Hammom va uning sliifobaxsh xususiyati. Hammom juda
qadimdan odamlar e’tibori markazida bo‘lgan. Ajdodlar undan
tana ozodaligini ta’roinlashda, salomatlikni mustahkamlashda
uning shifobaxsh xususiyatlaridan foydalanib kelishgan.
Darhaqiqat, hamomda lozalab yuvilgan tana yosharadi.
Tananing nafas olishi yengillashadi, organizm uchun zararli
chiqindilar tanani tark etadi. Hamomdagi yuqori harorat teriga
va butun organizmga shifobaxsh ta’sir ko‘rsatadi. Bug‘li
hammomga 3 marta tushish terining-yillab, ishlamay kelayotgan
“teshik” larining ochilib ketishiga, ayollarda terming kosmetik
chiqindilardan tozalanishiga, yoshlarda husnbuzarlarni tezda
davolanishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |