O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Shoyigul
 
(
Canna 
L.) – monotip hisoblangan Kannadoshlar (
Cannaceae 
Juss.) 
oilasiga mansub ko’p yillik, yo’g’on ildizpoyali o’t o’simlik. Turkum vakillari 
Amerika (qisman Janubi-sharqiy Osiyo va Xindiston) dagi tropik va subtropik zona 
tekisliklarida va 3000 m gacha bo’lgan tog’ yonbag’irlarida o’sadi. Tabiiy sharoitda 
gumusga boy tuproqda, botqoqliklarda, daryo yoqalarida o’sadi. 
poyasi tik, yashil, qo’ng’ir yoki jigarrang, barg qinlariga o’ralgan, murakkab to’pgul 
bilan tugaydi. Barglari yirik, o’ta manzarali, yaltiroq, yashil, och-yashil yoki to’q qizil 
ranglarda. Barglarining uzunligi 60, eni 35 sm gacha. Gullari yirik, ikki jinsli, assimetrik, 
kalta gulbandi bilan shingilsimon to’pgulga yig’ilgan, qizil, pushti, sariq, targ’il va oraliq 
ranglarda. 


144 
Bir qancha tur va navlaridan Yevroosiyo va SHimoliy Amerikaning issiq va mo’tadil 
iqlimli xududlarida ko’kalamzorlashtirishda foydalaniladi. 
Gulsafsar
(
Iris
L.) – iris – 
Iridaceae 
oilasiga mansub ko’p yillik, yo’g’on, 
gorizontal shoxlangan ildizpoyali o’t o’simlik. Ildizpoyasidagi yillik bo’laklar 
keskin ajralib turadi. 200 ga yaqin turni o’z ichiga oladi. piyozbosh hosil qiladigan 
turlari ham uchraydi. 
Barglari qalin, qilichsimon, tik turuvchi yoki uzunchoq lansetsimon. Gullari 
yirik, ajoyib shaklda, o’ta manzarali. Tik, bahzan yarim tik o’qning uchki qismida 
pardasimon g’ilofdan chiqadi. Ko’plab forma va duragaylari mavjud.
Duragay gulsafsar
– mingdan ortiq navlarning umumlashtirilgan nomi. O’ta 
manzarali, ildizpoyali, ko’p yillik o’t o’simliklar.
Manzarali daraxt va butalar. 
Shahar va qishloqlarimizning ko’rkam 
qiyofada ko’rinishida albatta manzarali daraxt va butalarning ahamiyati kattadir.
Ularning asosiy qismini yapon saforasi, SHarq tuyasi, Qrim qarag’ayi, yasen, 
egmatut, majnuntol, hind sireni, mojjevelnik, Amerika zarangi, sliva, pisarda kabi 
daraxt va butalar tashkil etadi. Bularning aksariyati tez o’suvchi, sersoya va 
xushmanzarali daraxtlardir. SHuningdek, keyingi yillarda ko’p yillik, daraxtlar - 
dub, zarang, shamshod, shoyi albitsiyasi daraxtlarini ko’paytirishga ham ehtibor 
kuchaytirilgan. Chunki bu o’simliklar tabiiy muhitni mo’tadillashtirib, havoni 
zararli gaz va tutunlardan filtrlash bilan birga shaharning ko’rkiga-ko’rk qo’shadi, 
quyuq soya beradi. 
Har bir daraxtning o’z afzalligi, ahamiyati bor. Ba’zilari chiroyli bo’lsa-da, 
soyasi yetarli emas. SHu jihatdan qaraganda, qayrag’och, terak yoki kashtanning 
o’rnini archa bosa olmaydi. Yozning jazirama issig’ida bog’ va xiyobonlar, odamlar 
qadami uzilmaydigan yo’laklar soya-salqin bo’lishi uchun sershox, baland bo’yli 
daraxtlar ham kerak. Saraton kunlari akatsiya, gledichiya, chinor yoki baland bo’yli 
boshqa daraxtlarlarning quyuq soyasidan o’tganingizda harorat boshqa 
joylardagidan keskin farq qilishini sezasiz, vujudingiz orom oladi. Lekin negadir 
bunday daraxtlarga keyingi paytda qiziqish yo’qoldi. Ularning o’rnini ham igna 
bargli daraxtlar egallab olmoqda.
Odamlar ko’kalamzorlashtirish va obodonlashtirish uchun iqlim va sug’orish 
imkoniyatlariga, ehtiyoj va qiziqishlariga qarab muayyan daraxtlarni tanlaydilar. 
SHu tariqa daraxtlarning turlari ham ko’paya boradi. Ilgari shaharning yashil libosini 
asosan mevali daraxtlar hamda chinor, terak, tol, majnuntol, qayrag’och kabi 
manzarali daraxtlar tashkil qilgan. O’tgan asrda oq akatsiya, shumtol kabi baland 
bo’yli, sersoya daraxtlar ko’plab ekilgan bo’lsa, keyinchalik igna bargli daraxtlarga 
ehtibor kuchaydi. Yil bo’yi yashilligini deyarli yo’qotmaydigan archa, qarag’ay, 
mojjevelniklar yo’llar yoqasini bezay boshladi. 
Demografik tadqiqotlarni ko’rsatishicha cho’l rayonlarining yaxshi 
ko’kalamzorlashtirilgan joylarida aholi qo’nim yashayotganligi, aks holda esa 
boshqa joylarda ko’chib ketayotganligini ko’rsatmoqda. Bu esa sunhiy daraxtzorlar 
yaratish orqaligina yaxshi iqlim hosil qilishi lozimligini taqoza qiladi.


145 
Aholi yashaydigan manzillarni ko’kalamzorlashtirish aslida uzoq tarixga ega 
bo’lsada, amalda esa u yaqin o’tmishda yahni ka’italistik davrda, fan texnika 
gurkirab taraqqiy etgan, yirik shaharlar barpo etilgan davrda yuzaga keldi. Ibtidoiy 
jamoa tuzumida ham, quldorlik tuzumida ham, o’rta asrda va feodalizmda ham
ko’kalamzorlashtirish muammosi paydo bo’lmagan edi. Texnika va mashinalarning 
ixtiro etilmaganligi sababli bu bog’lar katta qo’l mexnati evaziga barpo etilgan edi. 
Yashil shahar daraxtzori iqlimni yumshatadi, havoning haroratini pasaytirib 
namligini oshiradi; shamol va shovqinni pasaytiradi. Fitonsitlar ajratish orqali 
atmosferani mikroblardan tozalaydi, barglar bilan ajratilgan chiqindilarni ushlab 
qolish evaziga tuproq va havoni ifloslanishidan saqlaydi. 
O’zbekistonda shaharlarning issiqlik sig’imi juda yuqori bo’lgan asfalt, temir-
beton, g’isht, granit, marmar singari qoplamalari yozning jaziramasida iqlim hosil 
qilishda muhim o’rin egallaydi. Bularning asosiy sababi tik tushadigan quyosh 
radiatsiyasi bilan bog’liq. Ma’lumki yoz mavsumida ayni peshinda havo harorati 30-
40 gradus bo’lganida tuproq, asfalt, beton, tom va devorlarning janubiy va unga 
yonma-yon tomonlarida harorat 70-80 gradusga yetadi. Quyosh insolyatsiyasi 
davomida kuchli qizigan joylar yutilgan issiqlikni kechqurun va kechasi bilan 
tarqatadi. Oqibatda nafas olib bo’lmaydigan darajada noxush holat yuzaga keladi.
Yashil daraxtzorlarning radiatsion haroratini tushirishdagi roli beqiyos. 
Xususan, yashnab o’sadigan daraxt radiatsion haroratni 35 gradusga daraxtzorlar esa 
haroratni 40 gradusga kamaytiradi. Havoning harorati ham daraxtlarda ancha 
pasayadi. Daraxtlar tagida harorat 2-3,5 gradus kam bo’lgan holda, yirik massivlar 
haroratni 16 gradusgacha pasaytiradi.
Daraxtlarning bargi juda ajoyib xususiyatga ega. Turli o’simliklar turli 
darajada issiqlikni va quyosh spektrini yutishi, o’tkazish va qaytarish xususiyatiga 
ega. Daraxtlarning issiqlikdan himoya qilishi vazifasi ana shunday izohlanadi. Eng 
yaxshi salqinlikni odatda zich o’zaro gorizantal joylashgan shox-shabba hosil 
qiluvchi, baland bo’yli bo’lish evaziga tagidan shamol o’tib turuvchi, asfalt va 
betonda soya solib turuvchi daraxtlar hosil qiladilar.

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish