4. Grafikaviy ma’lumotlarni kiritish
Yangi loyihalarni tuzatishda tez-tez yig’ilgan arxiv hujjatlaridan foydalanish
muammosi kelib chiqadi. Bugungi kunda grafikaviy ma’lumotlarni kompyuter-
larga kiritishning ikkita asosiy usulidan keng foydalaniladi. Ular: qo’lda va
avtomatlashtirilgan kiritish usullari.
Qo’lda kiritish digitayzer (16-rasm) yordamida amalga oshiriladi. U
«Elektron doska» bo’lib, standart formatga (A4 dan A0 gacha) va ko’rsatish
qurilmasiga (kursorga) ega. Kursor bosqich tugmachalari va digitayzer sathi bilan
elektromagnit aloqali vizirdan iborat kichik paneldir. Bunday qurilma yordamida
eski chizmalarni «aylantirish» yoki yangilarini yaratish mumkin. Digitayzerlarning
har xil turlari mavjud: ishchi yuzani yorituvchi, standart yuzali, ko’rinib turadigan
(shaffof) yuzali. Kursorlar ham har xil shakllarga ega va 4, 16 va undan ham
ko’proq bosish tugmalari bilan chiqarilmoqda.
Digitayzerlarning aniqligi millimetrning o’ndan bir bo’lagidan yuzdan bir
bo’lagigacha o’zgarib turadi. Aniq nuqtalarni
kursor bilan «teshish», ya’ni tasvirni aniqroq
tushirish
yer
tuzish
xaritashunosligida
qo’llaniladi. Asosiy xato operator tasvirni
88
qo’lda sonli ko’rinishda kiritishida kelib chiqadi (taxminan 0,5 mm). Bu xatoni
maxsus vositalardan foydalanib, pasaytirishga harakat qilinadi (kursor viziridagi
linzani kattalashtirish, ishchi yuzani maxsus fluorestsent chiroqchalari o’rnatilgan
quticha yordamida yoritish, viziri yoritiladigan maxsus 16-rasm. Digitayzer
(planshet) kursorlardan foydalanish). Oddiy qalamga o’x-
shagan, bosimga sezgir, peroli digitayzerlar ham bor. Ularni
asosan, eskizlarni chizishda rassom-dizaynerlar ishlatishadi.
a
c
17-rasm. Planshetli skanerlar.
18-rasm. Rangli rolikli universal skaner. 19-rasm. CONTEX firmasining rangli
yuqori aniqlikdagi skaneri (LIAТ va
GAТ
uchun
ProfScan
modeli).
б
89
Skanerlash yuzasi 900x 1200 mm,
aniqligi 0,1mm.
Avtomatlashtirilgan kiritish skaner yordamida amalga oshiriladi. (17-19-
rasmlar)
Skanerlarning bir necha turlari mavjud: qo’lda olib yuriladigan, planshetli,
barabanli va tortuvchi. Qo’l skanerlari kam aniqligi va past unumdorligi sababli,
professional ishlarga qo’llanishga yaramaydi. Kichik o’lchamdagi planshetli
skanerlar kompyuterga matnli (tushuntirish xatlari va sh.o’.) va grafikaviy
ma’lumotlarni - kichik chizmalarni, rasmlarni kiritish uchun qo’llaniladi. Katta
o’lchamdagi skanerlar yuqori darajadagi poligrafiya ishlarida qo’llaniladi; ular
juda qimmat turadi. Barabanli skanerlar ham poligrafiyada, hamda kiritishda
yuqori
aniqlik
talab
qilinadigan
joylarda
(masalan,
xaritashunoslikda)
foydalaniladi. Ularning asosiy kamchiligi – skanerlash vaqtining kattaligidir.
Hozirgi vaqtda chizma hujjatlarini kiritish uchun qo’proq tortuvchi skanerlardan
foydalaniladi: bugungi kunda ular eng yaxshi baho (ish unumdorligi)ga ega.
Bunday qurilmalarning aniqligi ko’plab ilovalar uchun to’la yetarli hisoblanadi.
Skanerlash tamoyilining o’zi odatdagi tasvirni rastr shakliga o’zgartirishga
asoslangan (ya’ni uni ko’p sonli nuqtalar ko’rinishida ko’rsatish). Skanerlashdan
keyin navbatdagi ishlar uchun tez-tez rastrli ma’lumotlarni vektorli (chiziqlar
yig’indisi) ko’rinishiga aylantirish zarurati tug’ilib turadi. Buning uchun maxsus
dasturlardan (vektorlovchidan) foydalaniladi.
Skanerlarning asosiy tavsiflari imkoniyati (optik va dasturiy), aniqligi,
adaptiv porogi borligi, chiquvchi fayllar turlari va sh.o’. hisoblanadi. Rangli
skanerlar uchun ranglar chuqurligi va dinamik diapazon ham katta ahamiyatga ega.
Skaner imkoniyati bir dyumda tasvir necha nuqta yordamida yoritilishi bilan
baholanadi (dot per inch, dpi). Nuqtalar soni qancha ko’p bo’lsa, tasvir aniqligi
shuncha yuqori bo’ladi.
Skaner optikasi sifati bilan aniqlanadigan optik imkoniyat bilan dasturiy
imkoniyatlarning farqini ajratib bilish kerak. Dasturiy imkoniyat optik
90
imkoniyatdan 1,5-2 marta yuqori bo’lib, unga «sanalgan» nuqtalarga qo’shimcha
nuqtalarni qo’shish yo’li bilan erishiladi. Bu tekislangan chiziqlarni olish va yarim
tonli tasvirlarni skanerlashda sezilarsiz ranglarning bir-biriga o’tishini ta’minlaydi.
Skaner aniqligi ko’pchilik hollarda ma’lumotlarni sanash mexanizmi bilan
aniqlanadi va berilgan kesma uzunligidan foiz (protsent) bilan o’lchanadi.
Adaptiv porogi borligi juda ifloslangan materiallarni skanerlash imkonini
beradi. Bunday parametrga, tortuvchi keng formatli CONTEX va VIDAR kompa-
niyalarining skanerlari ega. Masalan, FSC seriyasidagi skanerlar AO formatiga ega
bo’lib, qog’ozning maksimal kengligi 1016 mm (40’’) skanerlash yuzasi kengligi
914 mm (36’’); qog’ozning uzunligi cheklanmagan. 24 bit RGB, 8/4 bit Paletted
color skanerlanadi. Oddiy ranglarni tanlash ANSI IT8 standart jadvallari
yordamida amalga oshiriladi, rangli politrani avtomatik tarzda va qo’l bilan
yaratishga yo’l qo’yiladi, o’rnatilgan jetStream moduli (3010 modeldan boshqalari)
skanerlash jarayonida rangli plotterda yuqori sifatli nusxa ko’chirishni ta’minlaydi.
Nusxa ko’chiruvchi skanerlar plotterda to’g’ridan-to’g’ri nusxa ko’chirishning
qo’shimcha imkoniyatlariga ega bo’lishadi (reprografiya).
Skanerlarning barcha zamonaviy modellari judayam rivojlangan dasturiy
ta’minot bilan jihozlanib, yetkazib beriladi, ular har turli rastrli formatlar – TIFF,
PCX, JPEG, GIF va boshq. chiqish fayllarini olishning mo’ljallangan maqsad-
lariga bog’liq holda foydalaniladi. Agar rastrli tasvirlarni amalda sifatini yo’qot-
masdan saqlash kerak bo’lsa, eng to’g’ri keladigan format TIFF hisoblanadi.
Rang chuqurligi, skaner berishi mumkin bo’lgan ranglarning maksimal soni
bilan tavsiflanadi. Bu yerda o’lcham birligi sifatida rastrli tasvirning bir nuqtasiga
to’g’ri keladigan rangli ma’lumotlarning bitlari soni xizmat qiladi; odatda bu 24,
36 yoki 48 bit (odam ko’zi atrofidagi 17 mln ranglarni ko’rishi mumkin, bu rang
chuqurligining 24 bitiga mos keladi).
Skanerning dinamik diapozoni yorqin elementlarni ko’rsatish sifatini va
tasvirning qorong’i tomonlaridagi detallarning ajratilishini aniqlaydi.
Ko’rsatilgan sonli shaklga keltirish usullarini solishtirishda hisobga olish
kerakki, digitayzer bilan kiritish yetarlik darajada ko’p mehnat talab qilishiga va
91
mutaxassisning malakali, astoydil mehnatini talab qilishiga qaramasdan, hozircha u
to’la avtomatlashtirilgan kiritish bilan almashtirilishi mumkin emas.
Qo’lda sonli shaklga keltirishning asosiy ustunliklari:
- CAD tizimlarida foydalanish uchun yaroqli vektor shaklidagi chiquvchi
ma’lumotlarni darrov olish. Olinadigan fayllar xajmi katta emas (AO formati
betida 2 Mb atrofida), bu kompyuter resurslariga qo’yiladigan talabni sezilarli
pasaytiradi va umuman tizimni arzonlashtiradi;
- sonli shaklga keltirishning maksimal yuqori aniqligi;
- tasvirlarni ranglar bo’yicha qatlamlashtirish imkoniyati (monoxrom
skanerlar buni qilmaydi, rangli keng formatli skanerlar hozircha juda qimmat);
- yomon saqlangan va qattiq ifloslangan hujjatlarni sifatli sonli shaklga
o’tkazish imkoniyati;
- digitayzerlarning past bahosi (keng formatli skanerlarga nisbatan), bu
ko’pchilik hollarda ulardan foydalanishni samaraliroq qiladi (agar sonli shaklga
aylantirish ishlari xajmi katta bo’lmasa).
Avtomatlashtirilgan sonli shaklga keltirishning (skaner yordamida)
ustunliklari:
- eng murakkab grafikaviy ma’lumotlarni (slaydlar, fotosuratlar va sh. o’.)
kiritish imkoniyati;
- yer tuzishda, kartografiyada, mashinasozlikda va qurilishda katta qag’ozli
arxivlar bilan ishlash imkonini beruvchi ma’lumotlarni kiritishning yuqori tezligi;
Shuni hisobga olish kerakki, avtomatik sonli shaklga keltirishning
texnologik jarayoni va keyingi vektorlash skanerda va vektorlagichlar bilan
ishlashga o’rgatilgan malakali mutaxassislarni hamda katta kompyuter resurslarini
(bitta monoxrom fayli hajmi AO formatdagi hujjatni sonli shaklga keltirishda bir
necha o’nlab Mb tashkil etishi, ranglida esa – undan ham bir necha barobar yuqori
bo’lishi mumkin) talab etadi. Rastrli hujjatlar arxivini tashkil etishda, saqlash va
umumiy hajmi yuzlab gigabaytga yetadigan elektron kutubxonalardan tezkor
foydalanish masalasi tug’iladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |