O‘zbeкiston respubliкasi


bir  dam oling .  5. «Bir xil» ma‘nosi:  Tiling bilan ko„nglingni  bir



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet213/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

bir 
dam oling

5.
«Bir xil» ma‘nosi: 
Tiling bilan ko„nglingni 
bir 
tut

6.
«Кuchaytirish» ma‘nosi: 
Yomg„ir 
bir 
yog„di

7.
 
«Navbatma-navbat» ma‘nosi: 
Bola 
bir 
bizga qaraydi, 
bir 
otasiga qaraydi

8.
 
«O‗xshashlik» ma‘nosi: 
U mening 
bir
im. 
9.
JК da «birgalik» ma‘noli ravishga o‗tadi: 
birga ishlamoq

10.
ChК da «to‗satdan» ma‘noli ravishga o‗tadi: 
birdan 
qichqirib 
yubordi

11.
-day 
shakli bilan ravish bo‗lib keladi: 
birday

12.
-ov 
affiksini olib «gumon» ma‘noli olmosh: 
Birov 
keldi

13.
 
-or/-on 
affiksini olib keladi: 
birorta, bironta. 
14.
-gina 
yuklamasi bilan «chegaralash» ma‘nosi: 
birgina

15.
Fonetik o‗zgargan 
ham 
yuklamasi bilan «kuchaytirish» 
ma‘nosi: 
biram

16.
-oq 
elementi bilan bog‗lovchi vazifasida: 
biroq

Shuningdek, 
bir 
so‗zi 
rov, pas, nafas, zum, payt, yil, vaqt, oy, kun 
(
birrov, bir pas, bir nafas
), 
necha, muncha, sidirg„a, oz, muncha, 
qadar 
(
bir necha, bir oz, bir muncha
), 
nima, narsa 
(
bir nima
)

(
bir 
narsa
), 
qator, talay 
(
bir qator
)

(
bir talay
), 
xil 
(
bir xil
), 
ba‟zi, har, 
(
ba‟zi bir
)

(
har bir
) so‗zi bilan birga kela oladi. 
Bir 
so‗zi takrorlanib kela oladi:(
bir-bir
) («tartib 
bilan» 
ma‘nosida)
, birma-bir 
(«batafsil» ma‘nosida)
, birdan-bir 
(«yagona» 
ma‘nosida)

(
bir-biridan
) («o‗zaro» ma‘nosida)

(
bir-biriga
) («biri 
ikkinchisiga» ma‘nosida). 


263 
O‗zbek tilida 
bir 
so‗zi 
ilk, yakka, yolg„iz, yagona 
so‗zi bilan 
ma‘nodoshlik kasb etadi. 
Sanoq sonning hisob so„zi bilan qo„llanilishi
. Sanoq son o‗lchov 
birligini ifodalovchi so‗z bilan birga qo‗llanilishi ham mumkin: 
gektar, tanob, tosh, bosh, tup 
kabi. Bunday so‗z 
hisob so„zi 
(numerativ) deyiladi. Hisob so‗zi, odatda, ot turkumidan bo‗ladi va 
alohida LMGni tashkil etadi. 
Hisob so‗zi o‗zi birikkan son bilan birga ajralmas sintaktik 
birlikni tashkil etib, gapda bir sintaktik pozitsiyadan o‗rin oladi. 
Hisob so‗zi qadimdan o‗zbek tilida faol qo‗llangan. Bugungi 
kunda ularning ayrimi butunlay iste‘moldan chiqib ketgan yoki juda 
kam ishlatiladi. Ularga 
qadoq, jon, tanob, gaz, sarjin, paysa, taxta, 
enlik, so„lkavoy, tosh, pud, mahal, yumaloq 
(choy)
, mehnat kuni 
(uch 
mehnat kuni). 
Gektar, gradus, kilovatt-soat, kubometr, metr (santimetr, 
millimetr), minut, par, pachka, sotix, sentner, mehnat kuni 
kabi hisob 
so‗zi o‗zbek tiliga XX asrda kirib kelgan. 
Hisob so‗zi tizimi ochiq sistema. 
Hisob so‗zi LMG si quyidagi mikrosistemalardan tashkil topadi: 
1.
 
Predmetni yakkalab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob 
so‗zi: 
bosh, nafar, dona, nusxa, tup, jon. 
2.
 
Predmetni butun yoki to‗daning qismi sifatida hisoblash 
uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: 
burda, varaq, luqma, parcha, poy, 
siqim, tilim, tomchi, to„g„ram, chaqmoq, chimdim, shingil, qultum. 
3.
Predmetni to‗dalab, guruhlab hisoblash uchun ishlatiladigan 
hisob so‗zi: 
bog„, gala, guruh, dasta, to„da, to„p, shoda, quchoq, 
hovuch

4.
Predmetni juftlab hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: 
juft, (par). 
5.
Predmetning 
og‗irlik 
o‗lchovini 
hisoblash 
uchun 
ishlatiladigan hisob so‗zi: 
gramm, kilogramm, litr, pud, tonna, 
sentner, misqol, qadoq, botmon, kosa, piyola, qop, qoshiq, quti

6.
 
Predmetning uzunlik va masofa o‗lchovini hisoblash uchun 
ishlatiladigan hisob so‗zi: 
qadam, qarich, quloch, metr, tosh, 
chaqirim, kilometr. 
7.
Yosh hisobini bildirish uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: 
yashar, yoshdagi, yoshli. 


264 
8.
Vaqt o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: 
asr, yil, kun, kecha-kunduz, oy, hafta, daqiqa, soniya. 
9.
 
Qiymat o‗lchovini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob 
so‗zi: 
so„m, tiyin, miri, paqir, dinor, dollar, yevro, rubl. 
10.
Harakat miqdorini hisoblash uchun ishlatiladigan hisob so‗zi: 
marta, karra, qatla, daf‟a, sidra. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   209   210   211   212   213   214   215   216   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish