39
o’zan bo’ylab xarakatlanayotgan oqim to’satdan g’oyib bo’ladi va g’oyib bo’luvchi
daryolarga aylanadi. SHunisi xususiyatliki g’oyib bo’luvchi daryolar me’yoriy
ko’rsatkichlariga ko’ra mavsumiy hamda muttasil oquvchi turkumlarga mansub
bo’lishi mumkin.
Mavsumiy xususiyatga ega bo’lgan g’oyib bo’luvchi daryolar yomg’ir,
erigan qor suvi bilan to’yinganligi tufayli bahor va kuz
fasligagina xos davrlarda
kuzatilishi muikin. Qish faslida bunday daryolar nisbiy balandlikning yuqoriligi,
havo haroratining pastligi tufayli faoliyat ko’rsatmagan holda, yozning issiq
kunlarida ham yog’in-sochinni tashkil etuvchi kuestlar yo’nalishiga
parallel
rivojlangan soy tubidagi Zindanak karst qudug’i (chuqurligi 320 m) bahor va kuz
fasllaridagina inflyuatsiya o’chog’iga aylangan holda, shu davrda oqimga ega
bo’lgan soyning mavsumiy g’oyib bo’luvchi daryoga aylanishiga sababchi bo’ladi.
Bunday
daryolar korbonatli, sulьfatli karst massivlarida ko’p uchraydi va ular
inflyuatsiya nuqtasida karstning mavsumiy rivojlanishiga sababchi bo’ladi.
G’oyib bo’luvchi daryolarning me’yoriy ko’rsatkichi turg’un holda
kuzatiladigan turlari aksariyat hollarda yer osti suvlaridan to’yinadi. Yoki bunday
turdagi daryolar goh yer yuzasiga chiqib, goho yana g’oyib bo’lib oqishda davom
etadi. Suvsiztog’ning Ponjobsoy darasi boshlanishida ana shunday g’oyib
bo’luvchi daryo mavjud bo’lib, bu yerda 5 l/s atrofida suvi bo’lgan jilg’a gips
qatlamlari bo’ylab inflyuatsiyaga uchraydi va karstning
muttasil rivojlanishiga
sababchi bo’ladi.
Ushbu jarayonlarning yuzaga kelishida denudatsiya muhim rol o’ynaydi.
Denudatsiya – lotincha denudatio-ochilib qolish demakdir. Bu holat karst
jarayonining asosiy maxanizmini tashkil etadi.
Bu jarayon tufayli tog’ jinslarining yuvilishi va relyefining pastqam joylarda
to’planishi yuz beradi. Eroziya (oqar suvlar), abraziya (dengiz va ko’l suvlari) karst
va suffoziya (gidrologik va gidrogeologik oqim), ekzaratsiya (muzliklar ta’sirida)
tog’jinslari bo’lakchalarining boshqa joylarga ko’chirib olib borilishidir.
Denudatsiya natijasida tog’ jinslari yemirilib, peneplenlashadi.
Karst jarayoni rivojlanayotgan hududlarda uning yer osti hosilalari ham
40
shakllanadi. Yer osti karst xosilalari
turkumiga karstlangan yoriqlar, karst
quduqlari, karst shaxtalari, g’orlar hamda ko’r yer osti karst bo’shliqlari
mansubdir.
Do'stlaringiz bilan baham: