Obyektiv tomondanJK 250-moddasida
nazarda tutilgan jinoyat
portlovchi, tez
alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud
pirotexnika
buyumlarini saqlash, hisobga olish, foydalanish, tashish, jo‘natish
qoidalarini buzish natijasida badanga o‘rtacha og’ir yoki og’ir shikast
yetkazilishidan iboratdir.
Mazkur jinoyatning obyektiv tomoni badanga o‘rtacha og’ir yoki
og’ir shikast yetkazilishiga yoki odam o‘lishiga sabab bo‘lgan portlash
xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlaridan foydalanish
qoidalarini buzish bilan bog’liq
faol harakatlarda
ham (xususan, ehtiyot
choralariga beparvo qarab, pirotexnika buyumlaridan foydalanish va
boshqalar); portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud
pirotexnika buyumlarini xavfsiz saqlash, hisobga olish, ulardan
foydalanish, ularni tashish, jo‘natishni ta’minlovchi
tegishli qoidalarining
ko‘rsatmasiga muvofiq, shaxs amalga oshirishi shart bo‘lgan harakatni
amalga oshirmaslik bilan bog’liq bo‘lgan
harakatsizlikda
ham (masalan,
tez alangalanuvchi moddalarni o‘z-o‘zidan yonishi mumkin bo‘lgan
yonuvchi materiallar bilan birga moslashtirilmagan joyga joylash) o‘z
ifodasini topadi.
JK 250-moddasi
blanket xususiyatga ega, chunki qilmishni to‘g’ri
kvalifikatsiya qilish uchun boshqa qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlar
qoidalariga murojaat qilish lozim. JK 250-moddasi bo‘yicha javobgarlikka
tortish uchun portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyum-
laridan foydalanish qoidalarining qaysi bandi buzilganligini aniqlash zarur.
Ko‘rib chiqilayotgan modda
nuqtai nazaridan,
saqlash
deganda,
portlash xavfi bo‘lgan moddalar yoki pirotexnika buyumlarining aniq bir
shaxsga tegishli bo‘lgan omborxonada bevosita to‘planishi tushuniladi.
Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud piro-
texnika
buyumlarini
hisobga olish
– bu normativ-huquqiy hujjatlarda
belgilangan modda va buyumlarning miqdori, harakati ustidan tegishli
jurnallar, reestrlar va boshqa hisobga oluvchi hujjatlar orqali
nazorat qilish
tartibi.
55
Portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalardan yoxud piro-
texnika
buyumlaridan
foydalanish –
bu ko‘rsatilgan modda va buyumlarni
bevosita qo‘llashdir (qonuniy va g’ayriqonuniy bo‘lishi mumkin).
Qayd etilgan modda va buyumlarni
tashish
deganda, ularni bir
joydan boshqa joyga har qanday transport vositalari orqali ko‘chirish
tushuniladi.
Ko‘rib chiqilayotgan modda nuqtai nazaridan,
jo‘natish
– bu
portlovchi, tez alangalanuvchi, o‘yuvchi moddalarni yoxud pirotexnika
buyumlarini pochtaga yoki boshqa transport tashkilotiga jo‘natish uchun
topshirish va ularning bevosita jo‘natilishidir.
Tahlil qilinayotgan jinoyat ijtimoiy xavfli
qilmish natijasida qonunda
belgilangan jinoiy oqibatlar yuz bergan paytdan boshlab
Do'stlaringiz bilan baham: