O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti


Chakandaning foydali xususiyatlari



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Chakandaning foydali xususiyatlari. 
Hozirgi davrning eng muhim 
masalalaridan biri – aholini ekologik toza oziq-ovqat mahsulotlari va dorivor 
vositalar 
bilan 
tahminlash 
hisoblanadi. 
Respublikamizda 
dorivor 
o’simlikshunoslikni rivojlantirish, O’zbekiston florasidagi istiqbolli dorivor 
o’simliklarni madaniylashtirish, ularni sanoat plantasiyalarida o’stirishni yo’lga 
qo’yish farmatsevtika sanoati xomashyo bazasini yaratadi. Ana shunday istiqbolli 
dorivor o’simliklardan biri – jumrutsimon chakanda (oblepixa krushinovidnaya) – 
Hip’o’hae rhamnoidesh hisoblanadi.
Chakanda
jiydadoshlar (Elaeagnaceae L) oilasiga mansub, ikki uyli o’simlik 
hisoblanadi, tabiatda buta yoki kichik daraxt (8 m) ko’rinishida o’sadi. Novdalari 
tikanli, lansetsimon, uzunchoq, eni 3–5 mm, uzunligi 4–9 sm bo’lgan, ustki qismi 
kulrang-yashil, ostki yuzasi esa qo’ng’ir-kumushsimon rangli barglariga ega. Gullari 
sariq rangda, juda mayda va shingilsimon bo’ladi.
Mevasi sharsimon yoki ovalsimon – chopzinchoq, bir urug’li tillasimon-sariq, 
olovrang-qizg’ish va qizg’ish rangli bo’lib, sharbati nordon va undan ananas tahmi 
kelib turadi. Ushbu o’simlikni yuqori quruq va issiq harorat, tuproq unumdorligining 
pastligi, sho’rlanganligi kabi salbiy abiotik omillarga chidamliligi, qish sovuqlariga 
bardoshliligi ildiz bachkilari orqali teza ko’payishi hamda meva sharbati dorivorlik 
xususiyatlariga ko’ra, juda foydali o’simliklar toifasiga kiritish mumkin.
Bu plastik va ‘olimorf o’simlikning areali juda keng bo’lib, uning g’arbiy 
chegaralari Angliyaning janubiy-sharqiy qismlari bo’lsa, sharqiy chegarasi 
Xitoyning g’arbiy ‘rovintsiyalariga to’g’ri keladi. Demak, chakanda keng arealli 
o’simlik sifatida bir necha ekologik populyasiyalarni yuzaga keltirgan. 
CHakandaning Boltiqbo’yi, Sibir, Oltoy, Markaziy Osiyo populyasiyalari boy 


78 
genofondga egadir. Yevroosiyo qismida 50 dan ortiq navlari (asosan Oltoy-Sibir 
populyasiyalari asosida) yaratilgan bo’lib, ular asosida maxsus chakanda 
yetishtirishga ixtisoslashgan xo’jaliklar tashkil etilgan. 
Ekinning asosiy qimmatli xususiyati meva sharbati va urug’larida chakanda 
moyi (oblepixovoe maslo) mavjudligi bo’lib, uning miqdori 8 foizgacha yetadi. 
Bundan tashqari mevasida C, E, B
1
, B
2
vitaminlari, karotin, foliy kislotasi, 
flavonoidlar, organik kislotalar uchraydi.
Moyi ham o’z navbatida Ye va F vitaminlariga va karotinoidlarga boy. Moyi 
radioaktiv nurlar ta’sirida zararlangan teri, oshqozon-ichak, mehda shilliq qavatlari, 
oshqozon-ichak yarasi va ginekologik kasalliklarni davolashda tengi yo’q dorivor 
vositadir.
Respublikamizda chakanda kam o’rganilgan va ishlab chiqarishda deyarli 
foydalanilmayotgan o’simlik hisoblanadi. Buning sababi, uning ko’chatlarini 
o’stirish va sanoat plantasiyalarida yetishtirish agrotexnikasini yo’qligidir.
MDH mamlakatlarida, ayniqsa, Rossiyaning Oltoy o’lkasida chakandani 
plantasiya usulda yetishtirish iqtisodiy samarali tadbir ekanligini ko’rsatmoqda. 
Hozirgi paytda chakandaning tabiiy butazorlari Zarafshon daryosi havzasida 
joylashgan. U 150 km uzunlikda bo’lib, 1000 gektardan ortiq maydonni egallaydi. 
Daryo havzasidagi ekologik sharoitlar turli-tumanligi, daryoning tog’, tog’oldi, 
tekislik qismlarida chakandaning genetik bioxilma-xilligini keltirib chiqargan.
Chakanda ekologik plastik o’simlik sifatida daryo o’zanida yuzaga kelgan 
qumli-shag’alli orollarni birinchilar qatori o’zlashtiradi, yonlama ildizlari orqali 
yangi o’simliklarni yuzaga keltiradi va yangi maydonlarni tez egallab oladi. Tipik 
to’qay o’simligi sifatida qumli, shag’alli, qumoq allyuvial yotqiziqlarda, doimo 
namlik yetarli tuproqlarda o’sishga moslashgan. Ildizida tuproq havosidan azotni 
o’zlashtiruvchi tugunakli bakteriyalar mavjudligi (mikoriza) chakandani 
unumdorligi past tuproqlarda, qumli-shag’alli substratlarda ham bemalol o’sib, hosil 
berishini tahminlaydi.
Zarafshon daryosi havzasidagi chakandazorlar tadqiqi mevasi katta-
kichikligi, rangi va biokimyoviy tarkibiga ko’ra, turlicha ekanligini ko’rsatdi. 
Asosan mayda mevali chakanda keng tarqalgan, ularning rezavor mevalari 
sharsimon-dumaloq, 5,7 mm diametrga ega. 100 dona mevasining og’irligi 9,5 
grammga teng. Urug’i ham mayda: uzunligi 4–5, yo’g’onligi 2,5–3,5 mm, shakliga 
ko’ra, chopzinchoq, ovalsimon, jigar rangda. 1000 ta urug’ining og’irligi 7,7 
grammga teng.
Respublikamizdagi ushbu yagona chakandazorning genetik resurslarini 
o’rganish natijasida yirik mevali, kam tikanli, serhosil va olovrang mevali urug’chi 
butalardan 10 ta istiqbolli shakllar tanlab olindi. Tanlashda qizg’ish-olovrangli 
mevasi bor butalarga ko’proq ehtibor qaratildi, chunki qizg’ish rangli meva 
karotinoidlarga boy hisoblanadi. Tanlangan shakllar orasida Zarafshon–3 shakli 


79 
(100 dona mevasining og’irligi 15,2 g), Qoradaryo–8 shakli (14,2 g), va Qoradaryo–
9 shakli (14,8 g) yirik mevalari bilan ajralib turadi.
Chakanda mevasi novdalarni butkul qo’lab oladi, shingilida 10–28 tagacha 
rezavor mevalar shakllanadi. Ushbu shakllardan kelgusida selektsiya maqsadlarida 
foydalanish maqsadga muvofiqdir. Chakandani dorivor va mevali o’simlik sifatida 
ko’paytirishda onalik butadan qimmatli xo’jalik-biologik belgilariga ko’ra, farq 
qilmaydigan genetik bir xil ko’chatlar yetishtirish, faqatgina vegetativ usul orqali 
amalga oshiriladi. Buning uchun 25–30 sm uzunlikdagi yog’ochlashgan novda 
qalamchalari bahorda o’simlik uyg’onmasdan, fevralning 20–25 kunlarida 
tayyorlanadi va oldindan tayyorlangan egatlarga ekiladi va tez-tez sug’oriladi. O’z 
ildiziga ega ko’chatlar 1 yilda standart ko’chatlar holatiga keladi.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish