95
keyinchalik elektron hujjat almashish tizimiga va ma’lumotlarni saqlashga to’la
o’tish mumkin.
Loyihachiga yoki konstruktorga birinchi navbatda, skanerlangan tasvir bilan
keyingi ishlash va undan yangi loyihalarda foydalanish imkoniyati katta
ahamiyatga ega. Ananaviy
Corel Photo – Paint
yoki
Adobe Photoshop
kabi rastrli
taxrirchilar bu maqsadlar uchun umuman yaramaydi, sababi, ular badiiy tasvirlarni
yaratishga mo’ljallangan. Injener – texnik, geoinformatsion
yoki kartografik
chizma materiallarining rastrli elektron nusxalari bilan ishlash uchun maxsus
dasturlar – vektorlovchilar va gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchilar kerak.
Vektorlovchilar
skanerlangan rastrli tasvirlarni vektorliga aylantirishga
mo’ljallangan. Keyin ular bilan ishlash uchun LIAТ, GAТ va kartografiyaning
ananaviy tizimlaridan foydalanish mumkin.
Gibrid tahrirchilar
zarur hollarda vektorlash hamda rastrli, vektorli va gibrid
chizmalarni to’g’ridan – to’g’ri tahrirlash imkonini beradi. Aytish kerakki, LIAТ
va GAТ tushunchalarining o’zlari, avvalo, vektorli grafikaga bog’langan edi.
Gibrid tahrirchilarning paydo bo’lishi bilan, amalda yangi tushuncha – rastrli –
vektorli LIAТ va GAТ paydo bo’ldi. Gibrid tahrirchilarning, agar skanerlangan
tasvirni tahrirlashda qisman vektorlashtirish zarur bo’lsa
yoki u umuman talab
etilmasa, o’rnini hech nima bosa olmaydi. Bu juda katta ahamiyatga ega, sababi,
har qanday vektorlash natijalarni ko’rib nazorat etish va paydo bo’ladigan xatolarni
tuzatish uchun ko’p vaqt sarflashni talab etadi.
Yuqorida nomlari keltirilgan dasturlar, ham mustaqil tizimlar ham yuqori
darajadagi loyihaviy tizimlarga ustqurma sifatida ishlatilishlari mumkin. Birinchi
vaziyatda ular o’z ma’lumotlar formatidan foydalanishadi va skanerlangan tasvirlar
bilan ishlash uchun barcha zarur asboblarni o’z ichiga oladi. Bunday gibrid
tahrirchilar qator vaziyatlarda ananaviy loyihaviy tizimlarga alternativ bo’lishlari
mumkin.
Ananaviy loyihaviy tizimlarga dasturiy
ustqurilmalar mazmunan, ularni
kuchli rastrli – vektorli tahrirchiga aylantirish imkonini beradi (masalan,
Auto
96
CAD
). Shu bilan foydalanuvchiga vektorli tahrirlash vositalarining o’lchovsiz katta
yig’indisidan foydalanish imkonini yaratadi.
Vektorlash va gibrid tahrirlashning universal va tor ixtisoslashgan dasturlari
mavjud, ularning eng taniqlilari quyida ko’rsatilgan.
Vecrory 5.1.
Skanerlash natijasida olingan rastrli tasvirlarni (chizmalar,
kartalar, planlar va sh.o’.) va ularning erkin shakldagi fragmentlarini vektorli
chizmalarga avtomatlashgan tarzda aylantirish tizimi. Vektorlash natijasida olingan
ma’lumotlarni DXF formatini qo’llovchi quyidagi loyihaviy tizimlarga eksport
qilish mumkin:
Auto
CAD,
Auto CAD Map, Caddy, Panorama, CREDO
va boshq.
Vektorlashtirgich universal foydalanishga mo’ljallangan.
Spotlight Pro 3.1.
Har qanday formatdagi skanerlangan hujjatlar bilan
ishlash uchun barcha asboblarga ega gibrid (rastrli – vektorli) tahrirchi.
Bitta
chizmada rastrli va vektorli obyektlar bilan ishlashni ta’minlaydi; rastrli tasvirlarni
LIAТ ning vektorli formatlariga aylantirish, zarurat tug’ilganda amalga oshiriladi.
Vektorli obyektlar dasturga import qilinadi va undan LIAТ, GAТ va
kartografiyaning har xil tizimlari fayllariga eksport qilinadi. Тizim universal
foydalanishga mo’ljallangan.
Spotlight 3.1. Spotlight Pro
to’plamining soddalashtirilgan versiyasi.
Avtomatlashtirilgan vektorlash moduli va rangli tasvirlarni
qatlamlash dasturi
Color Image Processor
unda yo’q.
Raster Desk Pro 3.2/2000.
Gibrid tahrirchi.
Spotlight Pro
ning bir versiyasi.
Auto CAD R14/2000 (i)
va
Auto CAD Map R2, R3/2000(i)
muhitida faoliyat
ko’rsatadi.
Raster Desk Pro 3.2/2000. Spotlight
versiyasi.
Auto CAD R14/2000 (i)
va
Auto CAD Map R2, R3/2000(i) muhitida faoliyat ko’rsatadi.
Raster Desk Pro LT98/2000. Raster Desk Pro
versiyasi,
Auto CAD
LT
98/2000 (i)
bilan birgalikda faoliyat ko’rsatadi va ushbu dastur komplektiga kiradi.
Raster Desk LT 98/2000. Raster Desk
versiyasi,
AutoCAD LT98/2000 (i)
bilan birgalikda faoliyat ko’rsatadi va uning komplektiga kiradi.
97
Autodesk CAD Overlay 2000/2000i.
Bu tizim skanerlangan rastrli tasvirlarni
AutoCAD 2000 (i), AutoCAD Map 2000(i)
muhitida
tahrirlash va vektorlash
uchun mo’ljallangan. Ko’rsatilgan dasturlarni kuchli gibrid (rastrli – vektorli)
tahrirchiga aylantiradi. Rastrli tasvirni vektorli formatga aylantirish, zarurat
tug’ilganda amalga oshiriladi.
Autodesk CAD Overlay R14.01.
Skanerlangan rastrli tasvirlarni Auto
CAD
R14, AutoCAD Map R2, R3
muhitida tahrirlash va vektorlash uchun
mo’ljallangan. AutoCAD ga avtonom ustqurilma sifatida foydalaniladi yoki
Civil
Survey Complete, Terrain Modeling Suite
to’plamlariga qo’shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: