258
2. Diamagnit minerallar haqida tushuntirib bering?
3. Paramagnit minerallar haqida tushuntirib bering?
4. Ferromagnit minerallar haqida tushuntirib bering?
5.3.
Mаgnit sеpаrаtоrlаrining turlаri, tuzilishi vа ishlаsh
prinsiplаri
Kuchli magnitli rudalarni boyituvchi separatorlar.
O‘lchami 70
dan 150 mm gacha bo‘lgan magnitli rudalarni
quruq boyitish uchun
elektromagnit sistemali barabanli separatorlar, 40 mm gacha o‘lchamdagi
rudalarni boyitish uchun esa doimiy magnitli
barabanli separatorlarni
ishlatish mumkin. (62-rasm)
62-rasm.
Bir barabanli separatorning sxemasi
1 – aylanuvchi baraban; 2 – magnitning qo‘zg‘almas
qutblari;
3 – elektromagnit g‘altaklari; 4 – tok berish.
Magnit sistema o‘qqa qo‘zg‘almas qilib o‘rnatilgan. Magnit qutblari
baraban o‘qi bo‘ylib almashadi. Sistema atrofida shu o‘qning o‘zida
nomagnit materialdan tayyorlangan baraban aylanadi. Baraban yuzasi uni
ishqalanishdan asrash uchun rezina bilan qoplangan [11].
Dastlabki ruda titrama tarnov orqali barabanga beriladi.
Baraban
yuzasiga tortilgan magnitli zarrachalar magnit ustidan o‘tadi va magnit
ta’siri tamom bo‘lgan zonada baraban yuzasidan uzilib tushadi. Nomagnit
zarrachalar separatorning magnit maydoni bilan ta’sirlashmaydi,
259
barabandan parabolik trayektoriya bo‘ylab tushirib olinadi.
Barabanning
ostiga magnit va nomagnit mahsulotni qabul qilish uchun ikkita quticha
o‘rnatilgan. Qutidagi to‘siq ustiga o‘rnatilgan
shifer mahsulot oqimini
aniqroq ajratishga yordam beradi.
Barabanning diametri 600–900 mm, uzunligi 1000–2000 mm,
magnit maydonining kuchlanganligi baraban yuzasida 1400–1500 e.
Baraban yuzasining aylanma tezligi 1–3 m/sek. Separatorning ishlab
chiqarish unumdorligi o‘lchami –40+0 mm li mahsulotda barabanning har
bir metr uzunligi uchun 60–100 t/soat.
Sanoatda bir barabanli, shuningdek, uch va to‘rt barabandan tashkil
topgan separatorlar ishlab chiqariladi. Ko‘p barabanli separatorlarda asosiy
separatsiya, chiqindilarning tozalash jarayonlarini o‘tkazib,
uchta
mahsulot–boyitma, oraliq mahsulot va chiqindilarni olish mumkin [1].
Agar magnit qutblari baraban uzunligi bo‘yicha galma–gal
almashsa, separatorda magnit aralashuvi bo‘lmaydi. Magnit tortishishi
natijasida barabanga yopishgan magnit
zarrachalar magnit ustidan
o‘tayotganda ag‘darilmaydi. Materialning yurishi bo‘ylab qutblarning
almashishi aralashishga olib keladi va nomagnit zarrachalarni barabandagi
magnit zarrachalar orasidan uzib olishga imkon yaratadi.
Magnit sistemasi qutblar sonini aylana bo‘ylab
va barabanning
aylanish tezligini oshirib, yuqori chastotali magnit maydoni hosil qilishga
va jadalroq magnit aralashuviga erishish mumkin.
Bu separatorlarda barabanning aylanish tezligi 300 ay/min. Qutblar
soni 25 bo‘lsa, barabanda qutblar almashishi 300x25=7500, ya’ni
maydonning chastotasi 125 Hz ga teng bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: