YECHIMLAR
Allamuratov Gulmurat Sultamuratovich - Qoraqalpog‘iston Respublikasi xalq ta’limi
xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi o'qituvchisi
Kojamuratova Qarshig‘a Ernazarovna - Qoraqalpog‘iston Respublikasi
tasarrufidagi kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internat tarix
fani o'qituvchisi
O‘zligini anglashga intilgan har bir xalq o‘tmishini bilishi zarur. Tarixiy-madaniy
merosni o‘rganish umuminsoniy tarixiy jarayonida qatnashib, jahon madaniyati xazinasiga
qay darajada hissa qo‘shganligini bilish uchun ham muhimdir.
Buyuk tarixda hech narsa izsiz ketmaydi. U xalqlarning qonida, tarixiy xotirasida
saqlanadi va amaliy ishlarida namoyon bo‘ladi. Shuning uchun ham u qudratlidir. Tarixiy-
madaniy merosimizni asrab-avaylash, o‘rganish va avlodlardan avlodlarga qoldirish
davlatimiz siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biridir. Shu sababli, deb
ta’kidlaydi davlatimiz rahbari, inson ma’naviy olami, xalqlar madaniyatini belgilaydigan
manbalarni asrab-avaylash va boyitish bugungi kunda har qachongidan ham muhimdir [1; 29-
30 b].
Tarixiy-madaniy meroslarning o‘quvchilar ma’naviy madaniyatini rivojlantirishdagi
ustivorligi, bizningcha, quyidagicha izohlanadi:
-tarixiy-madaniy meroslar insonlarning talab va ehtiyojlari asosida aql-zakovat bilan
yaratilgan, ularning tasavvuri, tafakkuri, kelgusi orzu-istagi, e’tiqodi, axloq qoidalarini o‘zida
mujassam etgan, amaliy hayotda sayqal topgan ma’naviy va moddiy boylik bo‘lib,
tarbiyaning tayanch vositasi hisoblanadi;
-tarixiy-madaniy meroslar tarixiy taraqqiyot bosqichiga ega, hayotda sinalgan, ijtimoiy
taraqqiyotda ahamiyatli, avloddan-avlodga o‘tuvchi ijtimoiy hodisadir.
tarixiy-madaniy meroslar jamiyat rivojining negizi, xalqning tarixiy taraqqiyotida erishilgan
barcha yutuqlarini ifodalovchi va saqlovchi qudratli omilidir.
Ma’naviy madaniyat yangi moddiy ehtiyoj va talablar, yangi texnika va texnologiya,
yangi qulayliklar, farovonlikka mos holda rivojlanishi zarur. Ma’naviy madaniyatning
mohiyati o‘quvchi shaxsida tashabbuskorlik, faollik, ishbilarmonlik, ijodkorlik, tadbirkorlik
xislatlarini rivojlantirishga davlat qonunlari asosida qaratilgan bo‘lishi kerak. Ma’naviy
madaniyatning ushbu mezonlarini rivojlantirishning birdan-bir to‘g‘ri yo‘li milliy
maktablarni mustaqillik g‘oyalari bilan yugirilgan amaliyotni joriy etishdan iboratdir.
Demokratik ta’lim konsepsiyasi asosida tashkil etiladigan milliy maktablar ta’lim-
tarbiya mazmunini milliy asosda qaytadan ishlab chiqishi, tarixiy-madaniy merosimizdan
san’atkorona foydalanish usullarini chuqur bilishga e’tiborni kuchaytirishni, ta’lim-tarbiya
shakllari, usul va vositalarini jahon andozasi talablariga mos holda rivojlantirishni, moddiy-
texnika bazasini mustahkamlash, yangi texnika va texnologiya asosida maktabni zamonaviy
jihozlashni, shuningdek, ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirishda o‘qituvchi shaxsining kasb
tayyorgarligini takomillashtirishni taqozo etadi [2; 7-b].
Insoniyat XXI asrga katta hayotiy tajriba, bir olam bilim va yuksak darajada
rivojlangan fan va texnika bilan kirib keldi. Dunyo halqlari madaniy jihatdan o‘zaro
yaqinlashdilar. Madaniyatning turli sohalarida misli ko‘rilmagan yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Ammo shu bilan birga, bugungi dunyo umumjahon miqyosidagi global muammolarga, ta’lim
Qaraqalpaqstan
Respublikası xalıq bılımlendiriw xızmetkerlerin
qayta tayarlaw hám olardıń qánigeligin arttırıw aymaqlıq orayı
163
Do'stlaringiz bilan baham: |