O‘zbeкiston respubliкasi



Download 3,47 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/382
Sana14.06.2022
Hajmi3,47 Mb.
#669866
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   382
Bog'liq
hozirgi ozbek tili

Umumiy 
filologik 
lug„at 
barcha 
soha 
kishilari, 
keng 
foydalanuvchilar ommasiga mo‗ljallangan izohli, imlo, orfoepik
tarjima lug‗atdir. «O‗zbek tilining izohli lug‗ati» (O‗TIL), «Ruscha- 
o‗zbekcha lug‗at» (RO‗L) ana shunday lug‗atlar sirasiga kiradi. Shu 
boisdan O‗TILda shunday deyiladi: «Lug‗at keng o‗quvchilar 
ommasiga – tilshunoslar, o‗rta va oliy maktab o‗quvchilari va 
o‗qituvchilari, yozuvchilar, jurnalistlar, gazeta va nashriyot xodimlari 
va o‗zbek tiliga qiziquvchi barcha kitobxonlarga mo‗ljallangan»(1- 
tom, 5-bet) Izohli lug‗at so‗zning ma‘nosini shu tilda sharhlaydi, 
izohlaydi va shu ma‘nosi bilan nutq tarkibida beradi. Misollar: 


137 
BAQIRLAMOQ 
–Baqir-buqur ovoz chiqarib qattiq qaynamoq. 
Hamrobibi dasturxon yozdi, baqirlab qaynayotgan samovarni keltirib, 
qopqoqlab qo„ydi. 
R.Fayziy. El mehri. 
YOZ
– 
1-
yilning bahor bilan kuz orasidagi eng issiq fasli. 
Laylak 
keldi-yoz bo„ldi. Dangasaning ishi bitmas, yoz kelsa ham qishi bitmas. 
2-
ko„chma 
umrning eng gullagan yaxshi davri. 
Yozim o„tdi, 
chiroyingizga to„q bu quvnoq ko„ngil
. G‗ayratiy. 
Кo‗ngli yoz bo‗ldi. Ortiq sevinib, bahri dili ochildi. 
Negadir 
otashin ko„ngli yoz bo„lib ketdi. 
O‗.Umarbekov. Charos. 
Umumiy izohli lug‗atda lug‗aviy birlikning barcha – grammatik, 
uslubiy, frazeologik birlik tarkibida qatnashishi, omonimligi, qaysi 
tildan o‗zlashganlik belgilari ko‗rsatiladi. 
O‗zbek tilining bu turdagi lug‗ati birinchi marta 1981-yilda 
Moskvada nashr etildi. «Boy leksikografik an‘analarning davomi 
sifatida o‗tgan asrning 50–80-yillari mobaynida o‗zbek tilshunosligida 
erishilgan va o‗zbek leksikografiyasini tilshunos-likning tez rivojlanib 
borayotgan mustaqil sohasiga aylantirgan ulkan muvaffaqiyati tufayli 
yuzaga kelgan» (1-tom, 5-bet). «O‗zbek tilining izohli lug‗ati» o‗zbek 
xalqi tarixi va ma‘naviyati taraqqiyotida ulkan hodisa bo‗ldi. 
«Lug‗atning asosiy vazifasi o‗zbek tilining so‗z boyligini to‗plash va 
tavsiflash bilan birga, uning me‘yorini belgilab berish va 
mustahkamlashdan ham iboratki, unda tilning imlo, talaffuz, so‗z 
yasash va ishlatish me‘yorlari tavsiya etildi» (1-tom, 5-bet). 
Demak, o‗zbek tilining ilk izohli lug‗ati o‗z oldiga qo‗yilgan 
o‗zbek tilining so‗z boyligini to‗plash va tavsiflash hamda uning 
me‘yorini belgilashdan iborat tarixiy vazifasini bajardi. Biroq 
tilshunoslik fanining rivoji, o‗rganish manbayiga yondashuv omillari 
va metodologiyasining taraqqiyoti, jamiyat rivojlanishining muayyan 
bosqichida ijtimoiy fanlarga qo‗yiladigan yangicha talablarning 
yuzaga kelishi ijtimoiy ong shakllaridan bo‗lgan tilning ilmiy talqinida 
ham yangicha qarashlar shakllanishiga olib keladi . 
Leksemalarning lug‗aviy ma‘nosi talqinida lison va nutqni izchil 
farqlash talabi har bir so‗zga xos barqaror lisoniy va o‗tkinchi nutqiy 
jihatni ajratishni taqozo qiladi. Nutqiy hodisa cheksizlik va rang- 
baranglik tabiatiga ega bo‗lganligi bois leksikografik talqinning 
obyekti bo‗la olmaydi. Lug‗at so‗zga xos barqaror jihatnigina qamrab 
olish imkoniga ega. Demak, semasiologiya sohasida amalga oshirilgan 
izchil substansial tadqiqotlar lug‗atni tartiblashtirishda muhim tayanch 


138 
omil bo‗lib, leksikografni cheksiz nutqiy ma‘nolarni tartibga keltirish, 
lug‗atga kiritish hamda izohlash tashvishidan xalos etadi. Bunda har 
bir voqelangan nutqiy lug‗aviy ma‘noda qorishgan o‗zga hodisalar 
tajallilarini e‘tibordan soqit qilish, ushbu birlik (leksema)ning 
mohiyatiga daxldor bo‗lgan unsurni ajratish 
va 
tavsiflash 
leksikografik talqinda muhim ahamiyatga ega. 

Download 3,47 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   382




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish