Maxsus qism jamoat xavfsizligi va jamoat tartibiga qarshi jinoyatlar. Harbiy xizmatni o



Download 1,72 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/324
Sana13.06.2022
Hajmi1,72 Mb.
#664436
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   324
Bog'liq
2 5256055112828192259

NOTA BENE ! 
Jo‘natish
deganda, pirotexnika buyumlarini konteyner, posilka va 
boshqa moslashtirilgan predmetlarda boshqa joyga ko‘chirishni tushunish 
lozim. 
 
Pirotexnika buyumlarini pochtaga yoki boshqa transport tashkilotiga 
jo‘natish uchun topshirish ham jo‘natish sifatida e’tirof etilishi lozim. 
Yuqorida ko‘rsatib o‘tilganidek, 
pirotexnika buyumlaridan 
foydalanish 
bilan bog’liq faoliyat O‘zbekiston Respublikasi Oliy 
Majlisining 2001 yil 12 maydagi 222-II-son qarori bilan tasdiqlangan 
Amalga oshirilishi uchun litsenziyalar talab qilinadigan faoliyat turlarining 
ro‘yxatiga kiritilgan. Pirotexnika buyumlaridan foydalanish – bu mazkur 
buyumlarni bevosita qo‘llashdir. Ta’kidlab o‘tishimiz lozim, JK 250-
moddasida nazarda tutilgan jinoyatdan farqli o‘laroq, mazkur holda 
pirotexnika buyumlaridan aynan qonunga xilof ravishda foydalaniladi. 
Aksariyat hollarda ushbu buyumlardan turli ommaviy tadbirlarni 
o‘tkazishda, har xil sanoat ishlarini bajarishda foydalaniladi. 
61 


Pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda O‘zbekiston 
Respublikasiga olib kirish 
ushbu buyumlarni xorijdan mamlakatimiz 
hududiga qonunda belgilangan tartibni buzib olib kirilishida ifodalanadi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 6 maydagi 
213-son qarori bilan tasdiqlangan Sanoat maqsadidagi portlovchi 
materiallarni O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish tartibi to‘g’risidagi 
Nizomga asosan portlovchi materiallarni (shu jumladan, signal raketalari, 
yomg’ir yog’diriladigan raketalar, tumanga qarshi signallar va boshqa 
pirotexnika buyumlarini) O‘zbekiston Respublikasiga olib kirish 
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan beriladigan 
ruxsatnomalar asosida amalga oshiriladi. 
O‘zbekiston Respublikasiga portlovchi materiallar jismoniy shaxslar 
tomonidan olib kirilishi, shu jumladan kuzatib borilmaydigan bagajda olib 
kirilishi taqiqlanadi. Portlovchi materiallarni tashiyotgan transport 
vositalari (olib kirishga ruxsatnoma mavjud bo‘lgan taqdirda) O‘zbekiston 
Respublikasi Davlat chegarasidan o‘tkazish manzillari orqali ustuvor 
tartibda o‘tkazib yuboriladi. Portlovchi materiallarning bojxona tekshiruvi 
faqat maxsus jihozlangan joylarda (portlovchi materiallar saqlanadigan 
omborlarda) amalga oshiriladi. 
Bundan tashqari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 
2004 yil 6 iyuldagi «Mahsulotlarni sertifikatlashtirish tartibotini 
soddalashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g’risida»gi 318-son 
qaroriga binoan pirotexnika buyumlari Majburiy tartibda 
sertifikatlanadigan mahsulot turlari ro‘yxatiga kiritilganligi sababli, ularni 
O‘zbekiston Respublikasiga olib kirishda tegishli sertifikatlar taqdim 
qilinishi shart. 

Download 1,72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   324




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish