263
qo‘llaniladi. Magnitlash yoki alohida magnitlash
apparatlarida yoki
deshlamatorlarda amalga oshiriladi.
Quritish.
Quritish operatsiyasi dastlabki mahsulot namligini
kamaytirish uchun quruq magnitli separatsiyadan oldin qo‘llaniladi.
Rudaning oshgan namligi ham kuchli magnitli
rudalarda hamda kuchsiz
magnitli rudalarda quruq boyitish natijalarida bilinadi. Dastlabki mahsulot
namligi oshishida zarralarning o‘zaro ilashish kuchi oshadi va
materialning separator ishchi qurilmalari yuzasiga yopishishi
kuzatiladi, bu
nomagnit zarralarning magnitli mahsulotga tushishi, magnitli zarralarning
esa nomagnit mahsulotga tushishi ehtimoli oshishiga olib keladi.
Quruq magnitli separatsiya uchun
dastlabki mahsulotning joiz
bo‘lgan namligi, asosan, uning yirikligiga bog‘liq. Masalan, -20+0 mm
yiriklikdagi rudani boyitishda namlik 3-4% oshmasligi lozim, -2+0 mm
yiriklikdagi rudani boyitishda joiz bo‘lgan namlik 0,5-1% kamayadi.
Magnitlovchi kuydirish.
Magnitlovchi kuydirishli
boyitish kuchsiz
magnitli rudalarni magnitlovchi kuydirishda magnitli xossasini oshirib,
so‘ngra kuchsiz magnit maydonida saralashdan iborat. Kuydirish magnitli
boyitishdan oldingi tayyorlov operatsiyasi
hisoblanadi va tegishli
atmosferada kuchsiz magnitli rudalarni va temir rudalarini (gematit, martit,
limonit, siderit va b.) kuchli magnitli magnetitga va maggemitga (γ-Fe
2
O
3
)
o‘tkazish (aylantirish) imkonini beradi.
Temir rudalarini magnitlovchi kuydirish tiklovchi,
tiklovchi-
oksidlovchi va oksidlovchi bo‘ladi.
Tiklovchi
kuydirishda temirning kuchsiz magnitli oksidlarini (Fe
2
O
3
)
kuchli magnitli past oksidlargacha tiklash sodir bo‘ladi. Tiklovchilar
sifatida qo‘ng‘ir ko‘mir, antratsit, koksikdan, domna, generator gazlaridan
va tabiiy gazdan hamda mazutlardan foydalaniladi. Qo‘ng‘ir ko‘mir,
antratsit va koksikdan foydalanishda kuydirish quyidagi tenglama bo‘yicha
800-950
o
C haroratda olib boriladi:
3Fe
2
O
3
+C=2Fe
3
O
4
+CO
(5.1)
Gazlar bilan tiklash quyidagi tenglamalar bo‘yicha 600-850
o
C
haroratda sodir bo‘ladi:
3Fe
2
O
3
+N
2
=2Fe
3
O
4
+N
2
O;
(5.2)
3Fe
2
O
3
+CO=2Fe
3
O
4
+CO
2
(5.3)
Tiklovchi-oksidlovchi
kuydirish
temirning
kuchsiz
magnitli
oksidlarini magnetitga tiklashdan va
magnetitni kuchli magnitli
maggemitgacha (
-Fe
2
O
3
) oksidlash bilan quyidagi tenglama bo‘yicha olib
boriladi:
2Fe
3
O
4
+0,5O
2
=3Fe
2
O
3
(5.4)
264
Magnetitni maggemitgacha oksidlashni tiklangan rudani faqatgina
maggemit barqaror bo‘lgan haroratgacha (300-400
o
C) sovitilgandan so‘ng
amalga oshirish mumkin.
Oksidlovchi
magnetlovchi kuydirish
temirning kuchsiz magnitli
karbonatlarini (sideritli rudalarni) kuchli magnitli magnetitga o‘tkazish
uchun qo‘llaniladi va quyidagi tenglama bo‘yicha olib boriladi:
3FeCO
3
=Fe
3
O
4
+CO+2CO
2
(5.5)
Bakalsk konining sideritli rudalarini kuydirish 950-1050
o
C haroratda
olib boriladi.
Magnetlovchi kuydirish uchun quvursimon aylanma pechlar, shaxtali
pechlar va qaynar qatlam pechlaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: