Магистрлик иши



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/27
Sana14.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#668419
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
Bog'liq
xiva xonligida elchilik va qabul marosimlari ananalari va oziga xos jihatlari

Mavzuning o’rganilishi.
Mavzuning o’rganilishini shartli ravishda ikki 
davrga bo’lish mumkin: 1. Sovet davrida o’rganilishi; 2. Mustaqillik davrida 
o’rganilishi. 
1. Sovet davrida yaratilgan turli ilmiy tadqiqotlarda Xiva xonligidagi unvon 
va mansablar masalasi birmuncha yoritilgan. XIX asrda Xiva xonligida siyosiy-
ijtimoiy, iqtisodiy jonlanish ro’y berib, uning yon-atrof va uzoq-yaqin mamlakatlar 
bilan siyosiy munosabatlarida ham faollik vujudga kelgan davr hisoblanadi. Bu 
faktlar xorazmlik muarrixlar va chet ellik olimlar, harbiy, diplomatlar va sayyohlar 
kundaliklarida, bizgacha yetib kelgan hujjatlarda ozmi-ko’p aks ettirilgan. O. 
Sodiqov, M. Yo’ldoshev, T. To’xtametov, B. Mannonov, F. Abdullaev, Q. 
Munirov kabi olimlarimiz tomonidan ma’lum mavzu va yo’nalishlarda tadqiq 
qilingan. Bu masalada sobiq ittifoq davrida yaratilgan ishlar ichida M.I. 
Yo’ldoshevning Xiva xonligining iqtisodiy va siyosiy tarixi, davlat tuzilishi 
masalalari keng yoritilgan yirik monografik asarini
18
, B. Safarovning “Xorazm 
tarixi” kitobini
19
va boshqalarni aytib o’tish mumkin. Xususan, Safarov 
Bobojonning “Xorazm tarixi” asarining “Amaldorlarning belgilangan vazifalari” 
deb ataluvchi 7-bobi Xiva xonligidagi unvon va undagi mansablarni o’rganish 
masalasida muhim o’ringa egaligi bilan ahamiyatlidir. Bu asarda boshqa kitoblarda 
keltirilmagan ba’zi unvon va mansablar (devona, mashshoq, talqonchi, hojirav) 
haqida ham ma’lumotlar mavjud.
 
2. Mustaqillik yillarida Xiva xonligi tarixiga, xususan davlat boshqaruvi, 
saroy mansab va unvonlari masalasiga bag’ishlangan ko’plab asarlar, maqolalar, 
darsliklar chop etildi
20
. O. Mutalov, SH. Saidov, M. Qayumov, Z. Rahmonqulova, 
O. Masolieva va boshqa tadiqotchilar maqolalarida ham bu masalalar qisman aks 
etgan.
Mavazuga oid muhim ma’lumotlar aks etgan ishlar ichida SH. Vohidov va 
S. Saburovalar tomonidan yozilgan maqola katta ahamiyatga ega. Qo’lyozma 
18
Йўлдошев М.И. Хива хонлигида феодал ер эгалиги ва давлат тузилиши. – Тошкент: Ўздавнашр, 1959. 
19
Сафаров Б. Хоразм тарихи. – Тошкент, 1957. ЎРШИ-1, № 10231, – Б. XII-XVI. 
20
Азамат Зиё. Ўзбек давлатчилиги тарихи. – Тошкент: Шарк, 2000; Сагдуллаев А., Аминов Б., Мавлонов Ў., 
Норқулов Н. Ўзбекистон тарихи: давлат ва жамият тараккиёти. 1-кисм. – Тошкент: Академия, 2000. – Б. 241-
243; Сагдуллаев А., Мавлонов Ў. Ўзбекистонда давлат бошқаруви тарихи. – Тошкент: Академия, 2006. – Б. 
126-
128; Эшов Б. Ўзбекистонда давлат ва маҳаллий бошқарув тарихи. – Тошкент: Янги аср авлоди, 2012. 


10 
manbalar ma’lumotlari va tahlili asosida yozilgan bu ishda Xiva xonligidagi 147 ta 
unvon va mansablar ro’yxati keltirib o’tilgan
21
. Ayrim unvon va mansablarga keng 
ta’riflar berilgan. So’nggi yillarda bu masalada N.Polvonov
22
va boshqa 
tadqiqotchilar tomonidan yozilgan maqolalarda ham biz o’rganayotgan masalalar 
qisman ko’rib chiqilgan. 
Bundan tashqari bu masala yuzasidan mahalliy tarixchi olimlar 
A.Abdurasulov, Sh.Matrasulov, M.Matniyozov, M.Mahmudov, 
K.Xudoyberganovlarning tadqiqotlarida alohida mulohazalar keltirib o’tiladi. 
Lekin shunga qaramasdan bu masalaga tegishli barcha ma’lumotlar 
yetarlicha tahlil qilinmagan. Yagona ilmiy mavzu sifatida, magistrlik 
dissertatsiyasi darajasida ham o’rganib chiqilmagan. Bu ham tanlangan magistrlik 
ishining ahamiyatini ko’rsatuvchi muhim omildir. 

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish