O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Nazorat uchun savollar: 
1.
Ziravor o’simlik deganda nimani tushunasiz? 
2.
Ziravor o’simliklarning ahamiyati qanday? 
3.
Qaysi o’simliklar ziravor hisoblanadi? 
4.
O’simliklarning qaysi qismlari ziravor sifatida ishlatiladi? 
5.
Qaysi o’simliklarni barraligicha iste’mol qilinadi? 
6.
Qaysi o’simliklarni urug’i ishlatiladi? 
7.
Qaysi o’simliklarni mevasi ziravor sifatida ishlatiladi? 
 
 
 
 


75 
6-mavzu. VITAMINLI VA MINERALLAR SAQLOVCHI 
O’SIMLIKLAR 
Reja: 
1.
Vitaminlar haqida umumiy ma’lumot. 
2.
Vitaminli o’simliklar vakillarining foydali xususiyatlari. 
3.
Chakandaning foydali xususiyatlari.
4.
Na’matakning biologik xususiyatlari va ahamiyati
 
Tayanch iboralar: V
itamin, suvda eruvchi vitaminlar B
1
, B
2
, B
6
, PP, N, P, 
C, U, yog’larda eruvchi vitaminlar A, D, E, K
1
, askorbin kislota, vitaminli o’simlik, 
zirk, qoqi o’t, chakanda, na’matak, qoraqat, jag’-jag’.
Mavzuning maqsadi: 
Vitaminli o’simliklarning O’zbekiston florasida keng 
tarqalgan turlari bilan tanishtirish, vitaminli o’simliklarning sistematik o’rni va 
o’simliklar qoplamidagi ahamiyati haqida ma’lumot berish.
Vitaminlar haqida umumiy ma’lumot.
Vitaminlar odam va hayvonlar 
uchun muhim ahamiyatga ega bo’lgan, turli kimyoviy tuzilishdagi organik 
birikmalardir. Organizm uchun juda kam miqdorda talab etiladigan (oqsil, yog’ va 
uglevodlardan farqi) bu birikmalar fermentlar molekulasi tarkibiga kirib, 
to’qimalardagi moddalar almashinuvida ishtirok etadi. 
Odam va hayvonlar organizmi ko’pchilik vitaminlarni faqat o’simliklardan 
oziq-ovqat bilan birga oladi. Shuning uchun ovqat mahsulotlari tarkibida biror 
vitaminning bo’lmasligi yoki yetishmasligi odam va hayvonlar organizmida 
moddalar almashinuvining buzilishiga, keyinchalik esa avitaminoz hamda 
gipovitaminoz deb ataladigan og’ir kasalliklarning yuzaga kelishiga sabab bo’ladi. 
1880 yilda rus olimi vrach N.I.Lunin hayvon organizmi vitaminsiz hayot 
kechira olmasligini birinchi marta aniqlagan. 
1912 yilda ‘olyak olimi K.Funk 
«vitamin»
terminini ishlatishni (
vita -
hayot, 
vitamin
- hayot amini demakdir) tavsiya etgan. U davrda barcha vitaminlar tarkibida 
amin guruhi bo’lsa kerak, deb faraz qilinar edi. Lekin vitaminlarning kimyoviy 
tarkibi aniqlangandan so’ng bu fikrning noto’g’ri ekanligi ma’lum bo’ldi. Hozir 
vitaminlarning kimyoviy tuzilishi aniqlangan bo’lsada, eski odat bo’yicha ular 
«vitamin» so’zi va lotin alg’favitining bosh harfi bilan ataladi.
O’simliklar o’sa boshlagan birinchi kundan boshlaboq to’qimada vitaminlar 
BIOSintezi boshlanadi. Na’matak mevasi, qora smorodina bargi va mevasi, o’rmon 
qulupnayi bargi va mevasi, chakanda mevasi va moyi, tirnoqgul guli, bozulbang 
guli, gazanda bargi, bodrezak (kalina) po’stlog’i va mevasi, jag’-jag’ yer ustki qismi 
vitaminlarga boy bo’ladi. 
Vitamin C - askorbin kislota rangsiz, suvda yaxshi, spirtda yomonroq 
eriydigan kristall modda. Odatda vitamin C shimoliy tumanlarda va yuqori tog’li 
yerlarda o’sadigan o’simliklarda janubiy rayonlarda hamda pastliklarda o’sadigan 
o’simliklarga qaraganda ko’proq bo’ladi. Yorug’lik ta’sirida vitamin C biosintezi 
tezlashadi, qorong’ulikda esa aksincha, bu jarayon sekinlashadi. 


76 
Vitamin B
1
esa aksincha janubiy tumanlarda o’sadigan kuzgi bug’doyda 
ko’proq sintezlanadi. Tuproqning kislotali xossasi kamaytirilsa, o’simliklar 
tarkibidagi karotin miqdori oshadi. Ba’zi mikroorganizmlar kislotali sharoitda 
vitamin B
1
sintezini butunlay to’xtatib qo’yadi. Vitaminlar erituvchilarda erishiga 
qarab ikki guruhga bo’linadi: 
Suvda eruvchi vitaminlar
— B
1
, B
2
, B
6
, PP, N, P, C va U vitaminlar, pantaten, 
folat, ‘ara-aminobenzoat kislotalar, inozit va boshqalar. 
Yog’larda eruvchi vitaminlar
— A, D, E va K
1
vitaminlar.
Odatda vitaminlar biologiya va farmatsevtik kimyo fanlari dasturiga kiradi va 
shu kurslarda to’liq o’rganiladi. Vitamin preparatlarining ta’siri bilan farmakologiya 
kursi shug’ullanadi. Farmakognoziya kursi esa C, ‘, U va K
1
vitaminlarga hamda 
karotinga boy bo’lgan gulli (yuqori) o’simliklarni o’rganadi. 
Mahsulot tarkibidagi vitaminlar mikdori doimo o’zgarib turib, ko’pincha 
o’simliklarning gullash davrida yer ustki organlarida maksimal miqdorda to’planadi. 
Mevalarda esa, ular pishib yetilgan vaqtida ko’p yig’iladi. SHuning uchun vitaminli 
mahsulotlarni tayyorlash yuqorida aytib o’tilgan vitaminlarga boy davrida 
o’tkazilishi kerak. 
Ko’pchilik vitaminlarning o’zi turg’un birikma bo’lsa ham ma’lum 
sharoitlarda (yuqori harorat, namlik, yorug’lik va boshqa faktorlar ta’sirida) 
oksidlanishi, parchalanishi yoki boshqa o’zgarishlarga uchrashi mumkin. Natijada 
vitaminlar o’zining biologik faolligini yo’qotadi. Vitaminli mahsulotlarning yuqori 
sifatliligini saqlab qolish uchun ularni tayyorlashda, quritishda va saqlashda 
yuqorida ko’rsatilgan sharoitlarni hisobga olish zarur. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish