7
SHunisi e’tiborlik, Rossiyadan O’rta Osiyoga kelgan har bir kishi – elchilik
missiyasi a’zosi, savdogar va boshqalar hukumat idoralaridan maxsus ko’rsatmalar
va yo’riqnomalar olib, ularda saroy hayoti, mahalliy amaldorlarning nufuzi va
ularning xonga ta’siri masalalarini o’rganishga e’tibor
qaratish kerakligi alohida
ta’kidlangan
15
.
Ma’lumki, XIX asr boshlarida Buyuk Britaniya ham Hindistondan
Afg’oniston orqali O’rta Osiyoga kirib kelishga va mintaqada o’z ta’sirini
o’rnatishga intila boshladi. Natijada O’rta Osiyoga bir necha marta rasmiy elchilik
missiyalari, savdogarlar va sayyohlar niqobi ostida Ost Indiya kompaniyasi harbiy
razvedka bo’limi topshirig’i bilan maxsus tayyorgarlikka ega bo’lgan josuslar
tashrif buyurdilar. Bu sayohatlar tafsilotlari aks etgan asarlarda mavzuga oid
muhim ma’lumotlar mavjud.
Mavzuga tegishli ma’lumotlar aks etgan kitoblar ichida 1863 yilda Xiva
xonligi va Buxoro amirligiga sayohat qilgan A. Vamberining asari muhim o’rin
tutadi. Unda Xiva xonligida saroy qabul marosimlari haqida muhim ma’lumotlar
keltiriladi
16
.
3. XIX asrning o’rtalarida Erondan Xiva xonligiga kelgan Eron elchilari
tomonidan
yozilgan hisobatlar, sayohatnomalarda ham mavzuga oid muhim
malumotlar mavjud
17
.
Vatanimiz davlatchligi tarixida o’z o’rniga ega Xiva xonligining XIX asr
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy hayotida ro’y bergan voqealar haqidagi
ma’lumotlar bizgacha o’sha davr vatandosh tarixnavislar va arxiv hujjatlari orqali
yetib kelgan. SHuningdek, jumladan, bu kabi materiallar
mazkur asrda Xivaga
kelgan xorijiy mamlakatlar diplomatlarining xotira-kundalik va hisobotlarida ham
15
Соловьев М.М. Ученая экспедеция в Бухару в 1841-1842 гг. при участие натуралиста А. Лемана. – М.–Л.,
1939. –
С. 16-18.
16
Вамбери А. Путешествiе по Средней Азiи изъ Тегерана черезъ Туркменскую пустынью по восточному
берегу Каспiйского моря въ Хиву, Бухару и Самаркандъ, предпринятое въ 1863 году съ научною цълью, по
порученiю Венгерской Академiи въ Пештъ, членомъ ея А. Вамбери. – М.: Изд-во А.М. Мамонтова, 1867. –
369 с.
17
Муҳаммад Алихон Ғофур. Хоразм сафари кундалиги (Муҳаммадшоҳ Қожор ва Оллоҳқулихон ўртасидаги
дипломатик алоқалар тарихидан. 1842 йил) / Форс тилидан И. Бекжонов таржимаси. – Тошкент: Янги аср
авлоди, 2009. – Б. 13–52; Ризоқулихон Ҳидоят. Сафоратномаи Хоразм. Носириддиншоҳ ва Муҳаммад
Аминхон ўртасидаги дипломатик алоқалар тарихидан. 1851 йил. / Форс тилидан И. Бекжонов таржимаси. –
Тошкент: Янги аср авлоди, 2009. – Б. 53–231.
8
aks etgan bo’lib, ularning ayrimlari o’sha davrdayoq chet o’lkalarda nashrdan
chiqqan. Albatta, bu kabi asarlarda muayyan bir davlatning Xiva hukumati bilan
siyosiy aloqalari masalasi ko’proq aks etgan. Afsuski, keyingi ko’p yillar
davomida 19-asrdagi Xiva, Qo’qon xonligi va Buxoro amirligining bir-biri yoki
Rossiya, Eron kabi qo’shni
yoki Turkiya, Angliya singari qudratli davlatlar bilan
siyosiy munosabatlari Rossiya va xorijiy mamlakatlar o’rtasidagi siyosiy, iqtisodiy
aloqalar doirasida o’rganib kelindi. Mamlakatimiz mustaqilligi voqelikka bunday
yasama ilmiy yondashishga butunlay chek qo’yib, tarixshunoslikdagi bu singari
cheklanish yo’q qilindi va har bir ijtimoiy-siyosiy voqea-hodisa o’z nomi bilan
ataladigan bo’ldi. SHu tufayli ajdodlardan qolgan yozma yodgorliklar
ma’lumotlari, arxiv hujjatlari va chet el elchilarining mazkur qaydlari O’zbekiston
Respublikasi tarixini haqqoniy o’rganish
jarayoniga jalb etilib, endilikda Xiva
xonligining o’sha davrda boshqa davlatlar bilan diplomatik aloqalari tarixini
o’rganishda Munis, Ogahiy, Bayoniy, Komyob, Bekjon Rahmon o’g’li, Herman
Vamberi qalamiga mansub asarlar bilan bir qatorda rus, ingliz va eronlik
diplomatlar xotiralari ma’lumotlari ham kengroq ravishda ilmiy iste’molga
kiritilmoqda hamda bu kabi qimmatli manbalar o’zbek tilida chop etilmoqda. Bu
esa o’z navbatida mamlakatimiz davlatchiligi tarixi bilan qiziquvchilar uchun keng
tahlil va erkin nuqtai nazar imkonini tug’diradi.
Rus diplomati N. Muravyovning XIX asrning 20-yillari O’rta
Osiyoga
sayohati va eron elchilari Muhammad Alixon G’afurning 1842 yil Xivaga
Olloqulixon, Abbos Qulixonning 1844 yili Buxoro amiri Nasrulloxon huzuriga
kelishiga doir xotiralari o’zbek tilida ham chop etildi.
SHu tariqa, Xiva xonligining davlat tizimi, saroy qabul marosimlari
masalasiga oid ma’lumotlar so’nggi o’rta asrlarda yaratilgan ko’p sonli manbalarda
qisman o’z aksini topgan. Ular o’rganilayotgan masalaning o’ziga xos qirralarini,
saroy hayoti, qabul marosimlari bilan bog’liq yetakchi an’analarni anglashda katta
o’rin tutadi.