O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet103/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Yem-xashak o’tlarni
ekishdan maqsad - chorvachilikda talab qilinadigan har 
xil ozuqalarni yetishtirish. O’tlar to’yimliligi bilan ajralib turadi, tarkibida asosiy 
hayot uchun zarur vitaminlarning hammasi mavjud. O’tlardan tayyorlangan 
ozuqalar oson hazm bo’ladi, qishin - yozin ishlatiladi. O’t ekilgan ekinzor tuproqni 
suv va shamol yemirilishidan saqlaydi, tuproqning unumdorligini oshiradi, chirindi 
miqdori ko’payadi. Bir yillik o’tlar takroriy va oraliq ekin sifatida va bandli 
shudgorda ekilib yerni erta bo’shatadi. Eng ko’p ekiladigan o’tlar - dukkakli va 
qo’ng’irbosh o’tlardir. Bu o’tlarning turlari ko’p, ular 4-ta biologik guruhlarga 
bo’linadi:
a) ko’p yillik dukkakli o’tlar - beda, qizil sebarga, qashqarbedasi, bargak.
b) ko’p yillik qo’ng’irbosh o’tlar - ko’p o’rimli raygras, bo’ychan raygras, 
oqso’xta, erkak o’t, o’tloqi qo’ng’irbosh, yaltirbosh, ajriqbosh. 
v) bir yillik dukkakli o’tlar - shabdar, bersim, vika. 
g) bir yillik qo’ng’irbosh o’tlar - sudan o’ti, bir yillik raygras, qo’noq. 
Beda
muhim 
ko’p yillik dukkakli o’t
o’simligi bo’lib, uning tarkibida 
shonalash davrida o’rtacha 20,3% oqsil, 3% yog’, 26,3% to’qima, 40,7% azotsiz 
moddalar va 0,8% kul bo’ladi. Eng to’yimli qismi barg bo’ladi. Ko’kati sernam 
bo’lib tarkibida 75% suv bo’ladi. Beda agrotexnik ahamiyatiga ega - tuproqning 
unumdorligini oshiradi, chirinda ko’payadi, tuproqning fizikaviy va kimyoviy 
xossalari yaxshilanadi, tuproqdagi mikroorganizmlarning hayot faoliyati 
yaxshilanadi, keyingi ekilgan ekinni hosili yaxshilanadi. Beda ekilgan yerlar 
sho’rlangan bo’lsa sho’ri kamayadi. 
Beda qadimdan ekilib kelinayotgan ekin, yer yuzida keng tarqalgan, ekin 
maydoni 30 mln.ga. Vatani Osiyo mintaqasi. O’zbekistonda bedaning ko’p turlari 
tarqalgan, ekin maydoni 200 ming ga atrofida. pichan hosili bedaning yoshiga qarab 
20-200 t\gacha bo’ladi. Urug’ hosili navlarning biologik imkoniyati bo’yicha 5 – 
s/ga, ishlab chiqarishda 1-3 s\ga urug’ olinmoqda. 
Beda dukkaklilar oilasi – Fabaceae, avlodi - Medicago L. ga kiradi, 50-ta turi 
aniqlangan. Turlarining orasida bir yillik, ko’p yilliklari mavjud. Eng ko’p tarqalgan 
turi - ko’k beda - bu ko’p yillik, ildizi yaxshi rivojlanib tuproqning 10 m chuqurligiga 
kirib boradi. Ildizida tugunaklar rivojlanib, bir gektar maydonda 2-3 yillik beda 250-
400 kg sof modda hisobida azot to’playdi. Beda issiqlikni ko’p talab qilmaydi, urug’i 
1-5°C unib chiqadi, muqobil harorat-18-22°C. Beda 10-15 gr. sovuqqa chidaydi. 
Qor qalin yoqqan yili yaxshi qishlaydi. 


149 
Beda - namsevar o’simlik, maysachalanish davrida 100-120% suv sarflaydi, 
transpiratsiya koefitsienti-600-800 bo’ladi, suvni shonalash davrida ko’p talab 
qiladi. Beda yorug’sevar uzun kun o’simligi, boshqa ekinlar bilan qo’shib ekilganda 
kam shoxlanadi, barg soni kamayadi. Ozuqaga talabchan, 50 t pichan olish uchun 
110 kg kaliy, 36 kg fosfor, 120 kg azot, 145 kg kalsiy sarflanadi. Beda har xil 
tuproqlarda ekiladi, tuproqning sho’rini kamaytiradi, begona o’tlardan tozalaydi. 
O’zbekistonda bedaning navlari keng tarqalgan: T-2009, Toshkent-1728, 
Toshkent-1, Toshkent-3192, Xiva bedasi va ko’pchilik mahalliy navlar ekilmoqda. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   99   100   101   102   103   104   105   106   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish