42
2.2. Xonnning mahalliy amaldorlar va fuqoralarni qabul qilish
tartiblari.
Xiva xonligida saroy qabul tartiblari, Xonning saroyidagi amaldorlar va
hizmatkorlar, ularning vazifalari to’g’risida manbalarda muhim ma’lumotlar
keltirib o’tiladi. Saroyda qabul marosimlarini, turli tashkiliy ishlarni amalga
oshirishda saroy xizmatchilari ham o’z vazifasiga ega bo’lgan.
Manbalarda saroy
xizmatchilari va ularning vazifalari haqida ham qiziqarli ma’lumotlar mavjud.
Xususan, Xon saroyidagi barcha xo’jalik ishlari boshida Dasturxonchi turgan. U
Xonning dasturxoni, ya’ni Xonga beriladigan ovqatlar, ichimliklar va Xonga
ko’rsatilishi kerak bo’lgan boshqa xizmatlarni boshqarib turgan. Undan tashqari
Xonga ta’siri kuchli bo’lgan rasmiy kamerdiner, oshpoz, chilimchi, qumg’onchi,
rumolchi, sartorosh, tirnoqchi, hodimchi (u Xonni
massaj qilish vazifasini
bajargan), to’shakchi, xazinachi va boshqalar bo’lgan.
Xiva xonligida mahalliy amaldorlar va fuqoralarni saroyda qabul qilish
tartiblarida bir qancha o’ziga xoslik bo’lgan. Manbalarning dalolat berishicha Xon
qabuliga kiruvchilarni dastlab Mehtar qabul qilib, ularning arzini eshitgan.
SHundan so’ng arzchining da’vosi jiddiyligidan kelib chiqib, uni Xon qabuliga
kirishi yoki kirmasligi masalasi hal qilingan.
Mashhur sayyoh A.Vamberi o’z asarida Xon barcha musulmonlar singari
ertalabki bomdod nomozini saroy amaldorlari bilan o’qishini qayd qiladi.
Nomozdan
keyin nonushta qilishi, nonushtadan keyin ulomalarni suhbatga
chaqirib, bir necha soat ularning diniy va davlat boshqaruvi masalalaridagi
fikrlarini tinglashini yozib qoldirgan. SHundan keyin Xon bir necha saot dam
olgan.
SHundan keyin Salomga chaqirilgan saroy amaldorlari, mahalliy hokimlar
qabul qilingan. Xonga amaldorlar xonlikdagi siyosiy vaziyat, turkmanlar, qozoqlar,
qoraqolpoqlarning markaziy
hokimiyatga munosabati, soliqlarning yig’ilish va
boshqa kunning dolzarb masalalari bo’yicha batafsil hisobat topshirishgan. Bu
qabul paytida Xon tomonidan amaldorlarga turli vazifalar, topshiriqlar berilgan,
ularni bajarish muddatlari aniqlashtirilgan. Berilgan topshiriqlarning bajarilgani
43
to’g’risidagi hisobatlar ham bunday qabul marosimlari paytida tinglangan. O’z
vazifasini sidqidildan bajargan amaldorlar mukofatlangan, turli in’omlar berilgan.
Xonning topshirig’ini bajarishda sustkshlik qilgan amaldorlar esa jazoga tortilgan.
Saroy amaldorlari bilan o’tkazilgan suhbatlarda shuningdek Xiva
xonligining tashqi aloqalari, qo’shni davlatlardagi vaziyat, Eron, Rosiya va boshqa
davlatlar bilan munosabatlar masalasida ham fikr almashilgan.
Kerakli qarorlar
qabul qilingan.
Saroy amaldorlari, mahalliy hokimlarni qabul qilishda Inoq, Devonbegi,
Mehtar, Qo’shbegi asosiy rol o’ynagan. Amaldorlar saroydagi mavqeiga qarab
o’tqazilgan. Eng yuqori toifali amaldorlar xonning chap tarafidan, ya’ni
uning
yuragiga yaqin joydan o’rin olgan. Sipohu amaldorlarni tartibga solib, xon
majlisiga kirguzib chiqaruvchi amaldor esa Qo’shbegi hisoblangan
95
.
Rasmiy qabul, ya’ni Salom marosimi odatda peshin namozi oldidan
tugatilgan. Bu marosim tugagandan keyin, Xon ikkinchi nonushta uchun o’tirgan.
Nonushtadan keyin Xon o’ziga yaqin amaldorlar bilan yana suhbatlashishi,
ayrimlari bilan hatto shaxmat o’ynashi mumkin bo’lgan.
Peshin namozidan keyin Xon Qabulxonaga borib, taxtsimon kursiga o’tirgan
va Xiva fuqoralarining arzu da’volarini eshitgan. Manbalarda qayd etilishicha, Xon
har kuni oddiy fuqoralarning, arzchilarning da’vosini tinglashi shart bo’lgan. Xon
huzuriga arz bilan erkak va ayollar, qariyalar, bolalar ham kelishi mumkin bo’lgan.
Jinsi, yoshi yoki amaliga qarab hech qanday cheklovlar bo’lmagan. Odatda
fuqoralar oddiy oilaviy majoralarni, qo’shnilar o’rtasidagi
bahslarni hal qilishni
so’rab ham Xon qabuliga kelishi mumkin bo’lgan. Ayrim arzchilarni ishini ko’rib
chiqish uchun Qoziga borish tavsiya etilgan bo’lsada, ko’p ishlar Xon qabulida o’z
yechimini topgan. CHunki, fuqoralarning arzlari qanchalik oddiy bo’lmasin Xon
ularni tinglashi va muamo yechimi bo’yicha qaror chiqarishi kerak bo’lgan. Xon
qabulxonasi deyarli har kuni arzga keluvchilar bilan to’la bo’lgan
96
.
95
Сафаров Б. Хоразм тарихи. – Тошкент, 1957. ЎРШИ-1, № 10231, – Б. XII-XVI.
96
Вамбери А. Путешествие по Средней Азии. Описание поездки из Тегерана через Туркменскую степь по
восточному берегу Каспийского моря в Хиву, Бухару и Самарканд, совершенной в 1863 году Арминием
Вамбери, членом Венгерской Академии. С картою Средней Азии. / Перевод с английского В. А. Ромодина. -
СПб., 1865. – С. 96.
44
Bu
borada
Eron
elchi
Mirzo
Rizoqulixon
SHeroziy
Lalabosh
saforatnomasida shunday qaydlarni uchratamiz: Bu viloyatda jang, janjal, o’g’irlik
pul olib, inkor kilish yo’q edi. Birov – birov bilan urushmasdi, balki ovozini baland
ko’tarmasdi ham. Oliy va past tabaqadan har kim bo’lmasin, arzi bo’lsa hech
qanday to’siqsiz Xon hazrat Muxammad Aminxon oldiga bora olardi va arzini ayta
olardi. Dunyoviy ish bo’lsa, unga o’zi hukm qilar, shariyat ishi bo’lsa, qozi
kalonga buyurardi
97
.
Xivalik qariyalar A.Abdullaev, P.Matchanov, I.Vaisovlarning gaplariga
qaraganda Xiva xoni har kuni qabul qilishga harakat qilardi va xalqni ko’ngliga
qarab, gohida qabul shubhali, jiddiy va rasmiy ravishda o’tardi
98
.
SHu tariqa, Xiva xonligida saroy qabul tartiblarida bir qancha o’ziga
xosliklarni ko’rish mumkin. Bu xon huzuriga keluvchilar
oldiga deyarli hech
qanday sun’iy to’siqlar qo’yilmaganida, Xonning oddiy amaldorlarni ham qabul
qilishi uning asosiy vazifalari qatorida tutganida va boshqalarda ko’rinadi.
97
МУЛЛА ОЛИМ Махдум Ҳожи Туркистон тарихи 1992 йил .
98
Дилмурод Бобожонов, Моқсудбек Абдурасулов. Фирдавсмонанд шахар. Хива-2008 йил. Б 27.