O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi namangan davlat universiteti



Download 2,16 Mb.
Pdf ko'rish
bet107/132
Sana13.06.2022
Hajmi2,16 Mb.
#665105
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132
Bog'liq
3.УУМ Узбекистон фойдали усимликлари

Xashaki bug’doy

yangi o’simlik, bu yumshoq bug’doy va ko’p yillik 
bug’doyiq o’t o’simligi orasidagi duragay xashaki bug’doy, morfologik va biologik 
belgilari bo’yicha bug’doydan farq qiladi: sovuqqa va qishgi murakkab sharoitga 
chidamli, kasalliklarga (zamburug’ va zang) chidamli. Xashaki bug’doy namsevar, 
o’rta-kechpishar o’simlik, o’rtapishar bug’doydan 10-15 kun kech pishadi. Eng 


152 
muhim biologik xususiyati - o’rimlardan keyin poyasi qayta o’sadi va ikki uch marta 
o’rib olish mumkin. Ko’kat olish uchun nay o’rash davrida o’rib olinadi. SHu 
muddatda o’rilsa bir mavsumda uchta o’rim etiladi. 
Xashaki bug’doyni avval boshog’i pishadi, so’ngra poyasi sarg’ayadi. Doni 
yetilganda poyasining to’yimliligi ham yuqori bo’ladi va mollarga yaxshi ozuqa 
bo’ladi. O’rish balandligi 7-8 sm bo’ladi. Donining tarkibida 17-19% oqsil, 40-48% 
kleykovena, pichani tarkibida 14-16% oqsil bo’ladi. 
O’zbekistonning suvli yerlarida kuzda 150-200 kg/ga urug’ ekiladi. Xashaki 
bug’doyning -Otrastayushaya -38 navi ekiladi. Ko’kat hosili 30-40 t/ga, pichan 
hosili 9-10 t\ga. 
Arpa 
- muhim xashaki donli ekin, doni tarkibida 10 % oqsil, 3,5% yog’ 70% 
karbon suvlari, boshoqlash davrida ko’k massasida 1,8-3,5 % oqsil bo’ladi.. Arpadan 
tayyorlagan ozuqalarning sifati quyidagicha: 100kg donni tarkibida 6,7 kg oqsil va 
126,7 kg ozuqa birligi, 100 kg unida 7,6 kg oqsil va 118,8 ozuqa birligi, 100 kg 
ko’katida 9,6 kg oqsil va 70,0 kg ozuqa birligi bo’ladi. 
O’simlikning biologik xususiyatlari, tezpisharligi, shimoliy mintaqalarda ham 
ekish mumkinligi, qurg’oqchilikka chidamliligi va sho’rga chidamliligiga qarab 
yuqori baho olindi. SHuning uchun, ekologik qiyin bo’lgan sharoitda ham ekishga 
bo’ladi. 
N.I.Vavilov va boshqa olimlar tarafidan arpaning quyidagi kelib chiqish 
markazlari aniqlandi: 
1. Efiopiya (Abissiniya) markazi – barcha mavjud ikki, olti qatorli arpa turlari, 
doni qobiqsiz, qiltiqli tur xillari mavjud.. 
2. SHarqiy Osiyo (Xitoy, Koreya, Yaponiya, Tibet viloyatlari) markazi - past 
bo’yli, zich kalta boshoqli, kalta qiltiqli yoki qiltiqsiz shakllari, olti qatorli qiltiqli va 
qiltiqsiz o’simtali turhillari mavjud.
3. Old Osiyo markazi - tabiiiy sharoitda vujudga kelgan boshog’ini rangi har 
xil, qiltig’ini uzunligi,boshoqning zichligi va boshoq o’zagini bo’g’inlarga bo’linishi 
bo’yicha turli shakllari mavjud. 
4. O’rta dengiz-(Janubiy Afrika, Egipet,Tunis, Aljir) Palastin, Siriyada-doni 
yirik, kasalikka chidamli oziq ovqatda ishlatiladigan arpa turlaridan iborat. 
5. O’rta Osiyo - Tojikiston, Afgoniston, O’zbekistonda-issiqlikka, 
qurg’oqchilikka chidamli, kasalikka chidamsiz turlari ekilib- bu asosan yem-xashak 
yunalishidagi arpa hisoblanadi. 
6. Ovropa - Sibir markazi-tuproqni yuqori kislotaligiga chidamli arpa turlari 
eqiladi, bu asosan pivo pishirish sanoatining asosiy xomashyosi hisoblanadi. 
7. SHimoliy va Janubiy Amerika markazi - boshqa mintaqalardan keltirilgan 
turlari, bu mintaqa arpani kelib chiqishida eng yoshi hisoblanadi. Bu mintaqadagi 
arpa turlari yotib qolishga chidamli, erta pishar va kasalikka chidamliligi bilan 
ajralib turadi. Arpa ekini qadimiy ekinlardan biridir. 


153 
Arpaning 
Hordeum
avlodiga juda ko’p tur kiradi, shulardan ikkitasi: 1.
 
Hordeum
- yirik donli arpa, madaniy turi va yovvoiy turi keng tarqalgan. 2.
 
Hordeastrum
- doni mayda bo’lib yovvoiy o’t holda o’sadi. 
Madaniy arpa
– Bir yillik o’simlik, bo’yi 70 - 90 sm, poyasining yo’g’onligi 
3 mm, tikka poxol’oY. Barg tilchasi va barg plastinkasi asosan tuksiz, kamdan kam 
tukli, tilchasi qisqa, quloqchasi katta, egilgan bo’lib, boshqa ekinlardan tubdan farq 
qiladi. To’pguli boshoq, boshoq o’zagining har qaysi pog’onasida 3 tadan 
boshoqcha joylashgan bo’lib, boshoqchasi bir gulli. Ularning hammasi hosil 
tugadigan yoki ikki chetidagi, yo bo’lmasa bitta chetkisi hosilsiz bo’lishi mumkin. 
Hammasi
 
hosil tugadigan ko’p qatorli, o’rtasidagi bitta boshoqcha rivojlangani ikki 
qatorli arpa turiga deyiladi. Ikki qatorli arpaning boshog’ida chekkadagi ikkitasi 
rivojlanmagan urug’siz. Har bir boshoqcha ikkita boshoqcha qobig’iga ega, qisqa 1 
mm gacha kamdan kam 1 mm dan katta, ustidan uzun tukli qiltiqdan iborat,gul 
qobig’i har hil shaklda, donni to’liq o’rab turadi, ko’pincha u bilan qo’shilib 
o’sadi.Tashqi qobig’idan qiltiq yoki uch bo’lakli o’simta chiqadi. Qiltig’i arra tishli, 
kamdan kam xolda tekis. Qobig’ining rangi har hil bo’lishi mumkin-och sariq, 
qoramtir, siyoxrang, kul rang, qora. Boshoq rangi va qipig’i rivojlanishi bilan ajratib 
turadi. Tashqi va ichki gul changchilari rivojlanib doni gul kobig’i bilan qo’langan, 
kamdan kam rivojlanmay po’stsiz ochiq donli bo’ladi. Doni yirik, ponasimon-yassi 
shaklda, qornida ariqchasi bor bo’lib, har hil rangda-sariq, kulrang, yashil, 
siyohrang, qora bo’ladi. O’simlik o’zidan changlanuvchi. 
Arpa urug’ining unib chiqishi uchun havo, suv va issiqlik talab qiladi. SHu 
omillar etarli bo’lganda arpaning urug’i 5-7 kunda unib chiqadi. Agarda issiqlik 
etarli bo’lmasa urug’lar 15-20 kunda unib chiqa boshlaydi.Urug’ni unib chiqishi 
uchun 48-65% suv quruq urug’ vazniga nisbatan talab qiladi. 1-3
0

da ham urug’ni 
unib chiqqanini kuzatish mumkin, lekin o’timal harorat 18-25
0
S, maksimal harorat 
esa 28-30
0
S hisoblanadi. Urug’ni bir tekis unib chiqishiga quyidagi omillarning 
ahamiyati katta: suvni tanqisligi, past harorat, tuproqni zichlanishi, tuproqni 
qatqaloqligi, haddan tashqari namligi va urug’ni chuqur ko’milishi. 
Unib chiqish davrida urug’ kurtak va ildiz hosil bo’ladi. Ildiz tuproqka kirib 
boradi, birinchi barg esa rangsiz yu’ka qobiq bilan qo’langan, tuproq ustiga 
ko’tariladi. Maysalanish davri asosan uchta barg hosil bo’lishi bilan yakunlanadi. 
Tuplanish davri - Uchta barg hosil bo’lishi bilan tuproq ustki qatlamida poya 
bo’g’inlari hosil bo’la boshlaydi. Bu bo’g’indan ikkilamchi ildizlar va qo’shimcha 
maysalar hosil bo’ladi. Hosil bo’lgan poyalar soni tuplanish darajasini ko’rsatadi. 
Hosildorlikni oshishiga rivojlanish sharoitining yaxshi kelishi qo’shimcha 
poyalarning asosiy poyadan salgina farq qilishi ham o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bir 
o’simlikda poyalar soni 1 dan 16 poyagacha uchraydi, bu bilan tup hosil bo’ladi. Tik 
turuvchi, yoyilib o’suvchi va oraliq shakllari bo’ladi. 
Naychalash davri.
 
Bu davrda bo’g’in oraliqlari uzayadi va boshoq hosil bo’la 
boshlaydi. Unib chiqqandan 4-6 xafta o’tgandan so’ng naychalash davri boshlanadi. 


154 
Noqulay sharoitda bu davrda o’zining salbiy ta’sirini ko’rsatmay qolmaydi. SHu 
sababli o’simlik hosil to’zilish ahzolarida o’sish va rivojlanishi kechikadi. Suv 
tanqisligi, oziq moddasini, yorug’likni etishmovchiligi donni kamayishiga olib 
keladi. 
Boshoqlanish davri. Boshoqlanish davri eng yuqori barg tilchasidan 
boshoqning 1/3 yoki ½ qismi paydo bo’lganda boshlanadi. Ob-havo issiq va quruq 
kelganda barg tilchasidan boshoq ko’rinmasligi mumkin. Bu holat 
O’zbekistonnning lalmikor mintaqasida 1980 yilda kuzatilgan. Unib chiqish va 
boshoq tortish davri oralig’i katta intervalda davom etadi.Bu arpa naviga va tabiy 
geografik sharoitiga bog’liq. O’rtacha arpa uzun kun sharoitida tezroq boshoq 
tortadi, qisqa kunli janubiy sharoitga qaraganda. 
Gullash.
 
Arpa o’zidan changlanadigan o’simlik, gullash davri boshoqni barg 
tilchasida joylashgan paytida bo’lib o’tadi, bu esa boshoq tortish davri bilan to’g’ri 
keladi. Ob-havo issiq kelsa yoki kuchli yomgir yog’sa gullar changlanmaydi, 
oqibatda don ola bo’ladi va 10-15% lalmikor yerlarda kuzatilgan. Ob-havoning 
noqulay kelishi yoppasiga gullash va qo’shimcha changlanish hollari ham 
kuzatilgan. 
Pishish davri. Donni pishish jarayoni uzoq kechadi. Donni shakllanishi 10-15 
kundan keyin kechadi. Bu davr sut pishishi davri hisoblanadi, bunda don namligi 
60-80% ni tashkil etadi. Mum pishish davrida o’simlik sarg’ish rangga kiradi, doni 
yumshoq, tirnoqda kesiladi. Don namligi 25-30% tashkil etadi. Bu davrda 
o’simlikda zarur biologik jarayon kechadi. Don asosiy o’simlikdan ajraladi, ozuqa 
oqimi to’xtaydi, murtak o’sishdan to’xtaydi. Don unuvchanligiga ega bo’ladi. Mum 
pishish davri sharoitga qarab 7-15 kun davom etadi. Bundan keyin to’liq pishish 
davri boshlanadi. Don qattiq pishadi, shakliga, rangiga, o’lchamiga, o’z naviga xos 
belgilariga ega bo’ladi. Bu davrda hosilni tezda yig’ib olish talab etaladi, chunki 
ba’zi navlar to’kiladi yoki har hil sababga ko’ra yotib qoladi. 
O’sish va rivojlanish davri muhim biologik xususiyatlarni: genotipini, 
navlarni o’zgachaligini, atrof muhitni ta’sirini ko’rsatadigan davr. O’sish davrining 
amplitudasi 55-120 kunni tashkil etadi. 
Arpa qurg’oqchilikka chidamli ekin, suvning eng ko’p miqdorini naychalash 
davrida va boshoqlanishda talab qiladi. Suv tanqisligi shu davrlarda hosildorlikni 
sezilarli darajada kamayishiga olib keladi. O’zbekistonning lalmikor yerlarida bu 
holat kuzatilgan. Suvning yetishmasligi pishish davrida oziq moddaning donga 
kelishini to’xtashiga, donning puch bo’lishiga olib keladi. 
Arpa bug’doydan, don-dukkakli, yem-xashak ekinlardan bo’shagan yerlarga 
ekiladi. Ekish meyori bug’doyga nisbatan 10-15% ko’p bo’ladi, lalmi yerlarda 
gektarga 70-120 kg, suvli yerlarda 120-150 kg urug’ ekiladi. Ekish chuqurligi 4-6 
sm bo’ladi. Ko’kat olish uchun boshoq tortish davrida o’riladi. O’g’itlash meyori: 
lalmi yerlarda - 8-10 t go’ng, 40 kg fosfor va 60 kg kaliy. Suvli yerlarda-20 t go’ng, 
90-100 kg dan azot va fosfor hamda 80-100 kg kaliy. O’suv davrida 30-40 kg azot, 


155 
60-80 kg fosfor va 30-40 kg kaliy solish tavsiya qilinadi. Ekinlarni parvarish qilish 
va hosilni yig’ish ham bug’doy bilan bir-xil bo’ladi.
O’zbekistonda Ayqor, Afrosiyob, Bolg’ali, Gulnoz, Zafar, Karshinskiy, 
Mavlono va boshqa navlar ekiladi. 

Download 2,16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   103   104   105   106   107   108   109   110   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish