O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet210/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

59-
 
§. Son va uning UGMsi 
 
«Predmetlarning sanog‗i va, asosan, aniq miqdori uchun 
ishlatiladigan so‗z» – sonning so‗z turkumi sifatidagi UGMsi. 
Sanaladigan predmet uchun ishlatilganda ularning sanoq va miqdorini 
anglatadi. Son so‗z turkumi sifatida predmet ifodalovchisi bilan 
munosabatga kirishib, shu jihati bilan sifat va ravish turkumiga yaqin 
turadi. Biroq aniq miqdor bildiruvchi bu so‗zlar predmetning noaniq 
miqdorini bildiruvchi 
oz, ko„p, mo„l 
kabi sifatlardan ajralib turadi. 
Sifat raqam bilan ifodalanmaydi. Son esa noaniq miqdorni bildirganda 
ham raqam bilan beriladi: 
uch-to„rt kun 
(
3-4 kun
). Bu esa ular 
anglatgan miqdor noaniqligi ham nisbiy ekanligidan dalolat beradi. 
Songa oid so‗z matematik son ma‘nosida esa faqat sonning 
nomini bildiradi. Demak, predmet nomini anglatuvchi so‗z bilan 
munosabatda namoyon bo‗ladigan ma‘nosi bilan son so‗z turkumini 
tashkil etadi. 
Sonning grammatik xususiyati
. Son morfologik va sintaktik 
xususiyatining o‗ziga xosligi bilan boshqa turkumlardan ajralib 
turadi. 
1.
Sonda o‗ziga xos morfologik ifodasiga ega bo‗lgan quyidagi 
grammatik xususiyat mavjud: 

sanoq songa 
-(i)nchi 
affiksining qo‗shilishidan predmetning 
tartibiga ko‗ra munosabatini ifodalovchi grammatik ma‘no hosil 
bo‗ladi: 
birinchi, o„ninchi


sanoq songa 
-ov, -ala 
affiksining qo‗shilishidan predmetning 
guruhini, 
to‗dasini 
ifodalovchi 
grammatik 
ma‘no 
hosil 
bo‗ladi:(
ikkovi
)

(
uchalasi
). 


260 

sanoq songa 
-ta+cha, -lab 
affiksining qo‗shilishidan 
predmetning taxminiy hisobini ifodalovchi grammatik ma‘no hosil 
bo‗ladi:(
o„ntacha
)

(
yuzlab
). 

sanoq songa 
-ta+dan 
affiksining qo‗shilishidan predmetning 
taqsimini ifodalovchi grammatik ma‘no hosil bo‗ladi:(
ikkitadan
)

(
o„ntadan
). 
2.
Hisob so‗zi (
juft, gramm, dona

metr
) bilan qo‗llanilishi uning 
o‗ziga xosligini belgilovchi muhim belgidan biri. 
3.
Sintaktik kategoriyasi cheklangan voqelanishga ega. 
4.
Sonlar yasalish xususiyatiga ega emas. Biroq sondan boshqa 
so‗z turkumi yasaladi: 
birlashmoq, ikkilanmoq 
(fe‘l)
, beshlik 
(ot) 
kabi. 
Son quyidagi sintaktik xususiyatga ega. 
5.
Son otdan oldin kelib, asosan, aniqlovchi vazifasini bajaradi. 
6.
Sonlar cheklangan darajada bo‗lsa-da, gapning barcha bo‗lagi 
vazifasida kela oladi. 
7.
Son ot oldida aniqlovchi vazifasida kelganda, u bilan birga 
ajralmas birikmani vujudga keltiradi: 
ikki talaba kelmadi 
birikuvida 
ikki talaba 
ajralmas birikma bo‗lib, bitta bo‗lak, 
ikki 
so‗zi esa 
bo‗lakning bo‗lagi vazifasida kelgan. 
8.
Son va sifatni aniqlovchi sifatida qo‗llashga to‗g‗ri kelganda 
avval son, keyin sifat joylashadi: 
uchta a‟lochi talaba, beshta ilg„or 
terimchi


Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   206   207   208   209   210   211   212   213   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish