“Shaxsiy gigiyena” qoidalari deganda - har bir shaxs tomo-
nidan uning zarurligini anglagan holida gigiyenik jihatidan ilmiy
asoslangan, badanning va alohida tana a’zolarining ( qo‘l, oyoq,
og‘iz, yuz, teri va h.k), shuningdek, kiyim- kechak, poyabzal
va shu kabilarning ozodaligini muttasil ravishda ta’minlash
bilan bog‘langan gigiyenik muolajalar hamda chora-tadbirlar
majmuasi tushunilib, ularga muntazam ravishda amal qilib
borish, insonning sog‘lom bo‘lishi uchun zarur sharoit yaratadi.
“Jamoat gigiyenasi” tushunchasi o‘z mohiyatiga ko‘ra
inson salomatligini me’yoriy faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur
bo‘lgan tashqi muhit omillarining mo‘tadilligini ta’minlashga
inson bilan tashqi olam o‘rtasidagi ekologik muvozanatni saq-
lash, yashash uchun noqulay iqlim sharoitlaridan himoya lanishni
har bir insonning o‘z mehnat faolligini saqlagan holda uzoq umr
ko‘rishi uchun gigiyenik qulay ishlash va yashash sharoitlarini
yaratish bilan bog‘liq gigiyenik tadbiilar majmuasini qamrab
oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |