2
Ushbu darslik OO’MТV 14.10.2008 yil №306 sonli buyrug’iga asosan
chop etishga tavsiya etilgan
Darslik «Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimlari» fani
dasturga mos tarzda tayyorlangan. Unda yer tuzish va yer kadastrida
avtomatlashtirilgan tizimlarni yaratishning nazariy va uslubiy asoslari keltirilgan,
hozirgi kunda yer tuzish tashkilotlari amaliyotida foydalanilayotgan eng taniqli
dasturiy mahsulotlar bayonlangan.
Zamonaviy kompyuter tizimlari, dasturiy
majmualar (GAТ VA YEAТ) asosida yer tuzish loyihalarini ishlash va
hisoblashlarni avtomatlashtirish bo’yicha misollar keltirilgan.
Darslik 5620700 - «Yer tuzish va yer kadastri» bakalavriat yo’nalishida va
5A620701 - «Yer tuzish va yer kadastri» mutaxassisligi bo’yicha magistraturada
ta’lim olayotgan talabalar uchun mo’ljallangan.
Тaqrizchilar:
B.B.Berkinov, iqtisod fanlari
doktori, professor
A.Т.Abdurazzoqov, iqtisod fanlari
nomzodi, dotsent
Тoshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti 2012 yil.
3
Kirish
Hisoblash texnikasi va geoaxborot texnologiyalarining rivojlanishi, yer
tuzish va yer kadastri korxonalarining zamonaviy kompyuterlar,
sonli
fotogrammetriya va kartografiya vositalari bilan jihozlanishi, yer kadastrining
avtomatlashgan tizimlarining yaratilishi, yer tuzish va yer kadastri ishlarining
mazmuni va texnologiyasini keskin o’zgartirib yubordi. Bu o’z navbatida yer
tuzishni loyihalashning avtomatlashgan tizimlarini yaratish imkonini berdi.
Yer tuzish amaliyotiga avtomatlashgan tizimlarning
tadbiq etilishini uch
bosqichga bo’lish mumkin.
Birinchi bosqichda (70-80 yillar) yer tuzish loyihalarining ayrim qismlarini
asoslash bilan bog’liq hisoblash ishlari (loyihalarni agroiqtisodiy asoslash, smeta-
moliya va ayrim texnik qismlar bilan bog’liq hisoblashlar) avtomatlashtirildi. Bu
davrda EHM larida berilgan boshlang’ich ma’lumotlar va maxsus ishlangan
dasturlar asosida avtomatlashtirilgan tartibda loyihaviy ko’rsatkichlarni hisoblash
va maxsus shakllar hamda zarur jadvallarni to’lg’azish
kabi unchalik murakkab
bo’lmagan hisoblashlar bajarildi. Bu hisoblashlar uchun sarflanadigan vaqtni tejash
va yer tuzuvchining mehnat unumdorligini biroz oshirish imkonini berdi.
Ikkinchi bosqichda (80-90 yillar) yer tuzish loyihalarining faqat hisob qismi
emas, balki mazmun qismini ham avtomatlashgan tarzda tayyorlash imkoniyati
paydo bo’ldi. Bunga yer tuzish masalalarining optimal yechimini topishda
iqtisodiy-matematik usullardan va jarayonlarning modellaridan foydalanish orqali
erishildi. Yer tuzish masalalari ko’p yechimli harakterga ega bo’lganliklari uchun
ular ichidan optimal yechimni tanlab olish juda katta ahamiyatga ega. Ananaviy
usulda loyihaviy masalalar
bir necha yechimda ishlanib, yechimlar orasidan eng
samaralisi tanlab olinadi. Тanlangan yechim ko’pchilik hollarda optimal yechimga
mos tushmas edi. Shuning uchun ham, iqtisodiy-matematik usullar va modellarni
qo’llash loyihaviy yechimlarning aniqligini keskin oshirish bilan bir qatorda,
hisoblash ishlari vaqtini ham qisqartirib, yer tuzuvchi
ishining unumdorligini
oshirdi.
4
Optimallash usullari va modellaridan foydalanishda EHM larda avtomat-
lashgan tarzda yer tuzish masalalarining koeffitsiyentlari va iqtisodiy-matematik
matritsalari hisoblanadi, keyin masalalar simpleks yoki taqsimlash usullarining
standart matematik dasturlaridan foydalanib, yechiladi.
Olingan natijalar qayta
ishlanib, tahlil qilinganidan keyin EHM da bajariladigan yer tuzish loyihalarining
hisob qismini tayyorlashga xizmat qiladi.
Uchinchi bosqichda ( 90 yillardan keyin ) yer tuzish ishlab chiqarishiga
geoaxborot (GIS) va yer axborot ( LIS) tizimlari kirib keldi. Bu tizimlar yangi, boy
imkoniyatlarga ega dasturiy ta’minotga asoslangan bo’lganliklari uchun yer tuzish
loyihalarini ishlashda loyihalashni avtomatlashtirish usullari qo’llanila boshlandi.
Bu usullar yer sathining sonli modellariga asoslangan bo’lib, nafaqat sonli, balki
chizma ma’lumotlardan foydalanib, loyihalarni ishlash imkonini yaratdi.
Yer
tuzishni
loyihalashning
keyingi
rivojlanishi
ko’p jihatdan
avtomatlashgan va geoaxborot texnologiyalarining yangi imkoniyatlariga bog’liq
bo’lib qoldi.
Yer tuzishda loyihalashning avtomatlashgan tizimini qo’llash
zaruratini
bugungi kunda respublikamizda o’tkazilayotgan yer islohati natijasida yer tuzish
ishlari hajmining keskin oshishi ham keltirib chiqarmokda. Qishloq xo’jalik
shirkatlarini fermer xo’jaliklariga aylantirish jarayoni ishlanayotgan yer tuzish
loyihalari sonini keskin oshirish bilan bir qatorda, ularni tez va sifatli ishlashni
ham talab etadi. Yerlarning qisman davlat tasarrufidan chiqarilish jarayonining
boshlanishi ham yer tuzish loyihalari sonining yanayam oshishiga olib keladi.
Bu ishlarni bajarish uchun yer tuzuvchilarning ish unumdorligini, loyihalash
ishlarini avtomatlashtirish hisobiga keskin oshirish kerak bo’ladi.
Shu bilan bir
qatorda, tayyorlanayotgan mutaxassislar ham maxsus bilimga ega bo’lishlari kerak.
Yer tuzish bo’yicha loyiha instituti va uning viloyatlardagi bo’limlari ham bu
tizimlardan to’la foydalana boshlashganlari yo’q. Sababi, maxsus bilimga ega
mutaxassislar yetishmaydi, yer tuzish korxonalari ham zarur asboblar va
kompyuter dasturlari bilan to’la ta’minlanmagan. Bu yo’nalishda ilmiy izlanishlar
juda sust olib borilmoqda.