Foydali qazilmalarni boyitish jarayonlari



Download 8,05 Mb.
Pdf ko'rish
bet159/205
Sana13.06.2022
Hajmi8,05 Mb.
#665608
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205
Bog'liq
2 5420317644597238374

Nazorat uchun savollar: 
1. Magnitlovchi kuydirish nima uchun amalga oshiriladi? 
2. Rudalarni magnitli boyitishga tayyorlash qaysi uskunada amalga 
oshiriladi? 
3. Shlamsizlantirish nima uchun zarur? 
4. Magnitli flokulyatsiyaga ta’rif bering. 


268 
5.5. Magnit usulida boyitishga ta’sir qiluvchi omillar 
Magnit maydoni kuchlanganligi
. Maydon kuchlanganligining 
oshishi magnit kuchining ortishiga olib keladi va buning natijasida, ancha 
past magnit ta’sirchanlikka ega minerallarni magnitli fraksiyaga ajratib 
olish imkonini beradi. Bu ajratish mahsulotlari chiqishiga va sifatiga ta’sir 
ko‘rsatadi. Biroq, magnit maydoni kuchlanganligining o‘ta oshib ketishi 
magnitli fraksiyaning yuqori darajada ifloslanishiga olib kelishi mumkin. 
Maydon kuchlanganligining yetarlicha bo‘lmasligi magnitli minerallarni 
chiqindiga yo‘qotilishiga sabab bo‘ladi. 
Agar boyitishning texnologik sxemasi magnitli separatsiyaning bir 
nechta ketma-ket jarayonlarini o‘z ichiga olsa, nomagnitli fraksiyani qayta 
tozalashda har bir keyingi jarayondagi magnit maydoni kuchlanganligi 
oshishi lozim. Magnitli boyitmalarni maromiga yetkazish (qayta tozalash) 
maydon kuchlanganligining asta-sekin kamayishida amalga oshiriladi. 
Ishchi zona o‘lchamlari
(uzunligi va balandligi) hamda ta’minlanish 
kengligi o‘tkazuvchanlik qobiliyatini, ya’ni, separator unumdorligini 
belgilaydi. Baraban (valka) diametrining oshishi bilan ishchi zona uzunligi 
ortib boradi, bu esa magnitli minerallarning ajralishini va separator 
unumdorligini oshirish imkonini beradi. Ta’minlanishda qabul qilish 
teshigining kengligini (baraban, valka uzunligini) oshirish bilan ham 
unumdorlikni oshishiga erishiladi. 
Ishchi zona balandligi separatorni yaratish jarayonida aniqlanadi va 
belgilangan chegaralarda ushbu turdagi mineral xom ashyoni boyitish 
uchun separatorni texnologik sozlashda o‘zgarishi mumkin. Ishchi zona 
balandligining kamayishi magnit maydoni kuchlanganligi oshishiga olib 
keladi va aksincha. 
Separator barabanlari va valkalarining aylanish chastotasi ma’lum 
darajada uning unumdorligini va boyitish mahsulotlari sifatini belgilaydi. 
Bu boyitish usullariga (quruq yoki suvli muhitda), dastlabki mahsulotni 
berish usuliga (yuqoridan yoki pastdan), solishtirma magnit ta’sirchanlikka 
va ajratiladigan minerallarning yirikligiga, boyitish mahsulotlarining 
zaruriy sifatiga (tayyor boyitmalarni yoki ag‘darmali chiqindilarni olish) 
bog‘liq holda tanlanadi. 
Boyitiladigan rudaning yirikligi va magnitli xossalari
. Ajratiladigan 
minerallar 
yirikligidagi 
keskin 
farqlanishda 
magnit 
maydoni 
kuchlanganligini, ishchi zona o‘lchamlarini, tezkor tartibni va separator 
unumdorligini to‘g‘ri tanlash qiyinlashadi. Bularning barchasi boyitishning 
texnologik ko‘rsatkichlarini yomonlashuviga olib keladi. Ajratiladigan 


269 
minerallar yirikligining yuqori va pastki chegaralariga ko‘proq 
yaqinlashadigan materialning dastlabki tasniflash jarayonini qo‘llab 
boyitishning eng yaxshi ko‘rsatkichlariga erishish mumkin. 
Magnitli boyitishni qo‘llashning zaruriy sharti ajratiladigan 
minerallar magnitli xossalarining yetarlicha farqlanishi hisoblanadi, ya’ni, 
agar solishtirma magnitli ta’sirchanliklar mos ravishda χ 1 va χ 2 bo‘lsa, χ 
1/ χ 2 nisbat birdan ortiq bo‘lishi lozim (amaliyotda 3-5 dan kam emas). 
Bu nisbat magnitli boyitishning tanlanuvchanligi koeffitsiyenti deyiladi. 
Magnitli separatorlarda kuchli magnitli minerallarni ajratib olish 
uchun 120-150 kA/m gacha kuchlanganlikka eag nisbatan kuchsiz magnit 
maydonidan foydalaniladi. Kuchsiz magnitli minerallarni ajratish uchun 
800-1500 kA/m va undan ortiq magnit maydonining kuchlanganligidan 
foydalaniladi. Nomagnit minerallar hatto yuqori kuchlanganlikka ega 
magnit maydonlarida ham ajratib olinmaydi. 
Magnitli usullar qora metallar rudalarini boyitish uchun, noyob va 
rangli metallar boyitmalarini maromiga yetkazishda, og‘ir muhitda 
boyitishda kuchli magnitli og‘irlashtirgichlarni tiklash uchun, fosforit 
rudalaridan, 
kvarsli 
qumdan 
va 
boshqa 
materiallardan 
temir 
qo‘shimchalarini chiqarib yuborish uchun keng qo‘llaniladi. 
Separatorga keladigan mahsulotning qattiqlik miqdori
. Suvli 
muhitda ishlaydigan magnitli saralashda bo‘tanada qattiqlik miqdorining 
oshishi 
bilan 
separator 
unumdorligi 
oshadi, 
biroq, 
boyitish 
mahsulotlarining sifati pasayadi. Bo‘tana suyulishining ortishi, odatda, 
magnitli fraksiyaning sifatini oshishini ta’minlaydi, lekin bir vaqtning 
o‘zida magnitli minerallarning chiqindi bilan yo‘qotilishi ham oshib 
boradi, chunki bo‘tananing separator ishchi zonasi orqali o‘tish tezligi 
ortadi. Separatorga keladigan mahsulotda qattiqlikninig maqbul miqdori 
30-40 % oralig‘ida bo‘ladi. 

Download 8,05 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   205




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish