O‘zbeкiston respubliкasi


Umumiy ensiklopedik lug„at



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Umumiy ensiklopedik lug„at 
(UEL). Ma‘lumki, UEL alfavit 
tartibida bo‗lib, ularda so‗z emas, balki shu so‗zdan anglashilgan 
tushunchalar uchun asos bo‗lgan narsa, tarixiy voqea, tabiiy va 
ijtimoiy hodisalar, shaxslar, geografik nomlar haqida ma‘lumot 
beriladi va lug‗at maqolasi lug‗at yozilgan tilni tushunuvchi keng 
o‗quvchilar ommasiga mo‗ljallangan bo‗ladi. «O‗zbekiston Milliy 
ensiklopediyasi» ana shunday lug‗atlardan biri. Unda shunday 
deyiladi: «O‗zME (O‗zbekiston Milliy ensiklopediyasi) universal 
ensiklopediya bo‗lganligi uchun fan-texnika va madaniyatning barcha 
sohalariga oid ma‘lumotlar muxtasar tarzda ifodalanib, u insoniyat 
sivilizatsiyasining muhim yutuqlari haqidagi bilimlar majmuidan 
iboratdir». Prezident I.Кarimov O‗zME ga yozgan so‗zboshisida 
«Ensiklopediyamiz o‗zining ilmiy jihatdan chuqur, ayni vaqtda 
ommabopligi bilan keng kitobxonlar orasida obro‗-e‘tibor topib, 
jahonning nufuzli qomuslari qatoridan munosib o‗rin olishiga 
ishonchim komil» deb, uning funksiyasini alohida ta‘kidlaydi. 
Maxsus ensiklopedik lug„at (MEL). 
Fan-texnika, san‘at va 
madaniyatning ma‘lum bir sohasiga oid tushunchalarni shu soha 
qiziquvchilari va mutaxassislari uchun mo‗ljallab tavsiflaydi. Bunday 
lug‗at sifatida soha ensiklopedik lug‗atlari – «Медицина 
энциклопедияси», «Физический энциклопедический словарь», 


136 
«Лингвистический энциклопедический словар» kabilarni misol 
qilib keltirish mumkin. UELdan farqli ravishda MEL tor sohaga doir 
tushunchani keng va batafsil sharhlaydi. Masalan, rus tilida yaratilgan 
«Лингвистический энциклопедический словарь»da shunday 
deyiladi: «Bu lug‗at turli ixtisosliklardagi filolog-tilshunoslar va ilmiy 
xodimlarning keng doirasiga, shuningdek, tilshunoslik bilan yaqin 
bo‗lgan soha vakillari psixologlar, mantiqshunoslar, filosoflar, 
etnograf va adabiyotshunoslarga mo‗ljallangan». Quyida 
«Лингвистическийэнциклопедическийсловарь»dan 
namuna 
keltiramiz (bunday lug‗at o‗zbek tilida yaratilmagani uchun olingan 
maqolaning tarjimasi berildi). 
«
AККOMODATSIYA 
(lat. 
accomodatio 
— moslashish) 
tovushning kombinator o‗zgarishidan biri: qo‗shni undosh va unlining 
qisman moslashuvi. Akkomodatsiya shunday hodisaki, keyingi 
tovushning ekskursiyasi (artikulatsiyasining boshlanishi) oldingi 
tovushning rekursiya (artikulatsiyasining tugashi)ga moslashadi 
(прогрессиваккомадация) yoki oldingi tovushning rekursiyasi 
keyingi tovushning ekskursiyasiga moslashadi. Ayrim tillarga 
unlining undoshga moslashishi xosdir, masalan, rus tilida a, o, u 
unlilari yumshoq undoshdan keyin til oldi unlilariga aylanadi 
(ularning artikulyatsiyasi ekskursiyaga intilgan). Qiyoslang: «mat» – 
«myat», «mol» – «myol», «luk» – «lyuk». Boshqa tillarda esa 
undoshning unliga akkomodatsiyasi kuzatiladi, masalan, fors tilida til 
oldi unlisidan oldin kelgan undosh tanglaylashadi» (22-bet). 
Кo‗rinadiki, maxsus ensiklopedik lug‗at soha mutaxassislari 
uchungina zarur bo‗lgan tushunchani ana shu soha ilmiy uslubiga xos 
ifoda bilan tasvirlaydi. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish