30
Mexanik xotiraning koeffitsenti– S xuddi yuqoridagi formula asosida hisoblanadi.
Biz nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish
faoliyatini qay darajada
rivojlanganligini quyidagi mezonlar asosida belgilab bordik.
Topshiriqni bajarilishini baxolash mezonlari.
5 ball – topshiriqni tо‗liq bajardi.
4
ball – topshiriqni yordam asosida bajardi.
3
ball – topshiriqni bajara olmadi.
2.3. Nutqi tо„liq rivojlanmagan bolalarning bilish jarayonining holatini
о„rganish natijalari.
Biz tadqiqot ishimizni Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi 368- maxsus
maktabgacha tarbiya muassasida о‗tkazdik.
Biz nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalarning idrok va
xotirasini rivojlanganlik
holatini о‗rgandik. Buning uchun «Kesma rasmlarni birlashtirish», «Yetishmaydigan
qismlarni topish», «Nuqtalarni tо‗g‗ri qо‗yish», «Juftliklarni eslab qolish», «Uzoq
muddatli xotira» kabi metodikalardan foydalandik.
Tadqiqotimizda jami 10 ta nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar ishtirok etishdi.
Ulardan 6 tasi о‗g‗il, 4 tasi qiz bola.
Biz bilish faoliyatini psixologiyada qо‗llaniladigan metodikalar orqali
tekshirdik. Tekshirish III bosqichda olib borildi.
1-Bosqichda bolalar tarbiyalanayotgan guruh logopedlari tarbiyachi,
ota onalar
bilan suxbat olib bordik. Biz bolalarni rivojlanishini va xujjatlarini о‗rgandik.
2-Bosqichda Nutqi tо‗liq rivojlanmagan bolalar bilish faoliyatini turli xildagi
metodikalar asosida tekshirdik.
3-Bosqichda tekshirish natijalarini jadvallarda ifodalab kerakli tavsiyalarni berdik.
31
Tekshirish jarayonida shu narsa ma‘lum buldiki, nutqi tо‗liq
rivojlanmagan
bolalarning deyarli barchasida psixik jarayonlarning, xususan, idrok, diqqat xotira va
tasavvurlarining rivojlanishida kamchiliklar mavjud ekan.
«Kesma rasmlarni birlashtirish» bо‗yicha topshiriqni jami 10 ta (100%)
boladan 30% (3 ta) tо‗liq ravishda, 60% (6 ta) yordam asosida bajardi, 10 % (1 ta)
bola esa kesma rasmlarni tо‗g‗ri birlashtira olmadi.
«Yetishmaydigan qismlarni aniqlash» da esa 10 ta (100%) boladan 50% (5 ta)
topshiriqni bajara oldi, 30 %(3 ta) bola esa yо‗naltiruvchi savollardan sо‗ng
yetishmaydigan qismlarni aniqladi. Bolalarning 20 % (2ta) kо‗mak
bilan ham
topshiriqni bajara olmadilar.
«Nuqtalarni tо‗g‗ri qо‗yish» bо‗yicha topshirig‗imizni jami 10 ta (100%) boladan
30 % (3 ta) bolalar amalga oshirdilar, 40% (4 ta) bolalar esa yordam bilan bajardilar,
30 % (3 ta) bolalar esa topshiriqni qoniqarsiz darajada bajardilar.
«Juftliklarni eslab qolish» bо‗yicha berilgan topshiriqni 60% (6 ta) bolalar
mustaqil ravishda takrorlay oldilar, 40% (4 ta) bolalar esa kо‗mak bilan bajardilarar.
«Uzoq muddatli xotirani tekshirish» metodikasi bо‗yicha
berilgan vazifalarni
jami bolalarning (100%) 50% (5 ta) bolalar deyarli tо‗liq takrorlay oldilar, qolgan 30
% (3 ta) blalarning natijalari juda past bо‗ldi. Ular berilgan jami 12 ta sо‗zdan bor
yо‗g‗i ikkita yoki uchtasini eslay oldilar, 20 % (2 ta) bolalar esa topshiriqni bajara
olmadilar.
Do'stlaringiz bilan baham: