tugallangan
hisoblanadi.
O‘qotar qurol, o‘q-dorilar, portlovchi moddalar yoki portlatish
qurilmalarini
olish
deganda, ularning har qanday usul bilan olinishini
1
Қаранг: Ўзбекистон Республикаси Олий суди Пленумининг 1996 йил 27 февралдаги «Қонунга
хилоф равишда қуролга эгалик қилиш тўғрисидаги ишлар бўйича суд амалиёти ҳақида» 3-сонли
қарори, 8-банд.
47
tushunmoq lozim. JK 247-moddasida ko‘zda tutilgan usullar bundan
mustasnodir.
Qonunga xilof ravishda olish quyidagilar orqali amalga oshirilishi
mumkin: sotib olish, hadya sifatida, boshqa narsalarga almashtirib olish,
qarz evaziga olish, vaqtincha foydalanishga olish, topib olish. Qurolga
egalik boshlangan paytdan e’tiboran jinoyat
tugallangan
deb e’tirof
etiladi.
Aytib o‘tilgan ashyolarni
olib yurish
deganda, aybdorning ana shu
ashyolarning sohibi ekanligi va bu ashyolarning uning yonida bo‘lishini
tushunmoq lozim.
Aybdorning ana shu ashyolarni o‘zi bilan yoki biror narsaning ichida
(chemodanda, qutida, portfelda, xaltada, avtomashina saloni yoki uning
yukxonasida) yashirib yoki ularni yashirish choralarini ko‘rmay olib
yurganligi ahamiyatga ega emas, muhimi ana shu ashyolar har qanday
vaziyatda aybdorning «qo‘l ostida» bo‘lganligidir.
Saqlash
deganda, aytib o‘tilgan ashyolar, aybdorning bevosita
yonida emas, balki uning kvartirasida, hovlisida, omborida yoki boshqa
joyda saqlanganligini tushunish lozim. Sud amaliyotida aytib o‘tilgan
ashyolar aybdorning uyida yoki unga ma’lum bo‘lgan boshqa yerda
saqlangan, yashirib qo‘yilgan yoki oshkora saqlangan, ulardan xo‘jalik-
ro‘zg’or buyumi sifatida foydalanilganligidan qat’i nazar, ular qonunga
xilof ravishda saqlangan, deb hisoblanadi.
Subyektning mazkur ashyolarni tanishlarinikida saqlagani
saqlaganlik uchun javobgarlikni istisno qilmaydi, chunki aybdor saqlash
joyi va usulini tanlaydi xolos, ammo qurol unga ma’lum, o‘zi tanlagan
yerda saqlanaveradi va uning ixtiyorida qolaveradi.
Qayd qilingan ashyolar shaxs tomonidan tegishli ruxsatnoma
bo‘lgani holda, ammo bu ruxsatnomaning muddati o‘tgan yoki o‘qotar
qurolni hisobga qo‘yish qoidalari buzilgan vaziyatda saqlanayotgan bo‘lsa,
aybdor ma’muriy huquqbuzarlik uchun javobgarlikka tortilishi lozim.
Qurolni qonunga xilof ravishda saqlash jinoyatning uzluksiz tarkibini
bajarish bilan ta’riflanadigan uzoqqa cho‘zilgan jinoyatdir. Mazkur jinoyat
ko‘rsatilgan obyektlar shaxsning g’ayriqonuniy egaligiga tushgan paytdan
48
boshlanadi va jinoyat sodir etilishi to‘xtatilgan paytdan, ya’ni qurol
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan topilgan, talon-toroj
qilingan, yo‘qotib qo‘yilgan, aybdor tomonidan o‘z ixtiyori bilan
topshirilgan paytdan e’tiboran
Do'stlaringiz bilan baham: |