O‘zbeкiston respubliкasi


-§. Aloqa-munosabat kategoriyalari



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet140/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

45-§. Aloqa-munosabat kategoriyalari. 
 
Aytilganidek, aloqa-munosabat (sintaktik) kategoriyalari so‗z 
turkumiga emas, balki gap bo‗laklariga, so‗zning sintaktik mavqeyiga 
xos. Aniqrog‗i, so‗z ma‘lum bir turkumga xos bo‗lganligi uchun emas, 
balki qaysi gap bo‗lagi vazifasida kelayotganligiga, gapda qanday 
sintaktik vazifa bajarayotganligiga qarab aloqa-munosabat shaklini 
qabul qiladi. Biroq bunda so‗z turkumining ko‗proq qaysi gap bo‗lagi 
vazifasiga xoslanganligi ham muhim ahamiyatga ega. Masalan, ot 
turkumi ko‗proq tobe mavqeda kelib, ega, to‗ldiruvchi, qaratqich 
aniqlovchi vazifalarini bajaradi. Кesim vazifasida kelishga esa fe‘l 
turkumi xoslangan. Shuning uchun bu bir qarashda kelishik otga, 
kesimlik shakli esa fe‘lga xosdek tasavvur uyg‗otadi. Bu – grammatik 
illuziya. Aslida barcha mustaqil so‗z turkumining barcha gap 
bo‗laklari vazifasida kela olishi haqidagi «aksioma» mazkur 
shakllarning so‗z turkumlariga munosabatini yaqqol namoyon qiladi. 
So‗z turkumining gap bo‗laklari vazifasiga xoslanishi turlicha 
ekan, aloqa-munosabat shaklining ularning har biridagi voqelanishi 
o‗ziga xos. Quyida har bir so‗z turkumi misolida bu o‗ziga xoslik 
tahlil etiladi. 
Aloqa-munosabat shaklining fe‘lda voqelanishini kesimlik 
kategoriyasidan boshlash maqsadga muvofiq. Zero, fe‘l – kesim 
vazifasida kelishga eng ko‗p xoslangan so‗z turkumi. 
Кesimlik kategoriyasi. 
Ma‘lumki, kesim gap bo‗lagi sifatida 
dunyodagi barcha tillarning sintaktik sistemasida alohida o‗rin tutadi. 
Uning mavqeyi turkiy tillarda, ayniqsa, muhim. 
Turkiyshunoslikda ham, o‗zbek tilshunosligida ham kesimlik 
kategoriyasini maxsus morfologik kategoriya sifatida ko‗rsatish urf 
bo‗lmoqda. Zero, u aloqa-munosabat shakllari sirasida to‗liq sintaktik 
funksiya bajarishi bilan ajralib turadi. Turkiy tillarning asosiy 
xususiyati shunda. Chunki aloqa-munosabat kategoriyalari sirasidagi 
kelishik va egalik so‗zlarni bog‗lashga xizmat qilsa va ko‗p hollarda 
gap bo‗laklarini belgilamasa, kesimlik shakllari so‗zlarga alohida 
sintaktik vazifa beradi. Boshqacha aytganda, «gap bo‗laklarini 
shakllantirish» belgisi ostidagi ziddiyatda kesimlik kategoriyasi bu 
belgiga to‗liq egaligi bilan ajralib turadi. Egalik kategoriyasi esa gap 
bo‗laklarini belgilamaydi, balki faqat so‗zning sintaktik munosabatini 
ko‗rsatadi. Кelishik kategoriyasi bu belgiga majhul munosabatda. 


183 
Chunki, masalan, o‗rin-payt kelishigidagi so‗z hol vazifasida ham, 
boshqa vazifada ham bo‗lishi mumkin. Qiyoslang: Akam 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish