O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet54/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Nazorat uchun savollar: 
1.
Vitamin nima? 
2.
Vitaminli o’simlik deganda nimani tushunasiz? 
3.
Vitaminli o’simliklarga qaysi o’simliklar kiradi? 
4.
Inson salomatligi uchun vitaminli o’simliklarning ahamiyati qanday? 
5.
CHakandaning qanday foydali xususiyatlari bor? 
6.
Na’matakdan asosan nima tayyorlanadi? 
 
7-mavzu. DORIVOR O’SIMLIKLAR VA ULARNI SAQLASH, 
QAYTA ISHLASH VA FOYDANISH 
Reja: 
1.
Dorivor o’simliklar haqida umumiy ma’lumot.
2.
Ilmiy tibbiyotda qo’llaniladigan dorivor o’simliklar. 
3.
Dorivor o’simliklardan damlama va qaynatmalar tayyorlash. 
4.
Dorivor o’simliklarning guruhlanishi. 
 
Tayanch iboralar:
xalq tabobati, ilmiy tibbiyot, damlama, qaynatma, zaharli 
dorivor o’simlik, fitopreparat, yer ostki organlar, yer ustki organlar, dorivor vosita,
dorivor yig’ma, dorivor choy, xalq tabobati, ilmiy tibbiyot. 
Mavzuning maqsadi: 
Dorivor o’simliklarning O’zbekiston florasida keng 
tarqalgan turlari bilan tanishtirish, dorivor o’simliklarning sistematik o’rni va 
o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.


84 
Dorivor o’simliklar haqida umumiy ma’lumot.
Dorivor o’simliklar 
qadimdan insoniyat tomonidan turli kasalliklarni davolashda ishlatib kelingan. 
Ularni turlari juda ko’p bo’lib yer yuzining hamma hududida (regionida) 
ishlatiladiganlaridan tashqari har bir hududning o’ziga xos dorivor o’simligi ham 
bo’ladi. Ammo, xalq tabobatida va anhanaviy (traditsion) tibbiyotda qo’llaniladigan 
dorivor o’simliklarning hammasi hali ilmiy tibbiyotda o’z o’rnini egallagani yo’q. 
Lekin ularning ba’zi birlari shu vaqtgacha davosi to’ilmagan kasalliklarga shifo 
bo’lishi ham mumkin. 
Ma’lumki, xalq tabobatida qo’llaniladigan dorivor o’simliklar soni ilmiy 
tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha ko’p. Masalan, O’zbekiston xalq tabobatida 
500 dan ortiq o’simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin 
shulardan 100 dan ortig’igina ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agarda xalq tabobatida 
ko’llaniladigan o’simliklar har taraflama va chuqur o’rgaNilg’sa, ular ichidan 
shifobaxsh xususiyatga ega bo’lganlarini to’ilishi aniq. 
Odamlar ko’pincha dorivor o’simliklarni yig’ib, undan uy sharoitida o’zlari 
dori tayyorlab oladilar. Bu noto’g’ri, chunki o’simlikning qandayligini bilmay turib 
tayyorlangan dori yomon oqibatlarga olib kelishi mumkin. SHuni esdan 
chiqarmaslik kerakki, tabiatda tashqi ko’rinishidan dorivor o’simliklarga o’xshagan 
zaharli o’simliklar ham uchraydi. SHuning uchun dorivor o’simliklarni yig’ishdan 
avval ularning botanik alomatlarini, yig’ib olinadigan muddatini bilish kerak 
bo’ladi. Dorivor moddalar o’simliklarning ba’zilarida kurtagida, bargida yoki 
poyasida, ba’zi o’simliklarning guli yoki mevasida, ba’zilarining esa ildizi yoki 
po’stlog’ida to’planishi mumkin.
Yuqorida aytilgandek, ko’pchilik dorivor o’simliklar tarkibida kuchli ta’sir 
ko’rsatuvchi zaharli moddalar bo’ladi. Bunday dorivor o’simliklardan tayyorlangan 
dorilarda zaharli moddalar dozasi bir oz ortiqroq bo’lsa ham kuchli zaharlaydi yoki 
turli kasalliklarga yo’liqtiradi. Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladona, 
itsigak, isiriq, kuchala, ko’knori, maralquloq, mingbosh, mingdevona, omonqora, 
qirqbo’g’in va boshqa shunday zaharli dorivor o’simliklar jumlasidandir. SHuning 
uchun ularni ishlatishda belgilangan dozalarga qathiy amal qilish kerak.
Hozirgi kunda ilmiy tibbiyotda qo’llanilayotgan ko’pchilik dorivor 
o’simliklar aslida xalq tabobatidan olingan. SHuning uchun xalq tabobatining 
dorivor o’simliklari yangi, samarador fitopreparatlar yaratish maqsadida ilmiy-
tekshirish ishlari olib borishda bitmas-tuganmas manbadir. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   50   51   52   53   54   55   56   57   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish