Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet53/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

Pirotexnika buyumlari 
deganda, tarkibiy jihatdan pirotexnika 
moddalaridan iborat 
bo‘lgan hamda detonatsiya qilinmaydigan 
ekzotermiya reaksiyalar natijasida tashqi effektlarni (o‘t, ovoz, gaz yoki 
tutun yoxud ularning kombinatsiyalari) vujudga keltirish uchun 
mo‘ljallangan vositalar tushunilishi lozim
1

Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi hududida portlovchi 
materiallarni avtomobil transportida tashish qoidalarida pirotexnika 
buyumlari tegishli toifalari ko‘zda tutilgan. Xususan, xavflilik darajasiga 
ko‘ra pirotexnika buyumlarining quyidagi toifalari ajratiladi: butun 
massasi bilan portlashi mumkin bo‘lgan; butun massasi bilan 
portlamaydigan, biroq portlashda tartibsiz sochilishi mumkin bo‘lgan 
hamda atrofdagi predmetlarga jiddiy ziyon 
yetkazish xavfini 
tug’diradigan; yonganida katta hajmda issiqlik energiyasini ajratadigan 
yoxud katta portlash effektini vujudga keltirmagan holda ketma-ket 
portlaydigan; alangalanish yoki boshqa tashabbuskor holatlardagina 
portlashning katta bo‘lmagan xavfini vujudga keltiradigan. 
Hozirgi kunda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2009 yil 10 dekabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika 
vositalari aylanishini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g’risida»gi 309-son 
qarorining 1-bandi bilan O‘zbekiston Respublikasi hududida pirotexnika 
vositalarini olib kirish, ishlab chiqarish, tashish, saqlash, sotish va ulardan 
foydalanish vaqtincha taqiqlangan. Qarorning 3-bandida barcha 
pirotexnika vositalari olib qo‘yilishi va keyinchalik belgilangan tartibda 
yo‘q qilinishi kerakligi belgilangan. 
Obyektiv tomondan 
tahlil qilinayotgan jinoyat ancha miqdorda 
yoxud shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin 
sodir etilgan pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda ishlab 
chiqarish, tayyorlash, saqlash, tashish, jo‘natish, ulardan foydalanish, 
1
Қаранг.: Ўзбекистон Республикаси ҳудудида портловчи материалларни автомобиль транспортида 
ташиш қоидалари (Ўзбекистон Республикаси Адлия вазирлиги томонидан 2005 йил 8 июлда 
1492-
сон билан давлат рўйхатидан ўтказилган), 2-банд. // Ўзбекистон Республикаси қонун 
ҳужжатлари тўплами, 2005 йил, 27-сон, 200-модда. 
58 


xuddi shuningdek ularni qonunga xilof ravishda O‘zbekiston 
Respublikasiga olib kirish (O‘zbekiston Respublikasidan olib chiqish) yoki 
o‘tkazishdan iborat. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish