiga ega bo‗ladi.
Masalan,
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali butun
jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni egallashi
nutqiy
hosilasi xabar ifodalash xususiyatiga ega emas. Chunki unda kesim
yo‗q. Demak, bu hosila gap emas va unda gap bo‗laklari ham mavjud
emas. Bu hosila gap qolipiga daxldor qilinsa, qolip to‗ldiruvchisi
405
maqomini olsa, so‗zlardan mutlaq hokimlarining mavqeyi o‗zgaradi
va boshqalari ham shu hokim unsur orqali gap qolipiga kiradi. Bu
yoyiq unsur gapda kesim, ega, hol mavqeyini
egallashi
mumkin:kesim:
Mening orzum – qizim Muniraning yosh rassomlar
ijodiy festivali butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni
egallashi;
ega:
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun jahon bosqichi mintaqa tanlovida yuqori o„rinni egallashi –
mening orzum;
hol:
Qizim Muniraning yosh rassomlar ijodiy festivali
butun
jahon
bosqichi
mintaqa
tanlovida
yuqori
o„rinni
egallaganligidan biz juda quvondik.
Demak, dastlabki nutqiy hosila gap tarkibiga kiritilsa,
undagi
asosiy kengayuvchi unsur (
egallashi
) gapning konstruktiv bo‗lagiga
aylanadi, sifat o‗zgarishiga uchraydi, gap qolipiga bevosita daxldorlik
kasb etadi. Lekin uning kengaytiruvchilari u orqali – gap qolipiga
bilvosita aloqador bo‗ladi, ular mavqeyidagi o‗zgarish sifat o‗zgarishi
darajasida bo‗lmaydi.
So‗z va gap kengaytiruvchilari bir-biriga aylanib turadigan hodisa.
Masalan,
Кecha kelgan bolanitanimadim
gapida
kecha
so‗zi
kelgan
so‗zining kengaytiruvchisi. Lekin
Bola kecha keldi?
gapida u gap
kengaytiruvchisi maqomini olgan. Birinchi birikuvda u
kelgan
so‗zshaklidagi zamon ma‘nosiga bog‗langan. Ikkinchi gapda esa
so‗zshakl kesimlik kategoriyasi tarkibidagi zamon ma‘nosiga daxldor.
Кecha kelgan bola
birikuvidagi
kelgan
so‗zshakli zamon ma‘nosi
bilan
keldi
so‗zshaklidagi zamon ma‘nosi farqlanadi. Birinchi
so‗zshakldagi zamon sifatdosh shaklining ma‘nosi bo‗lsa,
keldi
gap
markazida tasdiq-inkor, modallik, shaxs-son va kesimlik pozitsiyasi
unsurlari sistemasidan iborat butunlikning tarkibiy qismi. To‗g‗ri
chiziq uchburchakning tomoni sifatida boshqa mohiyatga, kvadratning
tomoni sifatida boshqa mohiyatga ega bo‗lgani kabi, zamon ham
Кecha kelgan bola
birikuvida boshqa,
Bola kecha keldi
birikuvida
boshqa butunlikning tarkibiy qismi. Harakatning bajaruvchisi ham goh
so‗z kengaytiruvchisi, goh gap kengaytiruvchisi sifatida namoyon
bo‗lishi mumkin.
Halim kecha kelgan. Halim kecha kelganda men
yo„q edim
juftliginingbirinchisida
Halim
gap kengaytiruvchisi (ega),
konstruktiv bo‗lak, ikkinchi gapda esa so‗z kengaytiruvchisi, ya‘ni
konstruktiv bo‗lak emas. Shuningdek,
keltirilgan misoldagi
mintaqa
bosqichida
unsuri
egallashi
so‗zi kesim mavqeyida kelganda
406
konstruktiv bo‗lak, boshqa hollarda (hol va egaga bog‗langanda) esa
so‗z kengaytiruvchisi.
Ma‘lum bo‗ladiki, muayyan aktant birlikning gap yoki so‗z
kengaytiruvchisi mavqeyida bo‗lishi kengayuvchi so‗zning sintaktik
mavqeyi bilan belgilanadi.
Gap bo‗lagi maqomida so‗z ham, so‗z birikmasi ham kelishi
mumkin. Gap bo‗lagi vazifasida kelgan so‗z o‗z kengaytiruvchisi
bilan bir butun holda bitta gap bo‗lagi (yoki bo‗lakning bo‗lagi)
sanaladi.
Gapni bo‗laklarga va so‗z birikmasiga ajratish – sintaktik
tahlilning ikki xil ko‗rinishi. Gapni bo‗laklarga ajratish kommunikativ
birlik tahlili bo‗lsa, so‗z birikmalariga ajratish nominativ birlik tahlili.
Masalan,
Gulnora o„qigan kitobni men kecha tugatgan edim
gapining
gap bo‗laklari bo‗yicha tahlili quyidagicha bo‗ladi:
1) tugatgan edim
–
kesim;
2) men
– ega;
3) kecha
– hol.
Gulnora o„qigan kitobni
birikuvi
gap bo‗lagi emas va u bo‗laklar tahlilida e‘tiborga olinmaydi.
Demak, to‗ldiruvchi va aniqlovchi so‗z kengaytiruvchisi
bo‗lganligi bois gap bo‗laklari tahlilida nazardan chetda qoladi. Gapni
so‗z birikmalariga ajratishda esa kengayuvchi so‗z
kengay-tiruvchi
so‗z bilan birikma sifatida olinadi. Gap kengaytiruvchisi biror so‗z
(atov birligi) ma‘nosini emas, balki kesimlik qo‗shim-chasi ma‘nosini
muayyanlashtirganligi bois, so‗z birikmalari sifatida olinmaydi.
Shunday qilib, yuqoridagi gapdan kommu-nikativ sathga daxldor,
ya‘ni [
Pm
]ga bog‗lanuvchi so‗zlarni chiqarib tashlasak:
a)
Gulnora o„qigan;
b)
o„qigan kitob;
d)
kitobni tugatmoq
kabi uchta so‗z birikmasi mavjudligi ayon bo‗ladi. Chunki gap
tarkibidagi
Gulnora,o„qigan
,
kitobni
birliklari so‗z kengaytiruvchisi.
Demak, xulosa qilish mumkinki, so‗z kengaytiruvchisi va gap
kengaytiruvchisi munosabatidan kelib chiqqan holda so‗z birikmalari
tahlilini gap bo‗laklari tahlili bilan qorishtirmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: